Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi“ faxriy unvoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi faxriy unvon
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga
Taqdirlash asosi aholiga va respublika xalq xoʻjaligiga namunali xizmat koʻrsatishni tashkil etishda alohida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimlari va mutaxassislariga
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1996-yil 26-aprel.

„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi“ faxriy unvoni — havo transportini rivojlantirishda, zamonaviy aviatsiya texnikasini oʻzlashtirishda, aholiga va respublika xalq xoʻjaligiga namunali xizmat koʻrsatishni tashkil etishda alohida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimlari va mutaxassislariga beriladi[1][2][3][4].

  • Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
  • Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida markazida ufqdan bosh koʻtarayotgan quyosh fonida samoda bulutlar uzra parvoz qilayotgan havo kemasi, pastki oʻng chekkasida — dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab „XIZMAT KOʻRSATGAN GʻUQARO AVIATSIASI XODIMI“ degan yozuv joy olgan.
  • Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.
  • Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.