Oʻzbekiston Respublikasida kommunal, maishiy va savdo sohasida xizmat koʻrsatgan xodim
„Oʻzbekiston Respublikasida kommunal, maishiy va savdo sohasida xizmat koʻrsatgan xodim“ faxriy unvoni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | faxriy unvon | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston fuqarolariga | |
Taqdirlash asosi | aholiga xizmat koʻrsatish ishini yaxshilashda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlarga | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 1996-yil 26-aprel |
„Oʻzbekiston Respublikasida kommunal, maishiy va savdo sohasida xizmat koʻrsatgan xodim” faxriy unvoni — uy-joy kommunal xoʻjaligi, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, birlashma, tashkilot va muassasalarining aholiga xizmat koʻrsatish ishini yaxshilashda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga beriladi[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida oʻrtaroqda aholiga kommunal, maishiy va savdo xizmati koʻrsatishning ramz sifatida markazi bir-u, radiuslari har xil uchta aylana, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “KOMMUNAL, MAISHIY VA SAVDO SOXASIDA XIZMAT KO’RSATGAN XODIM” degan yozuv ikki qator boʻlib joy olgan. Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.