Kontent qismiga oʻtish

Nikolay Charikov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nikolay Valeryevich Charikov

Nikolay Charikov 1910-yilda
 Rossiya imperiyasi senatori-
Mansab davri
1912-yil 6-fevral – 1917-yil 22-noyabr
Monarx Nikolay II
Rossiyaning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi-
Mansab davri
1909 – 1912
Monarx Nikolay II
Oʻtmishdoshi Alekseevich Zinovyev
Vorisi Mixail Nikolayevich Girs
 Rossiyaning Gollandiyadagi vakili-
Mansab davri
1905 – 1907
Monarx Nikolay II
Oʻtmishdoshi Kirill Vasilyevich Struve
Vorisi Pyotr Konstantinovich fon der Palen
 Serbiyada vazirning favqulodda muxtor elchisi-
Mansab davri
1900-yil 16-sentyabr – 1905-yil
Monarx Nikolay II
 Rim papasining muqaddas taxti rezidenti-
Mansab davri
1897-yil 18-fevral – 1900-yil
Monarx Nikolay II
 Buxorodagi siyosiy agent-
Mansab davri
1886-yil 1-yanvar – 1890-yil
Monarx Aleksandr III
Oʻtmishdoshi Lavozim tashkil etilgan
Vorisi Pavel Mixaylovich Lessar
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Nikolay Valeryevich Charikov

8-yanvar 1855-yil
Novaya Grigoryevka, Aleksandrovskiy okrugi, Yekaterinoslav guberniyasi
Vafoti 12-sentyabr 1930-yil (75 yosh)
Istanbul, Turkiya
Onasi Adelaida Dmitriyevna Putilova
Otasi Valeriy Ivanovich Charykov
Taʼlim Aleksandr litseyi
Mukofotlari 2-darajali Muqaddas Vladimir ordeni, 1-darajali Avliyo Anna ordeni, 1-darajali Stanislav ordeni

Nikolay Valeryevich Charikov (1855-yil 8-yanvar, Aleksandrovskiy okrugi, Yekaterinoslav guberniyasi – 1930-yil 12-sentyabr, Istanbul, Turkiya) – rus diplomati, Hofmeister aʼzosi, senator, tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari va vazir M. A. Sulkevichning Turkiyadagi mintaqaviy favqulodda va muxtor elchisi. Shuningdek, tarixchi va faylasuf, Rossiya tarixi jamiyatining toʻlaqonli aʼzosi.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nikolay Charikov 1855-yilning, 8-yanvar sanasida Yekaterinoslav guberniyasi, Aleksandrovskiy okrugi Novaya Grigoryevka qishlogʻida, dvoryanlardan boʻlmish Valery Ivanovich Charikov (1818—1884) va Adelaida Dmitriyevna Putilova (1834—1861)lar oilasida tugʻilgan.

U 15 yoshiga qadar Shotlandiyada yashab, tahsil olgan. Shu sababli, ingliz tilini mukammal egallagan va ravon nutqda gapira olgan. Bundan tashqari, ingliz tilida kitoblar ham yoza olgan. 1871-yilda Rossiyaga qaytib kelgach, besh yil davomida Aleksandr litseyida tahsil oladi. Nikolay u yerda boʻlajak tashqi ishlar vaziri, hamkasbi Aleksandr Izvolskiy bilan doʻstlashadi. Litseyni tamomlagach, deyarli olti yil davomida Tashqi ishlar vazirligining Moskva bosh arxivida xizmat qiladi. 1877—1878-yillardagi rus-turk urushida ham koʻngilli sifatida jang qilgan. Koʻrsatgan jasorati uchun 3- va 4-darajali Avliyo Georgiy orden nishoni bilan ikki marotaba taqdirlangan[manba kerak] va otliq komandir – kornet (cornette) lavozimiga koʻtarilishga muvaffaq boʻlgan.

1880-yilda Nikolay kamer-yunker unvoniga loyiq koʻriladi. Oʻz faoliyatini „sharqiy yoʻnalish“da diplomat sifatida boshlagan va u yerda deyarli oʻn yilni (1889-yilgacha) yarim lager sharoitida oʻtkazgan. U 1883-yilda dastlabki jiddiy lavozimi – Turkiston general-gubernatorligi qoshidagi diplomatik xodim mansabiga tayinlanadi. 1886-yilda Buxoroda siyosiy agent lavozimini egallaydi. Uning vazifalariga Transkaspiy temir yoʻlining Buxoro orqali oʻtadigan qismini uzluksiz qurish uchun diplomatik va mulkiy yordam koʻrsatish kirar edi. Charikov oʻziga ishonib topshirilgan masala bilan bogʻliq barcha ishlar bilan shugʻullangan. Jumladan, temir yoʻl qurilishi uchun yerlarni oʻzlashtirish, Kogonda Rossiya siyosiy vakolatxonasi binosi va temir yoʻl vokzalini qurish, Buxoroda rus subyektlarining sudyasi (kerak boʻlganda konsul) sifatida ham faoliyat koʻrsatgan.

1895-yil 2-aprelda u davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchisi unvoniga loyiq koʻrildi va oʻsha yili kamerger unvoni bilan ham taqdirlandi. 1896—1897-yillarda Bolgariyada diplomatik agent[1], 1897-yildan Rossiyaning Berlindagi elchixonasida maslahatchi, 1897-yil 18-fevralda Rim papasi muqaddas taxtining rezidenti lavozimini egalladi. 1900-yil 16-sentyabrdan Serbiyadagi favqulodda va muxtor elchi (1903-yil 29-mayga oʻtar kechasi Belgradda sodir etilgan qonli toʻntarish va qirol Aleksandr Obrenovichning oʻldirilishi paytida ham)[2], 1905-yildan Gollandiyada favqulodda muxtor vakil lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.

1908-yil 25-yanvarda Nikolay Charikov oʻz faoliyatidagi eng yuqori lavozimga tayinlandi. Bir yarim yil (1908—1909) davomida vazir oʻrinbosari, Bolqon masalasi boʻyicha mutaxassis hamda alohida ishonchli kishi sifatida doʻsti, tashqi ishlar vaziri, Izvolskiyga jiddiy taʼsir koʻrsatdi. 1908-yil 13-aprelda esa gofmeyster unvoniga sazovor boʻldi.

Charikov vazir oʻrinbosari lavozimida dastlabli yili faol ichki va tashqi siyosat olib bordi. Oʻzidan oldingi tashqi ishlar vaziri Vladimir Lamsdorfdan farqli oʻlaroq, Aleksandr Izvolskiy oʻziga ishonib topshirilgan boʻlim ishidagi jiddiy kamchiliklarni yaxshi bilgan va jiddiy islohotlar zarurligini koʻrgan. Vazirlikka ishga qabul qilingandan soʻng, darhol vazifasi islohotlar loyihasini tayyorlash boʻlgan maxsus komissiya tuzadi. Lavozimga koʻra, ushbu komissiya har doim vazir oʻrinbosari tomonidan boshqarilishi kerak edi. Dastlabki ikki yilda Konstantin Gubastov, keyin yana bir yarim yil Nikolay Charikov va nihoyat, Sergey Sazonov kabi amaldorlar kommissiya boshligʻi sifatida faoliyat koʻrsatishgan. Charikov islohot loyihasi boʻyicha ishni oxiriga yetkaza olmaydi. Bosniyadagi „Buxlov janjali“dan keyin Sergey Sazonov vazir oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Charikov esa 1909-yilning 25-mayida Konstantinopoldagi Favqulodda va Muxtor elchi lavozimiga qoʻyiladi. U yerda uch yildan bir oz kamroq vaqt davomida xizmat qiladi.

U 1912-yil 26-fevralda oxirgi marta senator sifatida tayinlanadi.

Bugun gazetalarda Charikovning Senatga tayinlangani, boshqacha aytganda, Konstantinopol elchisi lavozimidan ozod etilgani va alohida sharoitlarda ishdan boʻshatilishi haqida xabarlar paydo boʻldi. Chunki elchilar odatda Senat tomonidan emas, balki Davlat Kengashi aʼzolari tomonidan tayinlanadi.

Charikov elchi etib tayinlangach, u faoliyat talab qiladigan joyda qoniqarli elchi boʻla olmasligi, ozgina boʻlsada, uni shu lavozimga taniganlarning barchasiga ayon boʻldi.

Charikov yomon odam emas, odobli, juda cheklangan, numizmatika va shunga oʻxshash asabni tinchlantiruvchi ilmiy ishlar bilan shugʻullanishga moyil, lekin hech qanday holatda faol diplomatdan talab qilinadigan aql va isteʼdod hukmronligiga ega emas.

Vitte S. Yu. Tsarstvovanie Nikolaya II, glava 69 (51) // Vospominaniya. – M.: Sotsekgiz, 1960. – T. 3. – S. 525—526. – 75 000 ekz.

Buxlov janjali

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diplomat Nikolay Charikovning 1908—1909-yillarda, Bosniya inqirozi deb ataladigan davrda, vazir oʻrinbosari (birinchi oʻrinbosar) lavozimidagi faoliyati eng shuhrat qozongan mansabi hisoblanadi. Tashqi ishlar vaziri A. P. Izvolskiy bilan chinakam oʻrtoqlik va ishonchli munosabatlarda boʻlgan Charikov kelajakdagi kelishuvlar rejasini ishlab chiqishda qatnashgan hamda shaxsiy muzokaralar, shuningdek, Izvolskiy va Avstriya-Vengriya tashqi ishlar vaziri Erental oʻrtasidagi 1908-yilning 3-sentyabr sanasida Buxlov qalʼasida boʻlib oʻtgan yashirin uchrashuvning mohiyatini biladigan deyarli yagona shaxs boʻlib qolgan.

Shunisi eʼtiborga loyiqki, hatto Izvolskiyni qoʻllab-quvvatlagan va uning tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlanishini shaxsan ilgari surgan Nikolay II ham „Buxlov“ kelishuvi aniq boʻlgandan keyingina voqeadan xabar topgan. Izvolskiy muzokaralarining mohiyati va asosiy maqsadlari Bosniya va Gertsegovinaning yaqinlashib kelayotgan anneksiyasini tan olish evaziga Rossiya floti uchun Qora dengiz boʻgʻozlarini ochish maqsadida Vena roziligiga erishish edi. Alohida kelishuv tashabbusi va gʻoyasi shaxsan Aleksandr Izvolskiyga tegishli boʻlgan. Biroq, Avstriya-Vengriya hukumatining ikki tomonlama oʻyini juda tez tuzilgan „maxfiy bitim“ning asosiy shartlari diplomatik jamoatchilikka eʼlon qilinishiga olib kelgan hamda keyinchalik, „sezilmas tarzda“ matbuotda tarqalgan. Natijada, ushbu hodisa mamlakat ichida ham, xalqaro miqyosda ham „Buxlov janjali“, deya atala boshlaydi.

Nikolay II Izvolskiy chizigʻini toʻliq qoʻllab-quvvatlaganiga qaramay, Stolypinning birlashgan hukumati "imperiyaning ichki manfaatlariga daxldor boʻlgan bunday ulkan milliy va tarixiy ahamiyatga molik voqea toʻgʻrisida" maʼlumotlar yashiringanidan gʻazablandi. Pyotr Stolypin va moliya vaziri Vladimir Kokovtsovning Izvolskiyning yashirin va alohida harakatlariga keskin noroziliklari natijasida Nikolay II boʻysunishga va Tashqi ishlar vazirligining ishi boʻyicha baʼzi imtiyozlarga rozi boʻlishga majbur boʻladi. 1908-yil oxiriga kelib, barcha muhim tashqi siyosiy masalalar Vazirlar Kengashi yigʻilishlarida kollektiv ravishda qabul qilinguncha batafsil muhokama qilinishi majburiy etib belgilanadi.

Bosniya inqirozi davrida Rossiya uchun vaziyatning yanada noqulay rivojlanishi, oxir-oqibatda tashqi ishlar vazirligining „diplomatik Susima jangi“ bilan yakunlanishiga, 1909-yildan boshlab vazirlik faoliyatining amalda Vazirlar Kengashi Raisi nazorati ostida olib borilishiga olib keladi. Lekin, masala bu bilan cheklanib qolmaydi. P. N. Milyukov soʻzi bilan aytganda, "Janob Izvolskiy siyosati"ning ogʻir magʻlubiyati vazirlikning barcha rahbarlarini bosqichma-bosqich almashtirilishiga olib kelgan. 1909-yil may oyida sobiq vazirning yaqin va ishonchli kishisi Nikolay Charikov Konstantinopoldagi elchi lavozimiga tayinlandi va uning oʻrniga Stolypinga juda yaqin boʻlgan va hatto uning qarindoshi Sergey Sazonov tayinlandi. Nikolay Charikov lavozimidan chetlatilgach, Tashqi ishlar vazirligi faoliyati haqiqatda Vazirlar Kengashi raisi nazoratiga oʻtkazildi[3]. Va bir yarim yil oʻtgach, Sazonov, apparat va diplomatik tajribaning aniq yetishmasligiga qaramay, Stolypinning faol yordami bilan Izvolskiyning oʻzini vazir lavozimidan (Parijga elchi sifatida) toʻliq ozod qiladi.

Ikkinchi Buxlov janjali

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Buxlov janjali“ga biroz oʻxshash holat roppa-rosa uch yildan soʻng Nikolay Charikovning Turkiya elchixonasi missiyasi vaqtida takrorlandi. U favqulodda va muxtor elchi lavozimini ado etayotgan paytlarida Rossiya homiyligida keng Bolqon ittifoqi tuzishni, bu ittifoqqa Turkiyani ham kiritishni oʻzining asosiy vazifasi deya belgilab oldi. Buning uchun Charikov turli usullar bilan Turkiya hukumati bilan yaqinlashishga harakat qildi. Aslida, bu Izvolskiyning Buxlovda yakunlangan siyosiy yoʻnalishining bevosita davomi edi. Elchi etib tayinlanganidan koʻp oʻtmay, 1909-yil avgustda Charikov Nikolay II va turk sultoni oʻrtasida shaxsiy uchrashuv boʻyicha muzokaralar olib bordi. Erishilgan kelishuvlarga qaramay, uchrashuv boʻlib oʻtmaydi, chunki Turkiya siyosiy elitasida nemisparast siyosatga keskin burilish yuz beradi. Ammo, 1911-yilda Italiya (oʻsha paytda Germaniyaning faol ittifoqchisi) Turkiyaga qarshi harbiy harakatlar boshlaganida, nemisparast guruh tabiiy ravishda zaiflashadi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya dengiz floti uchun Qora dengiz boʻgʻozlarini ochishga yana bir bor harakat qiladi.

