Kontent qismiga oʻtish

Muzrob Ikromov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ikromov Muzrob Muborakxojiyevich
Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Hisob palatasi raisi
Mansab davri
2017-yil – 2019-yilgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Olimxon Rustamov
Vorisi Saidlaziz Saidkarimov
Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Аdliya vаziri
Mansab davri
2015-yil – 2017-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Nigʻmatilla Yoʻldoshev
Vorisi Ruslanbek Davletov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 14-sentyabr 1973-yil (1973-09-14) (51 yosh)
Toshkent
Mukofotlari

Ikromov Muzraf Muborakxojiyevich (oʻzbekcha: Икрамов Музраф Мубаракходжаевич 1973-yil 14-sentabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan) — oʻzbek huqushunosi, davlat arbobi. 2015—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri[1], 2017—2019-yillarda Oʻzbekiston Hisob palatasi raisi[2]. 2020-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari.

1973-yil 14-sentyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti — oliy, mutaxassizligi huquqshunos. 1995-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2007-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

Mehnat faoliyatini 1995 yili Adliya vazirligi iqtisodiy islohot bo‘yicha qonunchilik va me'yoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlash hamda huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasi katta maslahatchisi vazifasidan boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmaning bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

1997-2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi boʻlim boshligʻi, boshqarma boshligʻi, 2003-2008-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilik Bosh boshqarmasi boshligʻi adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan taʼminlash markazining rahbari, 2008-2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi boʻlim mudiri, 2012-2013-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmatining Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha shoʻba mudiri, 2013-2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi oʻrinbosari, 2015-2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri, 2017-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi, 2019-2020-yillarda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi[3] lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-maydagi PQ-4727-son qarori bilan M. Ikramov Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari etib tayinlangan[4][5].

M. Ikramov 2007-yilda “Shuhrat” medali[6] hamda 2014-yilda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist[7] Faxriy unvoni bilan mukofotlangan.