Mississippi
| |||||
---|---|---|---|---|---|
Shtat | |||||
| |||||
Shtat laqabi: | |||||
Mamlakat | AQSh | ||||
Poytaxt | Jackson | ||||
Eng yirik shaharlar | Jackson Gulfport Biloxi | ||||
Maydon • Butun |
AQSh: 32-oʻrinda 125,434 km² | ||||
Aholi • Butun (2021) |
AQSh: 31-oʻrinda 2,921,088 | ||||
YIM |
AQSh: 35-oʻrinda $76,166 million | ||||
Ittifoqqa kirish • Sana |
20-boʻlib 10 dekabr 1817 | ||||
Vaqt | UTC-6 (CST) | ||||
Qisqartma | MO [29] | ||||
Shtat guli | Magnolia | ||||
Shtat daraxti | Magnolia (Magnolia) |
Mississippi — AQShning janubiy qismidagi shtat. Maydoni 123,5 ming km². Axoliyey 2,8 mln. kishi (2002). Aholining 47 % shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi va eng yirik shahri — Jackson. Yer yuzasining katta qismi pasttekislik, shtatning gʻarbiy chegarasi boʻylab oʻtgan Mississippi daryosining soʻl irmoklari bilan kesilgan. Iklimi subtropik sernam iqlim. yanvarning oʻrtacha temperaturasi 8°, iyulniki 27°. Shimolda keng bargli, janubda igna bargli oʻrmonlar, Meksika qoʻltigʻi sohilida botqoq sarvi oʻsadi.
Mississippi — agrar shtat. Asosiy ekini — paxta. Paxta hosili yetishtirishda mamlakatda Texas shtatidan keyin 2-oʻrinda. Soya, makkajoʻxori, sholi, bugʻdoy, shakarqamish ekiladi. Qoramol, choʻchqa boqiladi. Parrandachilik bilan shugʻullaniladi.
Neft, tabiiy gaz qazib chiqariladi. Asosiy sanoat tarmoqlari: neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, sellyulozaqogʻoz, kimyo, toʻqimachilik, tikuvchilik va kemasozlik. Mississippi daryosida sohilida Galfport porti bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |