Kontent qismiga oʻtish

Qoʻqon aeroporti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qo'qon aeroporti
IATA kodi: OQNICAO kodi: mavjud emas
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik
Egasi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Operator Oʻzbekiston havo yoʻllari
Xizmat doirasi Qo'qon
Joylashuvi Qo'qon, Farg‘ona viloyati, Oʻzbekiston
Koordinatalari 40°26′53″N 70°59′21″E / 40.44806°N 70.98917°E / 40.44806; 70.98917
Xarita
OQN (Oʻzbekiston)
OQN
Oʻzbekiston xaritasida
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
25/07 2 000x60 6,562 × 197 asfalt

Qoʻqon aeroporti – Oʻzbekistonning sharqiy qismidagi Qoʻqon shahrida joylashgan va u yaqin aholi punktlariga xizmat koʻrsatuvchi aeroport hisoblanadi. Aeroport 2000-yildan boshlab Oʻzbekiston Harbiy havo kuchlari tomonidan qoʻllanila boshlandi va 2024-yildan esa butun respublika boʻylab ichki yoʻlovchi qatnovlari tiklandi[1].

Aeroport birinchi 1977-yilda ochilgan boʻlib[2], Oʻzbekiston SSRda aeroportdan mazkur yoʻnalishlarda foydalanilgan; Qoʻqon – Toshkent, Qoʻqon – Namangan, Qoʻqon – Fargʻona, Qoʻqon – Leninobod (hozirgi Xoʻjand), Qoʻqon – Andijon yoʻnalishlari boʻyicha qisqa masofalarga qatnov yoʻlga qoʻyilgan.

2000-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining uchish-qoʻnish yoʻlagi sifatida foydalanilgan.

Oʻzbekiston aeroportlari xaritada.

Qoʻqon aeroportini rekonstruksiya qilish 2024-yil mart oyida yakunlandi. Birinchi texnik reys 20-mart kuni „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ milliy aviakompaniyasining Airbus A320neo samolyotida Toshkentdan amalga oshirildi [3]. Ekipaj aʼzolari – uchuvchilar Amrillo Nutfullaev, Bektemir Gereev va Sergey Bikovlar boshqaruvidagi samolyot yangilangan Qoʻqon aeroportiga qoʻndi[4][5] .

Ilk koʻrgazmali yoʻlovchi reys 2024-yil 22-mart kuni yangilangan aeroportdan “Silk Avia” aviakompaniyasi tegishli ATR 72-600 samalyotida Toshkent – Qoʻqon – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvoz amalga oshirildi[1].

Muntazam yoʻlovchi reyslari 2024-yil 1-apreldan „Silk Avia“ aviakompaniyasi brendi ostida „Uzbekistan Helicopters“ ga tegishli Let L-410UVP-E20 samolyotlarida Toshkent – Qoʻqon – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qatnovlar yoʻlga qoʻyildi.

  • Yuklarni saqlash
  • Yuklarga ishlov berish
  • Yuk egalariga xabar berish
  • Yuklari maʼlumoti bilan tanishish
  1. 1,0 1,1 „Silk Avia Toshkentdan Qo‘qonga birinchi aviaqatnovini amalga oshirdi“ (uz). www.uzairways.com. 2024-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-mart.
  2. „Qo'qon aeroporti“.
  3. „Qo‘qon aeroportida rekonstruksiya ishlari yakunlandi. U birinchi parvozni amalga oshirdi“ (uz). Podrobno.uz. 2024-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-mart.
  4. „Qo‘qon aeroporti ochildi. Video“ (uz). Podrobno.uz. 2024-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-mart.
  5. „Uzbekistan Airways Qo‘qon aeroportiga texnik aviaqatnov amalga oshirdi“ (uz). www.uzairways.com. 2024-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-mart.

Qoʻqon aeroporti