Kontent qismiga oʻtish

Oʻtkir Yusupov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtkir Yusupov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Oʻtkir Davlatbekovich Yusupov
Tavallud sanasi 4-yanvar 1991-yil (1991-01-04) (33 yosh)
Tavallud joyi Sayram Qozogʻiston SSR[1]
Boʻyi 1.85 cm (12 in) [2]
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Eron Foolad F.C.
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009—2010 Oʻzbekiston Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2013 Oʻzbekiston Mashʼal 4 (0)
2014—2015 Oʻzbekiston Nasaf 18 (0)
2016—2017 Oʻzbekiston Neftchi 38 (0)
2018—2019 Oʻzbekiston Qoʻqon 1912 32 (0)
2019—2024 Oʻzbekiston Navbahor 139 (0)
2024— Eron Foolad F.C. 3 (0)
Milliy terma jamoa
2018— Oʻzbekiston Oʻzbekiston 32 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(6-sentyabr 2024-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (6-sentyabr 2024-yil uchun)

Oʻtkir Yusupov (qozoqcha: Юсупов, Уткир Давлатбекович; 1991-yil 4-yanvar[3], Sayram, Qozogʻiston) – oʻzbekistonlik futbolchi, Xuzistonning „Foolad“ klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni. U uygʻur millatidan[4].

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U kattalar futbolidagi debyutini 2012-yilda „Mashʼal“ klubi safida oʻtkazgan va u yerda ikki mavsum oʻtkazib, 4 ta chempionat oʻyinida qatnashgan[5][6].

„Nasaf“ klubi murabbiylar shtabining eʼtiboriga ega boʻlib, u 2014-yilda jamoaga kelib qoʻshildi. Futbolchilik faoliyatining keyingi ikki mavsumini Qarshi shahri jamoasida oʻtkazgan[7][8].

2016-yilda u „Neftchi“ (Fargʻona) klubi bilan shartnoma imzolagan va futbolchilik faoliyatining keyingi ikki yilini Fargʻona jamoasi tarkibida oʻtkazgan[9][10][11].

U „Qoʻqon 1912“ jamoasi safiga 2018-yilda kelib qoʻshilgan[12][13]. Bir mavsum davomida Qoʻqon jamoasida 32 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2019-yilning 24-yanvar kuni u Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[14][15].

2024-yil 26-iyulda Eron Fors koʻrfazi Pro ligasi sihtirokchisi, Xuzistonning „Foolad“ jamoasiga 300 ming yevroga transfer qilingani eʼlon qilingan[16].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 16-oktabr kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida Qatar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut uchrashuvini oʻtkazdi[17][18].

Yusupov Oʻzbekiston terma jamoasining 2019-yilda Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogi uchun qaydnomasiga kiritildi[19][20]. 2023-yilgi Qatarda oʻtkazilgan AFC Osiyo kubogida asosiy darvozabon sifatida ishtirolk etgan va 5 ta oʻyinda ishtirok etgan.

Karyera statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston terma jamoasi
Yil Isht Gol
2018 1 0
2019 0 0
2020 0 0
2021 1 0
2022 9 0
2023 10 0
2024 6 0
Total 27 0

2023-yil 11-oktyabr holatiga koʻra[21]

  1. „O'tkir Yusupov: "Ektor Kuperga vaqt kerak..."“.
  2. „O'tkir Yusupov Transfermarkt saytida“.
  3. „Ўткир Юсуповни табриклаймиз!“. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
  4. „Qozog'iston, Og'ir sinovlar, Pulning kamligi, O'tkir Yusupov hikoyasi“. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
  5. „Денис Иванков: «Кўпчилик мураббийлар Санжар Қувватовдек дарвозабон билан ишлашни орзу қилишади»“. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
  6. „«Машъал» дарвозабони билан шартномани узайтирди“. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
  7. „“Насаф” янги ўйинчиларини таништирди“. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
  8. „Денис Иванковнинг яна бир кашфиёти“. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
  9. „«Насаф» дарвозабони «Нефтчи»га ўтди“. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
  10. „"Нефтчи": Ўткир Юсупов ва Сардор Эминов билан 2 йиллик шартмона имзоланди“. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
  11. „Олий лига клубларининг эътиборли трансферлари. (2-қисм)“. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
  12. „«Қўқон-1912» янги футболчилар билан шартнома имзолади“. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
  13. „«Қўқон-1912» жамоаси янги футболчиларни таништирди“. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
  14. „"Қуруқ ўйин"лар кимда кўпроқ?“. 2022-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-noyabr 2022-yil.
  15. „Ўзбекистон терма жамоаси дарвозабони «Навбаҳор»га ўтди“. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
  16. „Transfermarkt: «Fulad» O‘tkir Yusupovni «Navbahor»dan 300 ming yevroga sotib oldi“ (2024-yil 26-iyul).
  17. „Унутилаёзган ғалабаларнинг тотли таъми“. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
  18. „Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон терма жамоасининг Қатарга қарши асосий таркиби маълум“. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
  19. „Ўзбекистон терма жамоаси Дубайга етиб бориб, меҳмонхонага жойлашди (фото)“. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
  20. „AFC Asian Cup UAE 2019 Complete Squad Lists“ (PDF). The-AFC.com. Asian Football Confederation (27-dekabr 2018-yil). 2018-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-dekabr 2018-yil.
  21. Utkir Yusupov National-Football-Teams.com saytida