Mohim begim
Mohim Begim | |
---|---|
Podishoh xonim | |
Mansab davri 1526-yil 21-aprel – 1534-yil 16-aprel | |
Vorisi | Beka begim |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
XV asr oxiri Temuriylar imperiyasi |
Vafoti |
1534-yil 16-aprel Dehli, Boburiylar imperiyasi |
Turmush oʻrtogʻi | Zahiriddin Muhammad Bobur |
Bolalari |
Barbul Mehr Jahon Aysan Davlat Foruq |
Dini | Islom |
Dafn etilgan joyi | Agra, Boburiylar imperiyasi |
Unvoni | Podishoh xonim |
Mohimbegim yoki Maximbegim[1](1534-yil 16-aprelda vafot etgan) — 1526-yil 20-apreldan 1530-yil 26-dekabrgacha Boburiylar imperiyasining asoschisi, birinchi hukmdori Boburning uchinchi xotini va saroyning bosh xonimi.
U boburiylar saroyining birinchi xonimi boʻlishning rasmiy maqomi boʻlgan Podshoh Begim hukmdorlik unvonining ilk egasi boʻlgan. Mohimbegim „Humoyunnoma“da asrab olingan qizi Gulbadanbegim tomonidan ham tez- tez tilga olinadi, Gulbadanbegim uni „xonim“ va „onam“ deb ataydi.
U Boburning toʻngʻich oʻgʻli va taxt merosxoʻri Humoyunning onasi edi.
Oila va nasl
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zamonaviy maʼlumotlar Mohimbegimning ota-onasi haqida aniq maʼlumot bermaydi. Boburning tarjimai holi boʻlmish „ Boburnoma“da ularning toʻyi haqida juda kam eslatilgan. Deyarli Mohim oilasi haqida hech narsa aytilmagan[2]. Biroq, maʼlumot oʻrnida Xoja Muhammad Ali (Gulbadan „amakisi“ deb atagan) Mohimning ukasi ekanligini koʻrsatadigan dalillar mavjud. Uning nomi Xost shahri bilan bogʻliqlikda bir necha bor „Boburnoma“da uchraydi, yaʼni Xost hukumatida ishlagan, Xostdan buyurtmalar uchun kelgan va hokazo. Mohimning farzandlaridan biri shu shaharda tugʻilgan va keyinchalik Humoyun Xostdagi ona tomonidan bobosi va buvisinikiga tashrif buyurgani qayd etilgan. Tarixchi Annet Beverij bu oilani „sokin, urushsiz xojalar“ deb ataydi. Bobur qoʻlyozmalarida Abdulmalik Xostiyga ham ishora qiladi, u ham Mohimning qarindoshi boʻlishi mumkin, ammo bu aniq emas[3].
Uning nabirasi Akbarning vaziri Abul-Fazl ibn Muborakning taʼkidlashicha, Mohim xurosonlik zodagonlar oilasidan boʻlib, XI asr soʻfiy tasavvufchisi Shayx Ahmad Jomiy avlodlaridan boʻlgan[4]. Shuningdek, u Hirotning temuriy hukmdori Sulton Husayn Boyqaroning qarindoshi boʻlganligini ham qayd etadi. Aniq maʼlumot keltirilmagan boʻlsa-da, Abul Fazl (nisbat-i-xvesh) qoʻllagan ibora uning otasi tarafidagi qon qarindoshligini anglatishi mumkin[5]. Binobarin, Boburning Sulton Husayn vafotidan koʻp oʻtmay Mohim bilan turmush qurishi unga shohona munosabatlarini mustahkamlab taʼziya bildirgan holatini ham anglatgan boʻlishi mumkin[6].
Temuriylar oʻrtasidagi munosabatlarni davom ettirishga ham ishoralar mavjud. Mohim begimning asrandi qizi Gulbadan Kobulda Boburning amakisi Ulugʻbek II tomonidan qurilgan Yangi bogʻ egalari bilan qarindosh boʻlganini aytadi[7]. Bundan tashqari, baʼzi mulohazalar Gulbadanning onasi Dildor ogʻacha begim ham Mohimning qarindoshi boʻlganini koʻrsatadi[8]. Dildorning oʻzi Boburning boshqa amakilari Sulton Mahmud Mirzoning qizi boʻlgan deb taxmin qilinadi[9].
Nikoh
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bobur 1506-yilda Sulton Husayn Mirzo vafotidan soʻng Xuroson poytaxti Hirotga taʼziya tufayli ziyoratga borganda Mohimbegim bilan turmush quradi. U Boburning siyosiy ishlarida, shuningdek, podshoh xonadoni bilan aloqalarda faol ishtirok etgan. U oʻta aqlli va chiroyli koʻrinishga ega edi. Begim eriga hamroh boʻlib, Badaxshon va Movarounnahrga borib, uning yonida turdi. U podsho xonadonining bosh xonimi edi. Er-xotinning birinchi farzandi Humoyun dunyoga kelganidan soʻng taxt vorisi deb eʼlon qilinadi. Ularning yana toʻrt farzandi tugʻiladi va afsuski, hammasi goʻdakligida vafot etgan. Ular Barbul, Mehr Jahon, Aysan Davlat va Foruq edilar.
Boburning bosh turmush oʻrtogʻi sifatida u haramidagi boshqa ayollar ustidan belgilangan huquqlarga ega edi. Uning oʻzi Dildor begʻimning ikki farzandi — 1519 va 1525-yillarda tugʻilgan Hindal Mirzo va Gulbadan begimlarni oʻziga farzand qilib olib tarbiyalagan. Garchi oʻzi besh farzand koʻrgan boʻlsa-da, saroy qonun-qoidalariga muvofiq boshqa farzandlarni ham tarbiyalash huquqiga ega edi. Fidoyi ona boʻlgan Mohim boʻsh vaqtini shahzoda Humoyunga oʻzi uchun qadrli boʻlgan odatlarni oʻrgatish uchun sarflagan. U zotga ajdodlari Shayx Ahmad Jom va oʻz davrining boshqa taniqli aziz shaxslari bilan bogʻliq voqealarni aytib berardi.
1528-yilda Mohim begim Kobuldan Hindistonga boradi. Aligarxga yetib borgach, Bobur unga uch otliq bilan ikki ot joʻnatadi. Boburning oʻzi uni kutib olish uchun Aligarxgacha borish niyatida otning egarlanishini kutmay, piyoda yoʻlga chiqqan. Mohim Bobur bilan yoʻlda uchrashadi. Toʻqqiz askar, ikkita ot va podsho joʻnatgan qoʻshimcha ikkita xizmatkor va Kobuldan olib kelingan bir foytun va Mohim Begimning yuzga yaqin xizmatkorlari yaxshi otlarga minib yoʻlda davom etishgan. Mohimbegim Agrada uch oy turgach, Bobur bilan Dholpurga joʻnadi.
Mohimbegim katta malika sifatida Boburiylar imperiyasi taxtida Boburning yonida oʻtirish sharafiga muyassar boʻlgan yagona malika edi. U qudratli, xushsur’at va koʻrkam ayol edi. Bobur uni saltanat ishlaridan uzoq saqlamagan. Shunisi eʼtiborga loyiqki, Bobur oʻzining sevimli rafiqasi Mohimbegim bilan chiqargan har bir farmonini maslahat qilardi. Humoyun kasal paytida Bobur uning atrofida aylanib, duo qiladi. Shuningdek, u Humoyunni sevgan rafiqasi Mohimning oʻgʻli boʻlgani uchun sevishini aytgan: „Boshqa oʻgʻillarim boʻlsa-da, men hech kimni sizning Humoyuningizni yaxshi koʻrgandek sevmayman. Men bu mehribon farzandning koʻnglida boʻlishini va uzoq umr koʻrishini istayman va men saltanatni boshqalar uchun emas, balki unga tilayman, chunki uning tengi yoʻq“ degan edi.
Podshoh xonim sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Humoyun sogʻayib ketgach, Bobur kasal boʻlib vafot etadi. Humoyun yigirma uch yoshida taxtga oʻtirdi. Mohimbegim kuniga ikki marta Bobur haqiga sadaqa tarqatardi. Ertalab bir hoʻkiz, ikki qoʻy va besh echki, asr namozi vaqtida esa beshta echki tarqatildi. U buni ikki yarim yil davomida oʻz mulkidan bergan. Bobur betoblik chogʻida Mohimbegimga Gulruh begim va Gulchehra begimning nikohini oʻtkazish vazifasini qoʻydi. Mohim begim oʻzining makr-hiylasi bilan, Humoyunni Badaxshondan qaytardi. U Humoyun hokimiyatini muvaffaqiyatli targʻib qilishda muhim rol oʻynagan. U Podshoh Begim boʻlishni davom ettirdi va oʻlimiga qadar podsholik haramining ijtimoiy funksiyalarini bajargan va erining qabrini obod qilish ishlarida qatnashdi.
Humoyun Chunardan qaytgandan keyin Mohimbegim katta ziyofat beradi. Bozor atrofidagi maydonni yoritganlar. Kelgan mehmonlar oʻz tabaqalariga qarab joylashadi. Askarlarga oʻz joylarini bezashni va yashash joylarini chiroyli qilishni buyurilgan. Ajoyib ziyofat boʻlib oʻtadi. U 7000 kishiga maxsus liboslar topshirdi. Bayram bir necha kun davom etdi.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1534-yilning aprel oyida Mohimbegim ichak buzilishidan aziyat chekdi. Oʻsha oyning 16-kuni u vafot etdi. Mohim vafotidan keyin Boburning singlisi Xonzodabegim imperiyaning birinchi xonimi boʻldi.
Uning qayerda dafn etilgani va oʻsha paytda hukmronlik qilayotgan oʻgʻli Humoyun qaysi joyni qabri qilib tanlagani nomaʼlum. U Bobur qabri yoniga dafn etilganga oʻxshaydi. Biroq, uning jasadi hech qachon Kobulga koʻchirilmagani aniq.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mohim Begim 2021-yil 27-avgustda chiqarilgan Hotstar Internet seriyasida Sahxer Bambba tomonidan ijro etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Mukhia 2004.
- ↑ Babur. The Babur-nama In English (Memoirs of Babur). London: Luzac & Co., 1922 — 714-bet.
- ↑ Gulbadan Begum. The History of Humayun (Humayun-nama). London: Royal Asiatic Society, 1902 — 257-bet.
- ↑ Ray, Sukumar. Humāyūn in Persia. Calcutta: Royal Asiatic Society of Bengal, 1948 — 18-bet.
- ↑ Gulbadan Begum (1902, s. 257)
- ↑ Wade, Bonnie C.. Imaging Sound: An Ethnomusicological Study of Music, Art, and Culture in Mughal India. Chicago: University of Chicago Press, 1998 — 54–55-bet. ISBN 978-0-226-86841-7.
- ↑ Gulbadan Begum (1902, s. 257)
- ↑ Beveridge, Annette. Life and writings of Gulba dan Begam (Lady Rosebody), Calcutta Review. Calcutta: University of Calcutta, 1898 — 347-bet.
- ↑ Babur (1922, s. 712)
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
|
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Humoyun noma, 4-bob: Janglar boshlanib, Fathpur Sikrida Raʼno Sanga bilan jang va Boburning gʻalabasi, Maham Begʻam va Gul-badanning Agraga koʻchishi.
- Humoyun noma, 5-bob: Humoyunning kasalligi, Boburning vafoti, Humoyun imperator boʻlishi
- Humoyun noma, 6-bob: Maham begʻamning ziyofati va oʻlimi, Tasavvuf bayrami va Mirzo Hindalning toʻylari, Begʻa begʻamning Humoyunga shikoyatlari.