Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan irrigator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator“ faxriy unvoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi faxriy unvon
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga
Taqdirlash asosi suv xo‘jaligi, qurilish, loyiha, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlarning suv xo‘jaligi obyektlarini qurish hamda sug‘oriladigan dehqonchilikni rivojlantirishda, shuningdek respublika tabiatini muhofaza etishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1996-yil 26-aprel.

„O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator“ faxriy unvoni — suv xo‘jaligi, qurilish, loyiha, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlarning suv xo‘jaligi obyektlarini qurish hamda ulardan foydalanish bilan shug‘ullanadigan va suv xo‘jaligini hamda sug‘oriladigan dehqonchilikni rivojlantirishda, shuningdek respublika tabiatini muhofaza etishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga beriladi[1][2][3][4].

  • Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
  • Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomoni o‘rtarog‘ida gidrostansiyadan oqib tushib mavj urayotgan suv to‘lqini, chaprog‘ida g‘o‘za tupi, pastki o‘ng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi bo‘ylab „XIZMAT KOʻRSATGAN IRRIGATOR“ degan yozuv joy olgan.
  • Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuvlar qabariq.
  • Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.