Salomatlik ordeni
Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir. Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasiga qarang. |
“Salomatlik” ordeni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | orden | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ham | |
Taqdirlash asosi | sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholi salomatligini yaxshilash hamda ushbu sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi alohida xizmatlari uchun | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 2020-yil 26-may. |
“Salomatlik” ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatimizda sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholi salomatligini yaxshilash hamda ushbu sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanadi[1][2][3][4][5].
Daraja
[tahrir | manbasini tahrirlash]“Salomatlik” ordeni ikki darajadan iborat boʻladi:
- I darajali “Salomatlik” ordeni;
- II darajali “Salomatlik” ordeni.
Ordenning oliy darajasi I darajadir. Mukofotlash, qoida tariqasida, quyidagi tartibda: avval II darajali orden, oradan kamida uch yil oʻtganidan keyin I darajali orden bilan taqdirlash tarzida amalga oshiriladi.
I darajali “Salomatlik” ordeni bilan:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- tibbiyot sohasini rivojlantirish, zamonaviy talablar asosida takomillashtirish va aholi salomatligini mustahkamlash ishlariga qoʻshgan ulkan hissasi uchun — sogʻliqni saqlash tizimining rahbarlari va shifokorlar;
- sogʻliqni saqlash borasida yirik xayriya va homiylik ishlarini amalga oshirganligi uchun — homiylik xayriyalarini amalga oshiruvchi tadbirkorlar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari vakillari;
- jahon standartlariga mos davlat va nodavlat tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etganligi uchun — xorijiy investorlar, biznes doira hamda sogʻliqni saqlash tizimining vakillari;
- farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish borasidagi samarali faoliyati hamda yangi dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyganligi uchun — farmatsevtika sohasida faoliyat yurituvchi xodimlar, olimlar, mahalliy tadbirkorlar va xorijiy hamkorlar;
- tibbiyot sohasi uchun chuqur kasbiy bilim va yuqori intellektual salohiyatga ega malakali kadrlarni tayyorlash borasidagi katta xizmatlari uchun — tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va amaliyotchi shifokorlari, tibbiyot kasb-hunar kollejlari va texnikumlarining oʻqituvchilari;
- aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini tizimli olib borayotganligi uchun — respublika va hududiy tibbiyot muassasalari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining tibbiyot xodimlari, koʻngillilar mukofotlanadilar.
II darajali “Salomatlik” ordeni bilan:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- aholi salomatligini muhofaza qilish, turli kasalliklarning barvaqt oldini olish va ularni bartaraf etish ishlaridagi katta xizmatlari uchun — respublika, viloyat, tuman (shahar) kesimidagi tibbiyot muassasalarining shifokorlari, oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari;
- tez tibbiy yordam hamda tibbiy profilaktika xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish borasidagi koʻp yillik samarali mehnati uchun — tor ixtisoslikdagi shifokorlar, umumiy amaliyot va tez tibbiy yordam shifokorlari;
- sogʻlom va xavfsiz atrof-muhitni saqlash, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashga oid davlat dasturlarini amalga oshirishda faol ishtirok etganligi uchun — sanitariya-epidemiologiya nazorati va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash tizimi xodimlari;
- davolash va inson umrini uzaytirishga qaratilgan salomatlik profillarini yaratganligi hamda amaliyotga joriy etganligi uchun — sogʻliqni saqlash tizimidagi barcha shifokorlar va oʻrta tibbiyot xodimlari;
- tibbiy standartlashtirish tizimini shakllantirish, tashxis qoʻyish va davolashning yuqori texnologik usullarini joriy etishga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun — sogʻliqni saqlash sohasining ilmiy doira vakillari va yuqori malakaga ega boʻlgan shifokorlari mukofotlanadilar.
Mukofotlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]I va II darajali “Salomatlik” ordeni bilan boshqa shaxslar ham sogʻliqni saqlash sohasidagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanishi mumkin. I va II darajali “Salomatlik” ordeni bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash va uni topshirish “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
I va II darajali “Salomatlik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar qonunchilikda belgilanadigan imtiyozlardan foydalanadi. Har bir mukofotlangan shaxsga tegishli darajali “Salomatlik” ordenini topshirish bilan bir vaqtda mukofotlanganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar beriladi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallari
- Oʻzbekiston hukumatining mukofotlari
- Oʻzbekiston davlat imtiyozli mukofotlari
- Oʻzbekiston maqtov yorligʻi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ “SALOMATLIK” ORDENINI TA’SIS ETISH TOʻGʻRISIDA Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 26.05.2020-yildagi OʻRQ-620-son
- ↑ “Саломатлик” ордени ва “Соғлом турмуш” медали таъсис этилади[sayt ishlamaydi]
- ↑ “Salomatlik” ordeni va “Sogʻlom turmush” medali ta’sis etiladi
- ↑ Sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirishdagi xizmatlar uchun beriladigan «SALOMATLIK» ordeni ta'sis etildi
- ↑ “Саломатлик” ордени таъсис этилди