Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan aloqa xodimi
“Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan aloqa xodimi” faxriy unvoni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | faxriy unvon | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston fuqarolariga | |
Taqdirlash asosi | namunali xizmat koʻrsatish ishini tashkil etishda alohida xizmat koʻrsatgan aloqa xodimlariga beriladi | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 1996-yil 26-aprel. |
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan aloqa xodimi“ faxriy unvoni — aloqa vositalarini rivojlantirish va takomillashtirishda, respublika xalq xoʻjaligiga va aholisiga aloqaning barcha turlari bilan namunali xizmat koʻrsatish ishini tashkil etishda alohida xizmat koʻrsatgan aloqa xodimlariga beriladi[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida axborot uzatayotgan aloqa yoʻldoshi, parabolik antenna, pastki oʻng chekkada dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “XIZMAT KO’RSATGAN ALOQA XODIMI” degan yozuv joy olgan. Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.