Kontent qismiga oʻtish

Mamlakat Vosiqova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mamlakat Vosiqova
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri
Mansab davri
1970-yildan – 1984-yilgacha
Oʻtmishdoshi lavozim ta'sis etilgan
Vorisi Noʻmon Boʻrixoʻjayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 25-dekabr 1924-yil
Toshkent
Vafoti 12-yanvar 1997-yil(1997-01-12)
(72 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari

Vosiqova Mamlakat Sobirovna (1924. 25. 12 - Toshkent - 1997.12.1) -huquqshunos olima, jamoat arbobi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1994), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist (1974). Yuridik fanlari doktori (1978), professor (1986). Toshkent yuridik institutini tugatgan (1946). Oʻzbekiston Adliya vazirining oʻrinbosari (1952—57), Oʻzbekistan Oliy Sudi raisining oʻrinbosari (1957—60). Oʻzbekiston Oliy Kengashi Prezidiumida yuridik boʻlim mudiri (1960—64), Oʻzbekiston Vazirlar Kengashi huzuridagi yuridik komissiya raisi (1964—70). Oʻzbekiston Adliya vaziri (1970—84). 1984-yildan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida huquq asoslari kafedrasi mudiri. Uning bevosita ishtiroki va rahbarligida koʻp jildli qonunlar toʻplami va qonunlar majmuasi (1984) hamda oʻzbek tilida fuqarolik, jinoyat, jinoyat-protsessual, nikoh va oila kodekslariga sharxlar tayyorlanib nashr etilgan. "Shuxrat" medali bilan taqdirlangan (1994).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil