Abdusamad Polvonzoda
Abdusamad Abduhamidovich Polvonzoda | |
---|---|
Полвонзода Абдусамат Абдуҳамидович | |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri | |
Mansab davri 2000-yildan – 2005-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Oʻtkir Sultonov Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Sirojiddin Mirsafoyev |
Vorisi | Boʻritosh Mustafoyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
17-yanvar 1949-yil Surxondaryo, Oʻzbekiston SSR |
Mukofotlari | [1] |
Unvoni | 3-darajali davlat adliya maslahatchisi |
Abdusamad Abduhamidovich Polvonzoda (17.1.1949, Surxondaryo, OʻzSSR) — oʻzbek huqushunosi va davlat arbobi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1949-yil 17-yanvarda Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida tugʻilgan.
1975—1990-yillarda prokuratura tizimida ishlagan.
1990—2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari va Oliy sud raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida faoliyat koʻrsatgan[2].
„Paxta ishi“ tufayli jinoiy jazoga hukm qilinganlar ishini qayta koʻrib chiqish boʻyicha hukumat komissiyasi raisining oʻrinbosari boʻlgan[3].
Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish masalalari boʻyicha Oliy Majlis komissiyasi aʼzosi boʻlgan[4].
2000-yildan 2005-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri lavozimida ishlagan.
2005-yil 6-fevral kuni Oʻzbekistondan qochib ketgani aytilgan. Kanadada yashayotgan oʻzbek jurnalisti Ismat Xushev fikricha, "Polvonzoda siyosiy rahbariyat tomonidan qandaydir jazodan qutulish uchun ketgan yoki uning qochishini Islom Karimovning oʻzi uyushtirgan, yaʼni goʻyoki Karimov jinoyatlarini fosh qilib keyinchalik uning oʻziga „qarshi muxolifatchi“ qilib koʻrsatilishi mumkin" deyilgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ўзбекистон Республикаси Олий судининг алоҳида ўрнак кўрсатган ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.
- ↑ „Adliya vazirligiga 30 yil: Malikovdan Davletovgacha“.
- ↑ „“Пахта иши” қандай вужудга келган эди?“.
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to‘qqizinchi sessiyasidagi ma’ruzasi yuzasidan“.
- ↑ „Узбекистан: Бывший министр юстиции А.Палванзаде сбежал из страны“.