Kontent qismiga oʻtish

Namangan xalqaro aeroporti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Namangan xalqaro aeroporti
IATA kodi: NMAICAO kodi: UTKN
Qisqacha bayon
Aeroport turi Davlat mulki
Egasi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston hukumati
Operator Uzbekistan Airports AJ
Xizmat doirasi Namangan
Joylashuvi Namangan, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Dengiz sathidan balandligi https://www.uzairways.com/en/flights/international-airport-namangan ft / 474 m
Koordinatalari 40°59′04″N 071°33′24″E / 40.98444°N 71.55667°E / 40.98444; 71.55667
Xarita
NMA (Oʻzbekiston)
NMA
жойлашуви
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
ft m
10/28 10,698 3,261 Asfalt
Manba: World Aero Data[1]
Namangan xalqaro aeroporti 2024-yilda

Namangan aeroporti (IATA: NMA, ICAO: UTFN) — Namangan shahri gʻarbida joylashgan xalqaro aeroport.

„Sharqiy“ hab

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Namangan xalqaro aeroporti 2021-yilgacha “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi va MDH davlatlarining boshqa aviakompaniyalari samolyotlari uchun muqobil aerodrom bo‘lgan [2].

Biroq 2021-yilda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Farg‘ona vodiysidagi ikkita aeroport – Namangan va Farg‘ona shaharlari xalqaro aeroportlari hududida “Sharqiy” habni tashkil etishga qaror qildi.

2022-yil 30-yanvar kuni Oʻzbekiston Transport vazirligi koʻmagida “O‘zbekiston havo yo‘llari” va Uzbekistan Airports kompaniyalarining qoʻshma loyihasi boʻlgan „Sharqiy“ hab yoʻlga qoʻyildi. Loyiha Rossiyaning 9 shahriga — Moskva, Orenburg, Ufa, Samara, Omsk, Irkutsk, Krasnodar, Yekaterinburg hamda Perm shaharlariga toʻgʻridan-toʻgʻri arzon reyslarni amalga oshirishni nazarda tutadi [3].

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi tomonidan “Sharqiy" hab tashkil etilishining asosiy maqsadi – Fargʻona vodiysidan talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha parvoz qilish uchun shart-sharoitlar yaratish hisoblanadi [4]. Loyihaga koʻra, aviakompaniya mintaqadan Rossiya Federatsiyasi va Fargʻona vodiysi aholisi orasida mashhur boʻlgan uzoq xorij shaharlariga yoʻnalish tarmogʻini kengaytirish maqsadida Namangan va Fargʻona shaharlarining xalqaro aeroportlaridan foydalanadi.

Milliy aviakompaniyaning Uzbekistan Airways Express havo kemalarida Full Economy (toʻliq iqtisodiy sinf) tamoyili asosida Namangandan Moskva, Perm, Samara, Omsk, Orenburg, Irkutsk, Krasnodar va Yekaterinburgga toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshladi. Ilk parvoz 2022-yilning 30-yanvar kuni Namangan-Perm yoʻnalishida amalga oshirildi [5]. Ushbu reysda "O‘zbekiston havo yo‘llari"ning Airbus A320 samolyoti 174 nafar yoʻlovchini Rossiyaning Perm shahridagi xalqaro aeroportga yetkazdi [6]. 31-yamvar kuni esa Namangandan Moskva va Orenburgga parvozlar qilindi [3].

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Farg‘ona vodiysi bo‘ylab bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha aviachiptalar narxini 30 foizga pasaytirdi. Narxlar pasayishiga samolyotdagi oʻrindiqlar sonining ko‘payishi va xizmat ko‘rsatish (oziq-ovqat, bagaj) xarajatlarining kamayishi hisobiga erishildi [3].

“O‘zbekiston havo yo‘llari”ning Namangandan muntazam parvozlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil yakuni holatida quyidagi reyslar amalga oshiriladi:

  • Namangan - Moskva (Domodedovo) - Namangan: haftasiga 4 ta reys;
  • Namangan - Samara - Namangan: haftasiga 1 reys;
  • Namangan - Ufa - Namangan: haftasiga 1 reys;
  • Namangan - Omsk - Namangan: haftasiga 1 reys;
  • Namangan - Yekaterinburg - Namangan: haftasiga 1 reys;
  • Namangan - Krasnodar - Namangan: haftasiga 1 ta reys;
  • Namangan - Perm - Namangan: haftasiga 1 reys;
  • Namangan - Irkutsk - Namangan: haftasiga 1 ta reys;
  • Namangan - Krasnoyarsk - Namangan: haftasiga 1 ta reys;

Xorijiy aviakompaniyalarning Namangandan muntazam parvozlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilda quyidagi aviakompaniyalar Namangan xalqaro aeroportiga muntazam reyslarni amalga oshira boshladilar:

Aviakompaniya nomi Parvoz manzili Eslatma
flyDubai Dubay Ilk parvoz 2022-yil 25-sentyabrda amalga oshirildi. Aviakompaniyaning Boeing 737 rusumli havo kemasi Namangandan Dubayga 190 nafar yo‘lovchini olib ketdi [7]
Jazeera Airways Al-Kuvayt [8]
NordStar Krasnoyarsk
Red Wings Airlines Maxachqala, Moskva (Jukovskiy aeroporti), Yekaterinburg
S7 Airlines Novosibirsk [9]
Smartavia Sankt-Peterburg Aviakompaniyaning Boeing-737 rusumli havo kemasida 2-dekabr kuni tongda 137 nafar yo‘lovchi Sankt-Peterburgdan Namanganga olib kelindi [10]
Ural Airlines Krasnodar, Moskva-Jukovskiy, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg
Yamal Moskva (Domodedovo aeroporti) Ilk parvozni 2022-yil 19-sentyabr kuni amalga oshirdi. Bortida 221 nafar yoʻlovchi boʻlgan Airbus A321 samolyoti Namangan xalqaro aeroportiga qoʻndi [11]
SCAT Olmaota
  1. „arxiv nusxasi“. 2017-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-iyun.
  2. „"Namangan" xalqaro aeroporti“. namangan.uz. Namangan viloyati hokimligi. Qaraldi: 8-iyun 2023-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 „В аэропорту Намангана запущен проект «Восточный хаб»“. Kun.uz (2022-yil 31-yanvar). Qaraldi: 8-iyun 2023-yil.
  4. „“Sharqiy” xab – Fargʻona vodiysi shaharlaridan foyda bilan sayohat qiling“. uzairways.com. O‘zbekiston havo yo‘llari. Qaraldi: 8-iyun 2023-yil.
  5. Abduvaliyev, Azizbek. „Namangan xalqaro aeroportidan “Sharqiy xab” loyihasi doirasidagi ilk parvoz amalga oshirildi“. Daryo.uz (2022-yil 30-yanvar). Qaraldi: 8-iyun 2023-yil.
  6. „«Восточный хаб»: низкобюджетные авиаперевозки между Ферганской долиной Узбекистана и городами России“. aviatioin21.ru. Qaraldi: 8-iyun 2023-yil.
  7. „Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi“. Daryo.uz (2022-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 8-iyun 2023-yil.
  8. „Jazeera Airways aviakompaniyasi Quvayt-Namangan yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshiradi“. Spot.uz (2022-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 8-iyun 2023-yil.
  9. Liu, Jim. „S7 Airlines schedules new Uzbekistan routes in W18“. Routesonline (2018-yil 24-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.
  10. „Namangan va Sankt-Peterburg o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi“. Daryo.uz (2021-yil 2-dekabr). Qaraldi: 8-iyun 2023-yil.
  11. „“Yamal” aviakompaniyasi Namanganga ilk parvozini amalga oshirdi“. xs.uz. Xalq soʻzi (2022-yil 19-sentyabr). 2022-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyun 2023-yil.