1911-yil oktabr oyining boshida Charikov Turkiya hukumati bilan muzokaralarni davom ettirish toʻgʻrisida buyruq oldi. 12-oktabr kuni esa vazir Said Poshoga rus-turk kelishuvi loyihasini taqdim etdi. Unga koʻra, Rossiya Turkiyaga Shimoliy Onadoʻli temir yoʻl qurishga ruxsat berishni vaʼda qilgan. Shuningdek, Bosfor va Dardanel boʻgʻozlarida turk hukmronligini saqlab qolish uchun har tomonlama yordam berishi kerak boʻladi. Bu juda „ayyor“ strategiya boʻlib, aynan shu shartni bajarish uchun Turkiya hukumati Rossiya harbiy kemalarining „ular tomonidan himoyalangan“ boʻgʻozlardan oʻtishiga ruxsat berishi kerak edi. Said posho bir oydan koʻproq vaqt davomida jim turdi va bir vaqtning oʻzida Berlin, Vena va London bilan maslahatlashib, Charikov tomonidan qoʻyilgan shartlarga aniq javobni eʼlon qilishga shoshilmadi. Turkiya hukumati ittifoqchilar Rossiya bilan shartnoma tuzishni tavsiya etmasligini bilgach, vazir Said Posho, 1911-yil noyabr oyining oxirida shartnoma tuzish loyihasini rad etadi.

Oʻsha yilning 2-dekabr kuni Nikolay Charikovga boʻgʻozlar boʻyicha har qanday muzokaralarni toʻxtatish buyurildi. Biroq, oʻsha vaqtga qadar bu mavzu doirasida birorta ham muzokara oʻtkazilmagan. Charikovni oʻtmishning odami va dushman vazirlar jamoasi vakili sifatida qabul qilgan Rossiya tashqi ishlar vaziri S. D. Sazonov uni „qurbonlik qilishga“ qaror qiladi. Shu bilan birga oʻzini ortiqcha figuradan va muvaffaqiyatsizlikning istalmagan oqibatlaridan xalos qiladi. 1911-yil 10-dekabrda Sazonov oʻz elchisining xatti-harakatlarini butunlay rad etadi[4]. Uning taʼkidlashicha, Rossiya Turkiya bilan boʻgʻozlar boʻyicha ilgari hech qanday rasmiy muzokara olib borish niyati ham boʻlmagan va bu elchining shaxsiy tashabbusidan boshqa narsa emas.

Boshqa ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nikolay Charikov diplomatik xizmatdan tashqari koʻplab arxivga aloqador tarixiy va adabiy ishlarni ham amalga oshirgan. Aytish mumkinki, XVII asrdan XX asrgacha boʻlgan rus-turk munosabatlari uning ixtisosligi boʻlgan. U oʻndan ortiq yirik ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifi boʻlib, maqolalari uchun diplomat sifatida shuhrat qozongandan ortiq mashhur boʻladi. 1910-yil 2-apreldan Turkiyada elchi sifatida faoliyat olib borganida N. V. Charikov Rossiya Tarix Jamiyatining toʻliq aʼzosi sifatida qabul qilinadi. U, shuningdek, Rossiya imperiyasi arxeologiya, geografiya jamiyati, Moskva tarixiy-generalogiya hamda genealogiya jamiyatlarining toʻliq aʼzosi boʻlgan. Turkiyada elchi boʻlgan davrda Konstantinopoldagi Rossiya arxeologiya institutining faxriy aʼzosi etib saylangan.

U 1917-yilgi Oktabr inqilobidan keyin Qrimda yashab turib, moʻjizaviy tarzda Qizil terrordan qochib qutuladi. Charikov Qrim yarimoroli nemis qoʻshinlari tomonidan bosib olingandan soʻng, 1918-yil 14-sentyabrda u M.A.Sulkevichning Qrim hukumati tarkibiga xalq taʼlimi vaziri sifatida qoʻshiladi. Bir vaqtning oʻzida diplomatik komissiya raisi sifatida ushbu hukumatning tashqi siyosatiga rahbarlik qiladi va Ukraina getmani P. P. Skoropadskiy bilan Ukraina-Qrim ittifoqini tuzish boʻyicha muzokaralarda uning vakili sifatida faoliyat koʻrsatadi. Mixaylovskiy taʼkidlaganidek: „Sulkevich muntazam ravishda Charikov bilan siyosiy masalalarda shu qadar maslahatlashib turardiki, Qrim gazetalarida (Qrimda matbuot erkinligi bor edi) Charikov va Sulkevich siam egizaklari sifatida tasvirlangan“. Charikov davrida Taʼlim vazirligi Qrimdagi bir qator taʼlim muassasalarini: Feodosiya va Karasubazar erkaklar gimnaziyalarini, Pedagoglar institutini saqlab qolish va ularning qarzlarini toʻlash uchun mablagʻ topa olishga muvaffaq boʻladi. Nemislar ketganidan keyin Charikov 1918-yil 15-noyabrda Sulkevich bilan birgalikda nafaqaga chiqadi.

1919-yildan keyin Charikov Konstantinopolga „qaytib keladi“ va u yerda umrining soʻnggi oʻn yilini oʻtkazadi. Mixaylovskiy eslaganidek, „ Charikov sobiq elchi sifatida mahalliy turk doiralarida va ittifoqchilar orasida katta oʻringa ega edi. U Rossiya banklaridan birining boshqaruv kengashida boʻlgan va Konstantinopol yaqinidagi Bebek shaharchasida yashagan.

  1. ru/[sayt ishlamaydi] // Kratkaya istoriya diplomaticheskix otnosheniy Rossii i Bolgarii.
  2. [1] // Ubiystvo generala Pavlovicha.
  3. Коллектив авторов СПбГУ под ред. акад.Фурсенко.. Управленческая элита Российской империи (1802-1917). С-Петербург.: Лики России, 2008 — 116—117-bet. 
  4. [2] // Diplomati rossiyskoy imperii.

