Usmonli imperiyasi sultonlari
Usmonli imperiyasining sultonlari ulkan davlatga asos solishgan. Bu davlat mulklari dunyoning uch qitʼasida joylashgan edi. Usmonli imperiyasi choʻqqisiga chiqqanda shimolda Vengriya, janubda Somali, gʻarbda Jazoir va sharqda Iroqgacha choʻzilgan hududlarni qoʻl ostida birlashtirgan. Imperiya poytaxti dastlab Bursani poytaxt qilgan boʻlsa, 1366-yilda Edirnega koʻchirildi. Nihoyat, Vizantiya imperiyasidan magʻlubiyatga uchratilib, Konstantinopol olingandan keyin nomi oʻzgartirilib Istanbul poytaxtga aylandi. Zamonaviy olimlarning koʻpchiligi imperiya taxminan 1299-yilda paydo boʻlgan va uning asoschisi Oʻgʻuz turklarining Kayi urugʻidan boʻlgan Usmon Gʻozi ekanligini taʼkidlaydilar. Usmonlilar sulolasi 6 asr davomida 36 ta sulton taxtga o'tirgan. Birinchi jahon urushida Uchlar ittifoqi davlatlarning magʻlubiyati natijasida Usmonli imperiyasi tarix sahnasidan gʻoyib boʻldi. Imperiyaning Antanta davlatlari tomonidan boʻlinishi va undan keyingi mustaqillik urushi Turkiya Respublikasining tugʻilishiga olib keldi.
Usmonli davlati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Usmonlilar imperiyasi qo'l ostidagi hududlarni mutlaq humronlik bilan boshqargan. Usmonlilar sulton siyosiy, harbiy, huquqiy, ijtimoiy pog'onalarning eng yuqorisida edi. Nazariy jihatdan, u faqat Allohga bo'ysungan. O'zi esa „Allohning yerdagi soyasi“ va „Yer yuzidagi xalifasi“ (xalif-i ru-yi Zemin) deb ulug'langan. Butun hukumat idorasi sultonning qo'l ostida edi va u qabul qilgan har bir qaror farmon deb e'lon qilingan.Sulton qo'shinnning bosh qo'mondoni edi. 1453-yilda Konstantinopol zabt etilgandan so'ng ular o'zlarini Rim imperiyasining merosxo'rlari deb hisoblaganlar[1], shuning uchun ular vaqti-vaqti bilan Kayzer va imperator unvonlaridan foydalanishgan. 1517-yilda Misr fath qilinganidan keyin Salim I ham xalifa unvonini oldi[2]. Nazariy jihatdan hukmronlik teokratik va mutlaq boʻlsa-da, amalda sultonning vakolatlari cheklangan edi. U siyosiy qarorlar qabul qilishda sulolaning muhim vakillarining qarashlari va munosabatlarini hisobga olgan. Shuningdek, diniy maslahatchilar bilan ham fikr almashgan. Ularni xohish-irodasini hisobga olgan. XVII asrdan boshlab imperiya uzoq davom etgan turgʻunlik davriga kirdi, bu davrda sultonlar juda zaiflashdi. Ko'pchilik kuchli yanicharlar korpusi tomonidan taxtdan ag'darildi. Taxtga o'tirish man etilganiga qaramay, haramdagi ayollar, xususan, sultonning onasi (Valide Sulton nomi bilan ham tanilgan) uning hukmronligi davrida muhim siyosiy rol o'ynagan[3]. Sulaymon I Usmonlilar tarixidagi eng uzoq hukmronlik qilgan sulton boʻlib, 46 yillik hukmronlik bilan imperiyani XVI asrda choʻqqiga olib chiqdi. Murod V XIX asrning tanazzul davrini boshqargan tarixdagi eng qisqa hukmronlik qilgan sulton edi. Uning hukmronligi atigi 93 kun davom etdi. Imperiyaning soʻnggi mutlaq va birinchi konstitutsiyaviy monarxi Abdulhamid II edi.
Sultonlar ro'yxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyidagi jadvalda Usmonli sultonlari va oxirgi Usmonli xalifasi sana boʻyicha tartiblangan. Shuningdek, Usmonli sultonlari tomonidan qo'llaniladigan xattotlik muhrlari yoki imzolari barcha rasmiy hujjatlarda, tangalarda va eng muhimi, sulton suratlarida foydalanilgan. „Eslatmalar“ ruknida sultonlarning ota-onalari, taqdirlari keltirilgan. Ilk monarxlar uchun odatda hukmronligining tugashi va vorisi taxtga o'tirishi o'rtasida ma'lum bir vaqt boʻlgan. Sababi, tarixchi Kuataertning fikricha, bu davrda Usmonlilar imperiyasida hukmronlik taxtga eng keksa emas, eng kuchlisi oʻtirardi: sulton vafot etgach, uning barcha oʻgʻillari gʻolib chiqqunga qadar jang qilishlari kerak edi. Shu sababli, ichki nizo yuzaga kelgan va birodar qondoshlarning o'limiga sabab boʻlgan. Shuning uchun sultonning vafot etgan sanasi har doim ham taxt vorisi bilan bir xil emas. 1617-yilda eng kuchli shahzoda taxtga chiqish oʻrniga bu eng katta o'g'il bilan almashtirildi. Bu tizim bilan oilaning eng kattasi taxtga o'tirgan. XVII asrda katta shahzoda sifatida vafot etgan sultonning o'rniga o'z o'g'li, amakisi yoki ukasi o'tirgan. Kattasi taxtni egallagan tizim (ekberiyet) XIX asrdagi muvaffaqiyatsiz natijalarga qaramay, saltanatning oxirigacha davom etdi.
Raqam | Sulton | Tasvir | Hukmronlikning boshi | Hukmronlikning oxiri | taxtda oʻtirgan vaqti | Muhri | Eslatma | Tangasi |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Usmonli imperiyasining yuksalishi (1299 — 1453) | ||||||||
1 | Usmon I | 1299 | 1326[4] | 27 yil | —[c] | |||
2 | O’rxon | 1326[4] | 1362-yil mart | 36 yil |
|
|||
3 | Murod I[b] | 1362-yil mart | Kosovo janggi | 27 yil |
|
|||
4 | Boyazid I | 1389-yil 15-iyun | 1402-yil 20-iyul]] | 13 yil |
*Anqara jangida asirga olingan (hukmronligi tugadi).
| |||
— | Iso Chelebiy | 1403-yil yanvar | 1403-yil may | 120 kun | — |
|
— | |
— | Sulaymon Chelebiy | 1402-yil 20-iyul | 1411-yil 17-fevral[7] | 8 yil, 212 kun |
| |||
— | Muso Chelebiy | 1411-yil 18-fevral | 1413-yil 5-iyul[8] | 2 yil | — |
|
— | |
— | Mehmed Chelebiy | 1403-1406 1406-1413 |
1413-yil 5-iyul | 10 yil 185 kun | — |
|
||
Sultonlik tiklandi | ||||||||
5 | Mehmed I | 1413-yil 5-iyul | 1421-yil 26 May | 7 yil, 325 kun |
|
— | ||
— | Mustafo Chelebiy | — | 1419-yil | 1422-yil may | 3 yil 120 kun | — |
|
|
6 | Murod II | 1421-yil 25-Iyun | 1444-yil Avgust | 23 yil 37 kun | ||||
7 | Mehmed II | 1444-yil avgust | 1446-yil sentabr | 2 yil, 31 kun |
|
|||
(6) | Murod II | 1446-yil sentabr | 1451-yil 3-fevral | 4 yil, 155 kun |
|
— | ||
Usmonli imperiyasining yuksalishi (1453-1550) | ||||||||
(7) | Mehmed II | 1451-yil 3-fevral | 1481-yil 3-May | 30 yil, 89 kun |
|
|||
8 | Boyazid II | 1481-yil 19-May | 1512-yil 25-April | 30 yil, 342 kun |
|
|||
— | Jem Sulton | 1481-yil 28-may | 1481-yil 20-iyun | 23 kun |
|
|||
9 | Selim I | 1512-yil 25 Aprel | 1520-yil 21-Sentabr | 8 yil 149 kun |
|
|||
10 | Suleyman I | 1520-yil 30-sentabr | 1566-yil 6-sentabr | 45 yil, 341 kun |
|
|||
Usmonli imperiyasining o'zgarishi (1550-1700) | ||||||||
11 | Selim II | 1566-yil 29-sentabr | 1574-yil 21-dekabr | 8 yil, 83 kun |
|
|||
12 | Murod III | 1574-yil 22-dekabr | 1595-yil 16-Yanvar | 20 yil, 25 kun |
|
|||
