Kontent qismiga oʻtish

Ikrom Aliboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ikrom Aliboyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ikrom Isroiljon oʻgʻli Aliboyev
Tavallud sanasi 9-yanvar 1994-yil (1994-01-09) (30 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston Toshkent Oʻzbekiston
Boʻyi 1.70 m (5 ft 7 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Janubiy Koreya Seongnam FC
Raqami 8
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2018 Oʻzbekiston Lokomotiv Toshkent 97 (11)
2019—2021 Janubiy Koreya FC Seoul 46 (3)
2021 Janubiy Koreya Daejeon Hana Citizen 17 (1)
2022 Oʻzbekiston Paxtakor Toshkent 18 (0)
2023 Janubiy Koreya Gangwon FC 25 (1)
2023 Janubiy Koreya Gangwon FC Reserves 3 (0)
2024— Janubiy Koreya Seongnam FC 13 (0)
Milliy terma jamoa
2015—2018 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-23 6 (5)
2015— Oʻzbekiston Oʻzbekiston 28 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ikrom Isroiljon oʻgʻli Aliboyev (1994-yili 9-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan) – Koreyaning Seongam FC klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, ampluasi yarimhimoyachi.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikrom Aliboyev professional futboldagi faoliyatini 2013-yili boshlagan. U ilk bora Lokomotiv safida 2013-yilning 8-noyabrida oliy liga uchrashuvida Buxoro futbol klubi bilan kechgan oʻyinda jamoa tarkibiga qoʻshildi. Oʻsha oʻyinda u zaxirada boʻldi. Ikrom Aliboyev hozirga qadar ushbu klubda oʻynab kelmoqda.

Ichki chempionatda shu vaqtga qadar 16 ta oʻyinda maydonga tushib raqiblar darvozasini 1 marta ishgʻol qilgan. Osiyo chempionlar ligasining 2014 va 2015-yilgi musobaqalarida klub tarkibida 3 ta oʻyinda qatnashgan[1][2].

2018-yil 13-dekabrda u K-liga 1 jamoasi FC Seul bilan uch yillik shartnoma imzoladi[3][4][5]. U 2020-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi va 2020-yilgi chempionat jadvalining uchinchi pogʻonasiga koʻtarilishi uchun klubga hissa qoʻshgan, ammo 2020-yilgi mavsumda jarohati tufayli mavsumni tark etishga majbur boʻlgan[6].

2021-yilda Aliboyev oʻzaro kelishuvga koʻra „Seul“ klubi bilan shartnomasini bekor qildi va keyin K Liga 2 jamoasi „Daejeon Hana Citizen“ ga oʻtdi[7]. Keyin esa mavsum oxirida klubni tark etdi[8]. 2022-yilda u Oʻzbekistonga qaytib, Toshkentning „Paxtakor“ klubiga oʻtdi[9][10][11]. 2023-yilgi mavsum avvalida „Paxtakor“ jamoasi bilan xayrlashdi[12][13][14] va Janubiy Koreyaning „Gangwon“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[15][16]. 2024-yildan Koreyaning „Seongam FC“ jamoasi futbolchisi[17][18]. 2024-yilda Koreya ligalarida 100 ta oʻyin oʻtkazgan dastlabki oʻzbekistonlik futbolchiga aylangan.

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
8 April 2024[19]
Jamoa Mavsum Liga Kubok Xalqaro Boshqa Jami
Divizion Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol
Lokomotiv Toshkent 2013 Oʻzbekiston Superligasi 3 0 2 0 5 0
2014 0 0 0 0 0 0
2015 25 2 2 0 3[izoh 1] 0 30 2
2016 22 1 5 1 7[izoh 1] 0 34 2
2017 22 4 5 0 3[izoh 1] 0 30 4
2018 25 4 2 1 5[izoh 1] 2 32 7
Jami 97 11 16 2 18 2 131 15
FC Seoul 2019 K League 1 35 3 35 3
2020 11 0 2 0 2[izoh 1] 1 15 1
2021 0 0 0 0
Jami 46 3 2 0 2 1 50 4
Daejeon Hana Citizen 2021 K League 2 17 1 17 1
Paxtakor Toshkent 2022 Oʻzbekiston Superligasi 18 0 2 0 5[izoh 1] 0 1[izoh 2] 0 26 0
Gangwon FC 2023 K League 1 23 1 0 0 2[izoh 3] 0 25 1
Seongnam FC 2024 K League 2 2 0 2 0
Umumiy faoliyat 203 16 20 2 25 3 3 0 251 21

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikrom Aliboyev terma jamoaga 2015-yili bosh murabbiy Mirjalol Qosimov tomonida chaqirtirildi. U lik bora 2015-yilning 11-iyunida Eron terma jamoasi bilan boʻlgan oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va oʻyinning asosiy vaqtida toʻliq oʻynadi[20][21]. Ikkinchi tema jamoadagi oʻyini rasmiy oʻyin boʻlib, unda 2015-yilning 16-iyunida 2018-yilgi jahon chempionatining Osiyo qitʼasi boʻyicha saralash bosqichining 2-roundida Shimoliy Koreya terma jamoasiga qarshi kechgan oʻyinda 34 daqiqa maydonda harakat qildi. Shu vaqtga qadar u 28 ta oʻyinda terma jamoa sharafini himoya qilgan.

Lokomotiv tarkibida

  1. „Дастлабки давранинг 7 кашфиёти“ (2015-yil 24-iyul).
  2. „Ҳар бир жамоанинг ўз кашфиёти бор ёхуд олий лига-2015да порлаб чиққанлар“ (2015-yil 10-dekabr).
  3. „FC서울, 우즈벡 신성 알리바예프 영입 Retrieved December 13 2018.“. 2018-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.
  4. „РАСМАН: Икром Алибоев "Сеул" футболчисига айланди“ (2018-yil 13-dekabr).
  5. „FC서울, 우즈벡 신성 알리바예프 영입 Retrieved December 13 2018.“. 2018-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.
  6. „Икром Алибоев операция столига ётади. Барча харажатлар ўз ҳисобидан бўлади“ (2021-yil 21-fevral).
  7. „Расмий хабар: Икром Алибоев бошқа клубга ўтди“ (2021-yil 29-mart).
  8. „Икром Алибоев "Теджон"ни тарк этди“ (2022-yil 5-yanvar).
  9. '대전과 결별' 알리바예프, 우즈벡 복귀…파크타코르 타슈켄트 이적 Retrieved January 20 2022.
  10. „Расман: Икром Алибоев "Пахтакор" футболчисига айланди“ (2022-yil 20-yanvar).
  11. „Суперлига. Қишки трансферлар (ТОП 10)“ (2022-yil 26-fevral).
  12. „⚡️ "Пахтакор" Икром Алибоевни Жанубий Корея клубига сотади“ (2022/012/19).
  13. „"Пахтакор" Алибоевнинг трансферидан қанча даромад қилди?“ (2022-yil 29-dekabr).
  14. '대전과 결별' 알리바예프, 우즈벡 복귀…파크타코르 타슈켄트 이적 Retrieved January 20 2022.
  15. „Икром Алибоев яна Жанубий Кореяга қайтди. Унинг янги жамоаси номи маълум!“ (2024-yil 4-yanvar).
  16. „Расман: Икром Алибоев фаолиятини Жанубий Корея клубида давом эттиради“ (2022-yil 27-dekabr).
  17. „O'zbekistonlik futbolchi Koreyaning 7 karra chempioni va OCHL-2010 g'olibi bilan shartnoma tuzdi“ (2024-yil 5-yanvar).
  18. „Расман. Икром Алибоев фаолиятини Кореяда давом эттирадиган бўлди“ (2024-yil 9-yanvar).
  19. „I. ALIBAEV“. Soccerway. Qaraldi: 2024-yil 8-aprel.
  20. Ўзбекистон ўртоқлик ўйинида Эронга мағлуб бўлди, 15-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 18-iyul 2015-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  21. „Икром Алибоев МТЖ сафида илк бор майдонга тушди“ (2015-yil 11-iyun).


Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "izoh", but no corresponding <references group="izoh"/> tag was found