Ommaviy qirgʻin qurollari
Ommaviy qirgʻin qurollari |
---|
Turlari |
Davlatlar miqyosida |
|
Tarqalishi boʻyicha |
|
Shartnomalar |
Ommaviy qirgʻin qurollari — dushmanning jonli kuchlariga, qurol-aslahalariga, inshootlariga yalpi (ommaviy) talafot yetkazish uchun moʻljallangan jangovar vositalar, qirgʻin qurollari. Jangovarlik (talafot yetkazish, qirgin qilish) xususiyatlariga koʻra, boshqa barcha jangovar vositalar, qurollardan samaraliroq hisoblanadi. Ommaviy qirgʻin qurollari jumlasiga bakteriologik (biologik), kimyoviy va yadroviy qurollar kiradi. Bu qurollar ichida eng katta ziyon va talafot keltiruvchisi, yalpi qiradigani, asorat qoldiradigani, eng dahshatlisi yadro qurolidir. Ommaviy qirgʻin qurollari ishlatish sharoiti, hududi, miqyosi deyarli cheklan-magan. Hozircha Ommaviy qirgʻin qurollari eng katta zaxirasi ikki yirik davlat — AQSH va Rossiya Federatsiyasida jamlangan. Pokiston, Eron, Hindiston, Shimoliy Koreya, Iroq va boshqa baʼzi davlatlar Ommaviy qirgʻin qurollarini ishlab chiqarish va zaxira hosil qilish harakatida. Ommaviy qirgʻin qurollaridan mudofaa qilish choratadbirlari, umumiy va shaxsiy himoya vositalari ishlab chiqilgan. Baʼzi yirik mamlakatlar (AQSH, Angliya, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi va boshqalar)da aholini ommaviy qirgʻin qurollari q.dan himoya qilish uchun yaxshilab jihozlangan bombapanalar mavjud, fuqaro mudofaasi tizimi tashkil qilingan va vaqt-vaqti bilan mashgʻulotlar oʻtkazib turiladi (qarang Bakteriologik qurol, Kimyoviy qurollar, Yadro quroli)[1].
Arsenal
[tahrir | manbasini tahrirlash]«Uchinchi olam» davlatlari 1992 yilgi OQQ | ||||
---|---|---|---|---|
Davlat | Ballistik raketa | Kimyoviy qurollar | Bakteriologik qurol | Yadro quroli |
Afgʻoniston | mavjud | mavjud emas | mavjud emas | mavjud emas |
Argentina | mavjud | mavjud emas | mavjud emas | mavjud emas |
Braziliya | mavjud | boʻlishi mumkin | mavjud emas | mavjud emas |
Vyetnam | boʻlishi mumkin | ehtimoliy | mavjud emas | mavjud emas |
Misr | mavjud | ehtimoliy | mavjud emas | mavjud emas |
Isroil | mavjud | ehtimoliy | ehtimoliy | boʻlishi mumkin |
Hindiston | mavjud | ehtimoliy | mavjud emas | mavjud |
Indoneziya | в разработке | boʻlishi mumkin | boʻlishi mumkin | mavjud emas |
Iroq | mavjud emas | mavjud | mavjud emas | mavjud emas |
Eron | mavjud | mavjud | ehtimoliy | mavjud emas |
Yaman | mavjud | mavjud emas | mavjud emas | mavjud emas |
KXDR | mavjud | ehtimoliy | вероятно | mavjud |
Koreya Respublikasi | mavjud | ehtimoliy | mavjud emas | mavjud emas |
Liberiya | mavjud | ehtimoliy | mavjud emas | mavjud emas |
Myanma | mavjud emas | ehtimoliy | mavjud emas | mavjud emas |
Pokiston | mavjud | ehtimoliy | mavjud emas | mavjud |
Saudiya Arabistoni | mavjud | boʻlishi mumkin | mavjud emas | mavjud emas |
Suriya | mavjud | boʻlishi mumkin | boʻlishi mumkin | mavjud emas |
Tailand | boʻlishi mumkin | ehtimoliy | mavjud emas | mavjud emas |
Tayvan | mavjud | вероятно | ehtimoliy | mavjud emas |
Efiopiya | mavjud emas | ehtimoliy | mavjud emas | mavjud emas |
Janubiy Afrika Respublikasi | mavjud | boʻlishi mumkin | mavjud emas | ehtimoliy |
Fetter, Steve. "Ballistic Missiles and Weapons of Mass Destruction," International Security, Summer 1991, pp. 5-42.
Mahnken, Thomas G. "Why Third World Space Systems Matter," Orbis, Fall 1991, pp. 563-579. |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |