Kontent qismiga oʻtish

Abulfazl Allomiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abulfazl Allomiy (toʻliq ismi: Shayx Abulfazl ibn Shayx Muborak) (1551 – 1603 – yillar) – davlat arbobi, tarixchi va adib. Akbarning vaziri, bosh munshiysi va eng yaqin doʻsti. Uning „Akbarnoma“, „Oyini Akbariy“ („Akbarshoh qonunlari“) kabi yirik tarixiy asarlari Akbarga bagʻishlangan. „Mukotaboti Allomiy“ (boshqa nomi „Inshoyi Abulfazl“) asarida Akbarning 12 viloyat hokimlari, Buxoro xonligi, Eron shohlari va Turkiya sultonlari bilan yozishmalari jam kilingan. Bu maktublar boburiylarning qoʻshni Sharq mamlakatlari bilan boʻlgan iqtisodiy va siyosiy munosabatlarini oʻrganishda qimmatli manba hisoblanadi. Abulfazl Allomiy tarjimon sifatida ham nom qoldirdi. U qadimiy hind faylasufi Pilpoyk asarlaridan ayrim parchalarni fors tiliga tarjima qilib, „Iyori donish“ („Bilim oʻlchovi“) nomi bilan bir kitobga jamladi. Abulfazl Allomiy 1603-yil Bundala qabilasining boshligʻi Singxa Devu tarafidan oʻldirilgan.[1]

  1. "Abulfazl Allomiy" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil