Islom Toʻxtaxoʻjayev
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Islom Saidkamolivich Toʻxtaxoʻjayev | ||
Tavallud sanasi | 30-oktyabr 1989-yil | ||
Tavallud joyi | Quva tumani Fargʻona, Oʻzbek SSR | ||
Boʻyi | 182 cm (5 ft 11 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Vazni | 76 kg | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | OKMK | ||
Raqami | 20 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Neftchi | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2009—2011 | Neftchi | 59 | (3) |
2012—2019 | Lokomotiv | 191 | (19) |
2020 | Liaoning Shenyang Urban FC | 12 | (2) |
2021—2022 | Qizilqum | 38 | (0) |
2022—2023 | Al-Garafa | 21 | (1) |
2023 | OKMK | ||
Milliy terma jamoa | |||
2009—h.h | Oʻzbekiston | 73 | (2) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Islom Toʻxtaxoʻjayev 1989-yili 3-oktabrda Fargʻona shahrida tavallud topgan[1]. Ampulasi himoyachi, Oʻzbekiston milliy tema jamoasi hamda Toshkentning Lokomotiv futbol klubi aʼzosi hisoblanadi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Neftchi Fargʻona
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islom Toʻxtaxoʻjayev professional futboldagi ilk faoliyatini 2009-yili, tugʻilib oʻsgan shahri Fargʻonaning Neftchi futbol klubida boshlagan. Islomning potensiali yuqoriligi tufayli „Neftchi“ klubining asosiy tarkibiga jalb qilinishidan avval Oʻzbekiston Terma jamoasi safiga Mirjalol Qosimov tarafidan taklif etilgan. Neftchilar safida u to 2011-yilgacha toʻp sudi va shu mavsum oraligʻida 59 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini jaʼmi 3 marta ishgʻol qilgan.
Lokomotiv Toshkent
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 2012-yili Toshkentning „Lokomotiv“ futbol klubi bilan shartnoma imzaoladi. Temiryoʻlchilar safida 8 mavsum harakat qilgan Islom, „Lokomotiv“ klubini himoya qoʻrgʻonini haqiqiy mustahkam qoʻrgʻoniga aylandi. Jamoa bilan Oʻzbekiston Superligasi chempionligi, Oʻzbekiston Kubogi sohibi, Oʻzbekiston Superkubogi sohibi boʻldi va bir necha yil Osiyo chempionlar ligasida jamoa sharafini munosib himoya qildi. Toʻxtaxoʻjayev „Lokomotiv“ klubida Milliy chemoinat oʻyinlarida 191 oʻyinda 19 ta gol muallifi boʻldi.
Liaoning Shenyang Urban
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yil mavsum boshida Xitoy Superligasi vakili „Liaoning Shenyang Urban“ klubi bilan shartnoma imzoladi va faoliyatida ilk bor legionerga aylandi.[2] Xitoyliklar safida 12 uchrashuvda ishtirok etdi va jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi ammo 2020-yilgi Xitoydagi „Koronavirus“ kasalligi tufayli klub bilan hamkorlikni davom ettirmadi.
Qizilqum
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yilgi mavsum avvalida „Liaoning Shenyang Urban“ klubi bilan shartnomasi yakunlanganidan soʻng Navoiyning „Qizilqum“ klubi bilan shartnoma imzoladi.[3] Bir yarim mavsum davomida „Oltin qazuvchilar“ safida 40 dan ortiq uchrashivda ishtirok etdi va jamoning asosiy futbolchilaridan biri boʻldi.
Al-Garafa
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yilning 25-iyunidan Qatarning „Al-Garafa“ klubida oʻynamoqda.[4]
Klub faoliyatidagi statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yil 11-oktabrda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika.[5]
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro | Boshqa | Umumiy | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Liga | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Neftchi Fargʻona | 2009 | Oʻzbekiston Oliy ligasi | 20 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | 20 | 1 | |
2010 | 22 | 0 | 2 | 0 | - | - | 24 | 0 | ||||
2011 | 17 | 2 | 3 | 0 | - | - | 20 | 2 | ||||
Umumiy | 59 | 3 | 5 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 64 | 3 | ||
Lokomotiv Toshkent | 2012 | Oʻzbekiston Oliy ligasi | 23 | 3 | 4 | 0 | - | - | 27 | 3 | ||
2013 | 26 | 5 | 4 | 0 | 1 | 0 | - | 31 | 5 | |||
2014 | 23 | 1 | 5 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 29 | 1 | ||
2015 | 24 | 2 | 6 | 0 | 4 | 0 | 1 | 0 | 35 | 2 | ||
2016 | 21 | 2 | 3 | 0 | 10 | 1 | - | 34 | 3 | |||
2017 | 22 | 1 | 4 | 0 | 6 | 0 | - | 32 | 1 | |||
2018 | Oʻzbekiston Superligasi | 28 | 0 | 2 | 1 | 6 | 1 | - | 36 | 2 | ||
2019 | 24 | 5 | 1 | 0 | 5 | 1 | 1 | 0 | 31 | 6 | ||
Umumiy | 191 | 19 | 29 | 1 | 33 | 3 | 2 | 0 | 255 | 23 | ||
Liaoning Shenyang Urban | 2020 | Xitoy Superligasi | 8 | 0 | 0 | 0 | - | - | 8 | 0 | ||
Qizilqum | 2021 | Oʻzbekiston Superligasi | ||||||||||
2022 | Oʻzbekiston Superligasi | |||||||||||
Al-Garafa | 2022/23 | |||||||||||
Umumiy faoliyati | 258 | 22 | 34 | 1 | 33 | 3 | 2 | 0 | 327 | 26 |
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islom oʻzbekistonlik yoshlar terma jamoasida ham ishtirok etgan, oʻz mamlakatini 19 yoshgacha boʻlgan yoshdan 20 yoshgacha boʻlgan barcha bosqichlarda himoya qilgan.[6] U shuningdek, kattalar terma jamoasida ham ishtirok etgan.[7] Islom Toʻxtaxoʻjayev terma jamoadagi ilk debyut oʻyinini 2009-yili 28-yanvarda BAA milliy terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda boshlagan.
Terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Islom Toʻxtaxoʻjayevni 2015-yilgi Osiyo kubogi musobaqasiga qatnashish uchun terma jamoa safiga chaqirdi va ushbu turnirning guruh bosqichida u bitta Xitoy terma jamoasiga qarshi kechgan oʻyinda qatnashdi.[8]
Milliy terma jamoa uchun gollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan.[9]
№ | Sana | Stadion | Raqib | Hisob | Natija | Musoboqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2015-yil 31-mart | Ajinomoto Stadium, Chōfu, Yaponiya | Yaponiya | 1–3
|
1–5
|
Oʻrtoqlik uchrashuvi |
2. | 2019-yil 10-oktabr | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | Yaman | 4-0 | 5-0 | 2022 FIFA World Cup qualification |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Lokomotiv tarkibida
- Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2013, 2014, 2015
- Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2014, 2016, 2017
- Oʻzbekiston super kubogi finalisti: 2014
- Oʻzbekiston super kubogi gʻolibi: 2015, 2019
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Футболист - Ислом Тухтаходжаев, 23-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 19-aprel 2015-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Расмий хабар: Ислом Тўхтахўжаев Хитой клубига ўтди“. 2023-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-fevral 2023-yil.
- ↑ „Эшитдик-да! Ислом Тўхтахўжаев "Қизилқум"га ўтмоқда“. 2023-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-fevral 2023-yil.
- ↑ „Ислом Тўхтахўжаев "Ал Гарафа" билан шартнома имзолади“. 2023-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-fevral 2023-yil.
- ↑ I. TUKHTAKHUJAEV at Soccerway.com 2020-07-30 Retrieved 2020-07-30
- ↑ Andoza:Chú thích báo
- ↑ „Ukraine welcome back Blokhin with win over Uzbekistan“. Reuters (1-iyun 2011-yil). Qaraldi: 13-iyul 2011-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Andoza:Citar webAndoza:Ligação inativa
- ↑ „Islom Toʻxtaxoʻjayev“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 17-oktabr 2019-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- national-football-teams.com
- footballfacts.ru
- soccerway.com
- Toʻxtaxoʻjayev — footbal.ru da
- Islom Toʻxtaxoʻjayev akkaunti (Wayback Machine saytida 20-aprel 2015-yil sanasida arxivlangan)
- 30-oktyabrda tugʻilganlar
- 1989-yilda tugʻilganlar
- Quva tumanida tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Fargʻona sport kishilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol himoyachilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari
- Qizilqum klubi futbolchilari
- Liaoning Shenyang Urban F.C. futbolchilari
- Al-Gharafa SC futbolchilari
- AGMK futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Qatardagi chet ellik erkak futbolchilari
- Xitoydagi chet ellik erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari
- Osiyo oʻyinlari 2010 futbolchilari
- Osiyo oʻyinlari 2014 futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari
- Qatar Yulduzlar Ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Xitoy Birinchi ligasi futbolchilari
- SSSRda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston SSRda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston kishilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar