Kontent qismiga oʻtish

Ruslanbek Davletov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ruslanbek Kuroltayevich Davletov
 Ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalar boʻyicha prezident maslahatchisi
 
Mansab davri
2022-yil 15-noyabr[1]
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan[2]
 Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri
 
Mansab davri
2017-yil 14-sentyabr – 2022-yil 15-noyabr
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Muzrob Ikromov
Vorisi Akbar Toshqulov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 5-dekabr 1980-yil (1980-12-05) (43 yosh)
Xorazm, Oʻzbekiston SSR
Mukofotlari
Unvoni 3-darajali davlat adliya maslahatchisi

Ruslanbek Davletov Kuroltayevich (1980-yil 1-iyunda tugʻilgan) — Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining Ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalar boʻyicha maslahatchisi[1][2]. Oʻzbekiston Respublikasining sobiq Adliya vaziri (2017—2022).

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1980-yil 1-iyunda Xorazm viloyati Shovot tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti — oliy, huquqshunos, iqtisodchi. Millati oʻzbek.

2001-yil Buyuk Britaniyaning Varvik universiteti, 2003-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (magistratura), 2007-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va 2010-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehnat faoliyatini 2001-yilda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasida yetakchi mutaxassis sifatida boshlagan. Keyinroq mazkur qoʻmitada bosh mutaxassis, boʻlim boshligʻi vazifasini bajaruvchi boʻlib ishlagan. 2004−2012-yillarda Vazirlar Mahkamasi Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi bosh mutaxassisi, 2012−2014-yillarda Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish, sud tizimi mustaqilligini taʼminlash tadqiqot markazi direktori oʻrinbosari va direktor v.b, 2014−2016-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi tuzilmalari bilan faoliyatni muvofiqlashtirish shu’basining mudiri lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. 2016-yil sentyabridan 2017-yil yanvarigacha Adliya vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-yanvardagi Farmoni bilan Davletov Ruslanbek Quroltaevich O’zbekiston Respublikasi Prezidentining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo’yicha Davlat maslahatchisining birinchi o’rinbosari lavozimiga tayinlandi[3].
2017-yil 14-sentyabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri[4].
2018-yil 2-iyundan Oʻzbekiston Basketbol Federatsiyasi prezidenti vazifasini ham bajarib kelmoqda[5]. 2022-yil 15-noyabrdan Ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalar boʻyicha prezident maslahatchisi etib tayinlandi va shu munosabat bilan adliya vaziri lavozimidan ozod etildi[1][2].

Xorijiy safarlar va delegatsiyalar bilan uchrashuvlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ruslanbek Davletov xorijiy mamlakatlar delegatsiyalari bilan bir qancha uchrashuvlar va muzokaralar oʻtkazgan.
2017-yil oktyabr oyida Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi elchisi Kristofer Allan bilan uchrashuv oʻtkazgan[6]. Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Respublikasi va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi huquqiy sohadagi hamkorlikning turli jihatlari muhokama qilingan.
2017-yil noyabr oyida Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Oʻzbekistondagi Isroil Davlati elchisi Eduard Shapira bilan uchrashuv oʻtkazgan[7]. Uchrashuv davomida tomonlar turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning quyidagi jihatlarini muhokama etdilar: respublika turistik tarmogʻini takomillashtirish maqsadida Isroildan ekspertlarni jalb qilish; isroillik sayyohlar uchun viza tartibini yengillashtirish va tranzit turlarni tashkil etish; Isroil OAVda Oʻzbekiston turistik salohiyatini keng targʻib etish va reklama qilish; “Ipak yoʻli” hududiy turlarni tashkil etish; sayyohlarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan vaqtida qulay sharoitlar yaratish; Samarqand va Buxoro shaharlarida joylashgan tarixiy yahudiy sinagogalar boʻylab turlar tashkil etish kabi masalalar muhokama qilingan.
2018-yil 25-iyul kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya tarkibida Vashingtondagi Milliy press-klubda “Oʻzbekistonda diniy erkinliklarning yangi davri” mavzusida maxsus brifingda ishtirok etgan[8].
2018-yil 24-avgust kuni Qirgʻizistonning Choʻpon-ota shahrida boʻlib oʻtgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar adliya vazirlarining 6-majlisida ishtirok etgan[9]. Majlisda R.Davletov mamlakatimizda 2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan va qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash hamda fuqarolar huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarga bagʻishlangan maʼruza bilan chiqish qilgan.