13 | Mehmed III | 1595-yil 16-yanvar | 1603-yil 22-dekabr | 8 yil, 340 kun |
|
|||
14 | Ahmed I | 1603-yil 22-dekabr | 1617-yil 22-noyabr | 13 yil, 335 kun |
|
|||
15 | Mustafo I | 1617-yil 22-noyabr | 1618-yil 26-fevral | 96 kun |
|
— | ||
16 | Usmon II | 1618-yil 26-fevral | 1622-yil 19-may | 4 yil, 82 kun |
|
|||
(15) | Mustafo I | 1622-yil 20-may | 1623-yil 10-sentabr | 96 kun |
|
— | ||
17 | Murod IV | 1623-yil 10-sentabr | 1640-yil 8-fevral | 16 yil, 151 kun |
|
— | ||
18 | Ibrohim | 1640-yil 9-fevral | 1648-yil 8-avgust | 8 yil, 181 kun |
|
— | ||
19 | Mehmed IV | 1648-yil 8-avgust | 1687-yil 8-noyabr | 39 yil, 92 kun |
|
— | ||
20 | 'Suleyman II | 1687-yil 8-noyabr | 1691-yil 22-iyun | 3yil 226 kun |
|
|||
21 | Ahmed II | 1691-yil 22-iyun | 1695-yil 6-fevral | 3 yil, 229 kun |
|
— | ||
22 | Mustafo II | 1695-yil 6-fevral | 1703-yil 22-august | 8 yil, 197 kun |
|
— | ||
Usmonli imperiyasida turg'unlik davri (1700-1827) | ||||||||
23 | Ahmed III | 1703-yil 22-avgust | 1730-yil 1-oktabr | 27 yil, 40 kun |
|
|||
24 | Mahmud I | 1730-yil 2-oktabr | 1754-yil 13-dekabr | 24 yil, 72 kun |
|
|||
25 | Usmon III | 1754-yil 13-dekabr | 1757-yil 30-oktabr | 2 yil 321 kun |
|
|||
26 | Mustafo III | 1757-yil 30-oktabr | 1774-yil 21-yanvar | 16 yil, 83 kun |
|
|||
27 | Abdulhamid I | 1774-yil 21-yanvar | 1789-yil 7-aprel | 15 yil, 76 kun |
|
|||
28 | Selim III | 1789-yil 7-april | 1807-yil 29-may | 18 yil, 52 kun |
|
|||
29 | Mustafo IV | 1807-yil 29-may | 1808-yil 28-iyul | 1 yil, 60 kun |
|
— | ||
Usmonli imperiyasi modernizatsiya davrida (1827-1908) | ||||||||
30 | Mahmud II | 1808-yil 28-iyul | 1839-yil 1-iyul | 30 yil, 338 kun |
*Vafotiga qadar taxtda o’tirgan. |
|||
31 | Abdulmejid I | 1839-yil 1-iyul | 1861-yil 25-iyun | 21 yil, 359 kun |
|
|||
32 | Abdulaziz | 1861-yil 25-iyun | 1876-yil 30-may | 14 yil, 340 kun |
|
|||
33 | Murod V | 1876-yil 30-may | 1876-yil 31-avgust | 93 kun |
|
— | ||
34 | Abdulhamid II | 1876-yil 31-avgust | 1909-yil 27-aprel | 32 yil, 239 kun |
|
|||
35 | Mehmed V | 1909-yil 27-aprel | 1918-yil 3-iyul | 9 yil, 67 kun |
|
|||
36 | Mehmed VI | 1918-yil 4-iyul | 1922-yil 1-noyabr | 4 yil, 120 kun |
|
|||
Usmonli davlati Respublika davrida (1 Noyabr 1922 — 3 March 1924) | ||||||||
— | Abdulmejid II | 1922-yil 18-noyabr | 1924-yil 3-mart | 1 yil, 106 kun | — [c] |
|
— |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://archive.org/details/latinsinlevanthi00mill/
- ↑ https://books.google.co.uz/books?id=B1cMtKQP3P8C&redir_esc=y
- ↑ https://books.google.co.uz/books?id=1MYRAAAAYAAJ&redir_esc=y
- ↑ 4,0 4,1 Finkel 2007, p. 555.
- ↑ Kafadar 1995, pp. 60, 122.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 6,6 6,7 Lowry 2003, p. 153.
- ↑ 7,0 7,1 Jorga 2009, p. 314.
- ↑ 8,0 8,1 von Hammer, pp. 58-60.
- ↑ Kafadar 1995, p. xix
- ↑ Ágoston, Gábor „Süleyman I“, . Encyclopedia of the Ottoman Empire, 2009.
- ↑ #Asi92|Aşiroğlu 1992, p. 13
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Aşiroğlu, Orhan Gâzi. Son halife, Abdülmecid, Tarihin şahitleri dizisi (tr). Istanbul: Burak Yayınevi, 1992. ISBN 978-9757645177. OCLC 32085609.
- Findley, Carter V.. The Turks in World History. New York: Oxford University Press US, 2005. ISBN 978-0-19-517726-8. OCLC 54529318. Qaraldi: 2009-yil 29-aprel.
- Finkel, Caroline. Osman's Dream: The History of the Ottoman Empire.. Basic Books, 2007. ISBN 9780465008506.
- Glassé, Cyril, ed (2003). "Ottomans". The New Encyclopedia of Islam. Walnut Creek, CA: AltaMira Press. ISBN 978-0-7591-0190-6. OCLC 52611080. https://books.google.com/books?id=focLrox-frUC.<!--->
- Glazer, Steven A. „Chapter 1: Historical Setting“, . A Country Study: Turkey, 5th, Library of Congress Country Studies, Washington, D.C.: Federal Research Division of the Library of Congress, 1996. ISBN 978-0-8444-0864-4. OCLC 33898522. Qaraldi: 2009-yil 22-aprel.
- Jorga, Nicholae. Geschishte des Osmanichen, Translated by Nilüfer Epçeli, Istanbul: Yeditepe yayınları, 2009. ISBN 975-6480 17 3.
- Kafadar, Cemal. Between Two Worlds: The Construction of the Ottoman State. Berkeley, CA: University of California Press, 1995. ISBN 978-0-520-20600-7. OCLC 55849447. Qaraldi: 2009-yil 18-aprel.
- Karateke, Hakan T. „Who is the Next Ottoman Sultan? Attempts to Change the Rule of Succession during the Nineteenth Century“, . Ottoman Reform and Muslim Regeneration: Studies in Honour of Butrus Abu-Manneb. London: I. B. Tauris, 2005. ISBN 978-1-85043-757-4. OCLC 60416792. Qaraldi: 2009-yil 2-may.
- Lindner, Rudi Paul. Nomads and Ottomans in Medieval Anatolia. Indiana University Press, 1983.
- Lowry, Heath. The Nature of the Early Ottoman State. SUNY Press, 2003. ISBN 0-7914-5636-6.
- d'Osman Han, Nadine Sultana. The Legacy of Sultan Abdulhamid II: Memoirs and Biography of Sultan Selim bin Hamid Han, Foreword by Manoutchehr M. Eskandari-Qajar, Santa Fe, NM: Sultana Pub, 2001. OCLC 70659193. Qaraldi: 2009-yil 2-may. (Wayback Machine saytida 2009-01-05 sanasida arxivlangan)
- Peirce, Leslie P.. The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire. New York: Oxford University Press US, 1993. ISBN 978-0-19-508677-5. OCLC 243767445. Qaraldi: 2009-yil 19-aprel.
- Quataert, Donald. The Ottoman Empire, 1700–1922, 2nd, Cambridge University Press, 2005. ISBN 978-0-521-83910-5. OCLC 59280221. Qaraldi: 2009-yil 18-aprel.
- Stavrides, Theoharis. The Sultan of Vezirs: The Life and Times of the Ottoman Grand Vezir Mahmud Pasha Angelović (1453–1474). Leiden: Brill Publishers, 2001. ISBN 978-90-04-12106-5. OCLC 46640850. Qaraldi: 2009-yil 18-aprel.
- Strauss, Johann „A Constitution for a Multilingual Empire: Translations of the Kanun-ı Esasi and Other Official Texts into Minority Languages“, . The First Ottoman Experiment in Democracy Herzog, Christoph: . Orient-Institut Istanbul, 2010. } (info page on book at Martin Luther University) // CITED: p. 43-44 (PDF p. 45-46/338).
- Sugar, Peter F.. Southeastern Europe under Ottoman Rule, 1354–1804, 3rd, Seattle: University of Washington Press, 1993. ISBN 978-0-295-96033-3. OCLC 34219399. Qaraldi: 2009-yil 18-aprel.
- Toprak, Binnaz. Islam and Political Development in Turkey. Leiden: Brill Publishers, 1981. ISBN 978-90-04-06471-3. OCLC 8258992. Qaraldi: 2009-yil 19-aprel.
- Toynbee, Arnold J. „The Ottoman Empire's Place in World History“, . The Ottoman State and Its Place in World History, Social, Economic and Political Studies of the Middle East. Leiden: Brill Publishers, 1974. ISBN 978-90-04-03945-2. OCLC 1318483. Qaraldi: 2009-yil 2-may.
- Uğur, Ali. Mavi Emperyalizm (tr). Istanbul: Çatı Publishing, 2007. ISBN 978-975-8845-87-3. OCLC 221203375. Qaraldi: 2009-yil 19-aprel.
- von Hammer, Joseph. Osmanlı Tarihi cilt I, condensed by Abdülkadir Karahan, Istanbul: Milliyet yayınları.