Qoʻshimcha adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Чарыков Николай Валериевич“, Список гражданским чинам четвертого класса. Исправлен по 1-е марта 1908 года. СПб.: Издание инспекторского отдела Собственной Его Императорского Величества канцелярии. Сенатская типография, 1908 — 358—359-bet. 
  • Shmurlo Ye. F. Otziv o sochinenii N. V. Charikova: Posolstvo v Rim i slujba v Moskve Pavla Meneziya (1637—1694). 1906. – SPb., 1909.
  • Allen James G. Review: [untitled] Review: [untitled]. Reviewed work(s): Glimpses of High Politics by N. V. Charykov. The Slavonic and East European Review, Vol. 10, No. 28 (Jun., 1931), pp. 224–226.
  • Reviewed work(s): Glimpses of High Politics: Through War and Peace, 1855—1929 by N. V. Tcharykow. The Journal of Modern History, Vol. 3, No. 4 (Dec., 1931), pp. 668–669.
  • Thaden, Edward C. Charykov and Russian Foreign policy at Constantinople in 1911" // Journal of Central European Affairs, 16, april 1956.
  • Galkin I. S. Demarsh Charikova i pozitsiya evropeyskix derjav // Iz istorii obщestvennix dvijeniy i mejdunarodnix otnosheniy. – M., 1957. – S. 633—656.
  • Kiselyova V. I. Russko-tureskie peregovori ob otkritii prolivov v 1911 god. // Trudi MGIAI. – T. 12. – M., 1958. – S. 166—207.
  • Kiselyova V. I. Diplomaticheskaya podgotovka Ushi-Lozannskogo mira 1912 g. // Trudi MGIAI. – T. 12. – M., 1958. – S. 39—79.
  • Shatsillo K. F. Razvitie Chernomorskogo flota nakanune pervoy mirovoy voyni // Istoricheskie zapiski. – T. 75. – M., 1965.
  • Poddubnaya R. P. Trud i lyubov bili devizom ix jizni // Vechernyaya Samara, 1995. – 6-maya. № 84.
  • Chernov O. A.Samares N. V. Charikov – rossiyskiy poslannik v Bolgarii. // XX Kirillo-Mefodievskie chteniya. Samara: Samarskiy universitet, 1997. – S. 13—14.
  • Chernov O. A. Diplomaticheskaya deyatelnost N. V. Charikova v Sredney Azii. // Novie imena. – Ch. II. – Samara: SGPU, 1997. – S. 15—17.
  • Chernov O. A. Istoriya russkoy diplomatii XVII veka v trudax N. V. Charikova // Platonovskie chteniya. – Vip. 1. – Samara: Samarskiy universitet, 1998. – S. 89—94.
  • Chernov O. A. Materiali Gosudarstvennogo arxiva Samarskoy oblasti o rossiyskom diplomate i istorike N. V. Charikove // Gosudarstvennomu arxivu Samarskoy oblasti – 80 let. – Samara: NTTs, 1998. – S. 123—124.
  • Zaitsev V. V. The shaping of Russian Foreign policy on Turkey and Balkans, 1908—1911. // Oxford Slavonic Papers: New Series. – N. Y., 1999. – Vol. XXXII.
  • Chernov O. A. N. V. Charikov – uchastnik i istorik russko – tureskoy voyni 1877 – 78 gg. // XXII Kirillo-Mefodievskie chteniya. – Samara: SaGA, 1999. – S. 44—47.
  • Chernov O. A. Ranniy period diplomaticheskoy deyatelnosti N. V. Charikova // Istoriko-arxeologicheskie iziskaniya. Vip. 3. – Samara: SGPU, 1999. – S. 137—143.
  • Ignatev A. V. Vneshnyaya politika Rossii: 1907—1914 gg.: Tendensii. Lyudi. Sobitiya. – M., 2000.
  • Chernov O. A. Religiozno – filosofskie iskaniya N. V. Charikova. // Xristianstvo i mir. – Samara: Samara Pravoslavnaya, 2001. – S. 230—236.
  • Chernov O. A. Istoricheskaya literatura o diplomaticheskoy i nauchnoy deyatelnosti N. V. Charikova. // Istoriko-arxeologicheskie iziskaniya. Vip. 4. – Samara: NTTs, 2001. – S. 111—115.
  • Chernov O. A. Diplomaticheskaya deyatelnost i istoricheskie vzglyadi N. V. Charikova: Dis. … kand.ist.nauk. – Samara, 2001.
  • Chernov O. A. Istoricheskie aspekti dvoryanskogo vospitaniya (na primere semi dvoryan Charikovix). // Rossiyskoe obrazovanie na rubeje vekov. – Samara: SF MGPU, 2002. – S. 240—241.
  • Chernov O. A. Politicheskie vzglyadi N. V. Charikova. // Istoriko-arxeologicheskie iziskaniya. – Vip. 4. – Samara: SGPU, 2002. – S. 27—30.
  • Chernov O. A. Godi stanovleniya N. V. Charikova. // Istoricheskie issledovaniya. – Vip. 4. – Samara: SGPU, 2002. – S. 10—16.
  • Chernov O. A. Samara v jizni istorika i diplomata N. V. Charikova. // Istoriki i istoriya v menyayuщemsya mire. – Samara: SGPU, 2003. – S. 75—79.
  • Chernov O. A. Iz istorii russko-serbskix otnosheniy v nachale XX veka // Samarskiy kray v kontekste rossiyskoy i slavyanskoy istorii i kulturi. – Samara: Univers-grupp: 2004. – S. 181—187.
  • Chernov O. A. Iz istorii prisoedineniya Merva k Rossii. // Istoricheskie issledovaniya. – Vip. 5. – Samara: SGPU, 2004. – S. 5—8.
  • Chernov O. A. K voprosu o „demarshe Charikova“. // Voyna i obщestvo. K 90-letiyu nachala pervoy mirovoy voyni. – Samara: Univers-grupp, 2004. – S. 37—46.
  • Chernov O. A. Arxeograficheskie iziskaniya N. V. Charikova. // III Oznobishinskie chteniya. Inza. – Samara: NTTs, 2005. – S. 252—257.
  • Chernov O. A. Rossiyskaya diplomatiya i obщestvo (na primere deyatelnosti N. V. Charikova). // Vestnik Samarskogo Gosudarstvennogo Pedagogicheskogo Universiteta. – Samara: SGPU, 2005. – S. 24—32.
  • Chernov O. A. Balkanskie problemi nachala XX veka v deyatelnosti N. V. Charikova. // Nauka i kultura Rossii. – Ch. 1. – Samara: SamGAPS, 2007. – S. 70—72.
  • Chernov O. A. Nekotorie aspekti diplomaticheskoy deyatelnosti N. V. Charikova v Serbii v 1900—1905 gg. // X Chteniya pamyati professora N. P. Sokolova. – Nijniy Novgorod: NNGU, 2007. – S. 209—215.
  • Chernov O. A. Rossiyskiy diplomat N. V. Charikov i voyni // Chelovek i voyna v XX veke. – M.: RGGU, 2007. – S. 40—43.
  • Chernov O. A. Materiali arxivov i memuarov o diplomaticheskoy deyatelnosti N. V. Charikova v Serbii. // Dokument v kontekste universalnix praktik. – Tyumen: TyumGU, 2007. – S. 122—123.
  • Chernov O. A. K voprosu o „sxeme“ soglasheniya Rossii s Germaniey 1909 goda. // Vestnik Samarskogo Gosudarstvennogo Pedagogicheskogo Universiteta. Vip. 3. Samara: SGPU, 2007. S. 49-52.
  • Chernov O. A. Deyatelnost rossiyskogo politicheskogo agenta N. V. Charikova v Buxarskom emirate. // Izvestiya Saratovskogo universiteta. Novaya seriya. Seriya Istoriya. Mejdunarodnie otnosheniya. – Vip. 1. – 2008. – T. 8. – Saratov: Izd-vo Saratovskogo universiteta, 2008. – S. 52—56.
  • Chernov O. A. Problema prolivov Bosfor i Dardanelli v diplomaticheskoy deyatelnosti i istoricheskix vzglyadax N. V. Charikova. // Istoricheskaya pamyat i obщestvo: epoxi, kulturi, lyudi: Materiali nauchnoy konferensii, posvyaщyonnoy 90-letiyu istoricheskogo obrazovaniya v Saratovskom universitete. – Saratov: Izd-vo Saratovskogo universiteta., 2008. – S. 94—111.
  • Arapov D. Yu. Russkiy posol v Tursii N. V. Charikov i ego „zaklyuchenie“ po „musulmanskomu voprosu“. // Vestnik Yevrazii. = Acta Eurasica: Nezavisimiy nauchniy jurnal. – 2002. – № 2. – S. 148—163.
  • Chernov O. A. Grajdanskaya voyna v sudbe rossiyskogo diplomata N. V. Charikova. // Grajdanskaya voyna v Rossii (1917—1922 gg.): vzglyad skvoz desyatiletiya. – Samara: As Gard, 2009. – S. 345—349.
  • Chernov O. A. N. V. Charikov kak biograf. // Velikiy Voljskiy put: chelovek, prostranstvo, vremya, dokument. – Yaroslavl: „Litera“, 2009. – S. 47—50.
  • Chernov O. A. Religioznie voprosi v jizni i deyatelnosti N. V. Charikova. // Konfessii i mejkonfessionalnie otnosheniya v istorii i traditsii. – Samara: PGSGA, 2009. – S. 119—126.
  • Chernov O. A. Russko-tureskie peregovori 1911 goda v diplomaticheskoy deyatelnosti i vzglyadax N. V. Charikova. // Politicheskaya kultura i mejdunarodnie otnosheniya v novoe i noveyshee vremya. – Nijniy Novgorod: NNGU, 2009. – S. 148—161.
  • Chernov O. A. Sredneaziatskie problemi v deyatelnosti i vzglyadax rossiyskogo istorika i diplomata N. V. Charikova // Vremya, sobitie, istoricheskiy opit v diskurse sovremennogo istorika: XVI chteniya pamyati chlena-korrespondenta AN SSSR S. I. Arxangelskogo. – Ch. 2. – Nijniy Novgorod: NGPU, 2009. – S. 61—65.
  • Fisher L. A. Demarsh Charikova v 1911 godu i problema Chernomorskix prolivov. // Izvestiya Rossiyskogo gosudarstvennogo pedagogicheskogo universiteta im. A. I. Gersena. – SPb., 2009. – № 93.
  • Chernov O. A. Diplomaticheskaya deyatelnost i istoricheskie vzglyadi N. V. Charikova. Monografiya. – Samara, 2010.
  • Chernov O. A. Russko-tureskie otnosheniya v ranney diplomaticheskoy i nauchnoy deyatelnosti N. V. Charikova. // Lichnost v istorii v epoxu novogo i noveyshego vremeni (pamyati professora S. I. Voroshilova). Materiali mejdunarodnoy nauchnoy konferensii. – SPb.: Izdatelskiy Dom S.-Peterburgskogo gosudarstvennogo universiteta, 2010. – S. 322—326.
  • Chernov O. A. Memuari sovremennikov kak istochnik po diplomaticheskoy deyatelnosti N. V. Charikova v Tursii // Zapiski Filiala RGGU v g. Velikiy Novgorod. Vipusk 8. Istoriko-kulturniy i ekonomicheskiy potensial Rossii: nasledie i sovremennost: Materiali mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensii / Filial RGGU v g. Velikiy Novgorod. – Velikiy Novgorod: tipografiya „Vikont“, 2010. – S. 74—77.
  • Chernov O. A. Deyatelnost N. V. Charikova na Vtoroy Gaagskoy konferensii mira // Istoricheskie, filosofskie, politicheskie i yuridicheskie nauki, kulturologiya i iskusstvovedenie. Voprosi teorii i praktiki. – № 5 (11). – Ch. 2. – Tambov, 2011. – S. 204—205.
  • Chernov O. A. Naznachenie N. V. Charikova poslom Rossii v Tursii: smena kursa. // Rossiya i islamskiy mir: istoriya i perspektivi sivilizatsionnogo vzaimodeystviya. Mejdunarodnaya nauchno-prakticheskaya konferensiya, posvyaщyonnaya 120-letiyu Karima Xakimova. Sbornik statey i materialov. – Ufa: Vagant, 2011. – S. 240—242.
  • Chernov O. A. N. V. Charikov i russko-germanskie otnosheniya konsa XIX veka. // Izvestiya Samarskogo nauchnogo sentra Rossiyskoy akademii nauk. 2011. – T. 13. – № 3. – Ch. 2. – S. 374—377.
  • Chernov O. A. N. V. Charikov o genezise petrovskix reform. // Vestnik Vyatskogo gosudarstvennogo gumanitarnogo universiteta. 2011. – № 4 (1). – S. 30—32.
  • Chernov O. A. P. A. Stolipin i N. V. Charikov v period Bosniyskogo krizisa // Vlast i obщestvo v Rossii – jizn i gosudarstvennaya deyatelnost P. A. Stolipina. Materiali i dokladi mejregionalnoy nauchno-prakticheskoy konferensii. – Samara: Samarskiy universitet, 2011. – S. 170—175.
  • Chernov O. A. Borba posla v Tursii N. V. Charikova za morskuyu bezopasnost Rossii. // Chicherinskie chteniya. Velikie derjavi v kontekste mirovogo politicheskogo protsessa: istoriya i sovremennost. Materiali mejdunarodnoy internet-konferensii. – Tambov, 2012. – S. 44—49.
  • Chernov O. A. N. V. Charikov ob istoricheskom puti Rossii. // Vestnik Udmurtskogo universiteta. – Ijevsk: Udmurtskiy universitet, 2012. – Ser. Istoriya i filologiya. – Vip. 3. – S. 88—91.
  • Chernov O. A. N. V. Charikov i podgotovka Vtoroy Gaagskoy konferensii mira. // Izvestiya Penzenskogo gosudarstvennogo pedagogicheskogo universiteta im. V. G. Belinskogo. – Penza, 2012. – № 27. – Gumanitarnie issledovaniya. – S. 1089—1093.
  • Chernov O. A. Podgotovka N. V. Charikova k postupleniyu v Aleksandrovskiy litsey // Problemi istorii, arxeologi, obrazovaniya. – Samara: PGSGA, 2012. – S. 146—152.
  • Chernov O. A. N. V. Charikov o vliyanii islama na razvitie Sredney Azii vo vtoroy polovine XIX veka // Vestnik Tomskogo gosudarstvennogo universiteta. – Istoriya. – 2012. № 4 (2). – S. 219—221
  • Chernov O. A. Rannie godi rossiyskogo diplomata i uchyonogo N. V. Charikova. Po dokumentam Tsentralnogo gosudarstvennogo arxiva Samarskoy oblasti // Vestnik arxivista. – M., 2012. – № 4. – S. 292—299.
  • Chernov O. A. N. V. Charikov i voenno-morskaya programma Tursii nakanune Pervoy mirovoy voyni. // Rossiyskaya gosudarstvennost: ot istokov do sovremennosti. Mejdunarodnaya nauchnaya konferensiya, priurochennaya k 1150-letiyu rossiyskoy gosudarstvennosti. – Samara: SNTs RAN, 2012. – S. 172—177.
  • Chernov O. A. Russko-tureskaya voyna 1877—1878 v epistolyarnom nasledii N. V. Charikova // Istoricheskaya pamyat i dialog kultur: sbornik materialov Mejdunarodnoy molodyojnoy nauchnoy shkoli (Kazan, 2012 g.): v 3 t. – T. 2. – Kaz., 2013. – S. 339—344.
  • Chernov O. A. Ivan III v trudax N. V. Charikova // Kulturno-istoricheskie issledovaniya v Povolje: problemi i perspektivi. Materiali II Vserossiyskogo nauchno-metodologicheskogo seminara. – Samara: SGAKI, 2013. – S. 222—226.
  • Chernov O. A. Xudojestvennaya literatura v jizni i deyatelnosti N. V. Charikova // Uchyonie zapiski Orlovskogo gosudarstvennogo universiteta. – 2013. – № 5 (55). – S. 24-27.
  • Chernov O. A. Britanskiy faktor v stanovlenii rossiyskogo diplomata N. V. Charikova // Britanskie chteniya. Materiali II Vserossiyskoy s mejdunarodnim uchastiem konferensii, posvyaщennoy 90-letiyu professora Marii Moiseevni Yabrovoy (Saratov, 19-20-sentyabrya 2013 g.). – Saratov, 2013. – S. 133—140.
  • Chernov O. A. „Demarsh Charikova“ v memuarax N. V. Charikova // Samarskiy nauchniy vestnik. – Samara, 2014. – № 4 (9). – S. 139-14?
  • Chernov O. A. Pozitsiya N. V. Charikova v voprose o nezavisimosti Bolgarii v period Bosniyskogo krizisa // Vneshnepoliticheskie interesi Rossii: istoriya i sovremennost. Sbornik materialovVserossiyskoy nauchnoy konferensii, priurochennoy k 100-letiyu nachala Pervoy mirovoy voyni. – Samara: SaGA, 2014. – S. 204—211.
  • Chernov O. A. Tsar Ivan IV i ego epoxa v issledovaniyax N. V. Charikova / O. A. Chernov. // Izvestiya Samarskogo nauchnogo sentra Rossiyskoy akademii nauk. – Samara, 2014. – T. 16. – № 3. – S. 211—214. 0, 5 p. l.
  • Chernov O. A. Memuarnoe nasledie N. V. Charikova/ O. A. Chernov. // Izvestiya Samarskogo nauchnogo sentra Rossiyskoy akademii nauk. – Samara, 2014. – T. 16. – № 3 (2). – S. 577—579. 0,5 p. l.
  • Chernov O. A. N. V. Charikov v 1914 g. // Pervaya mirovaya voyna: vzglyad spustya stoletie. 1914 god: ot mira k voyne. Materiali IV mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensii. – M., 2015. – S. 753—757.
  • Chernov O. A. Dopetrovskaya diplomatiya Rossii v sochineniyax N. V. Charikova/ O. A. Chernov. // Izvestiya Samarskogo nauchnogo sentra Rossiyskoy akademii nauk. – Samara, 2015. T. 17. № 3. – S. 485—489. 0,5 p. l.
  • Chernov O. A. Deyatelnost N. V. Charikova v Vatikane // Vneshnepoliticheskie interesi Rossii: istoriya i sovremennost sbornik materialov II-y Vserossiyskoy nauchnoy konferensii, posvyaщennoy 70-letiyu Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne (1941—1945 gg.). – Samara: SaGA, 2015. – S. 185—193.
  • Chernov O. A. Initsiativi N. V. Charikova po razvitiyu mejdunarodnogo morskogo prava // Problema pravosubyektnosti: sovremennie interpretatsii: materiali XII-oy ejegodnoy mejvuzovskoy nauchno-prakticheskoy konferensii. 27-fevralya 2015 goda, g. Samara. Vip. 12. – Samara: Samarskaya gumanitarnaya akademiya, 2015. – S. 57—62.
  • Chernov O. A. Diplomaticheskaya deyatelnost N. V. Charikova v memuarax sovremennikov /O. A. Chernov. // Samarskiy nauchniy vestnik. – Samara, 2016. № 1 (14). – S. 102—106. 0,5 p. l.
  • Chernov O. A. Deyatelnost N. V. Charikova po reformirovaniyu ministerstva inostrannix del Rossii /O. A. Chernov. // Samarskiy nauchniy vestnik. – Samara, 2016. № 2 (15). – S. 105—110.
  • Chernov O. A. N. V. Charikov v period Bosniyskogo krizisa 1908—1909 gg. /O. A. Chernov. // Izvestiya Samarskogo nauchnogo sentra Rossiyskoy akademii nauk. – Samara, 2016. T. 18. № 3. – S. 66—70
  • Chernov O. A. Vospominaniya N. V. Charikova o sentralnoaziatskoy politike Rossii// Vneshnepoliticheskie interesi Rossii: istoriya i sovremennost sbornik materialov III Vserossiyskoy nauchnoy konferensii. – Samara, 2016. – S. 280—291.