Kontent qismiga oʻtish

Malavi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Malawidan yoʻnaltirildi)
Malavi Respublikasi
ShiorUnity and Freedom
Madhiya: Mlungu dalitsani Malawi
(Oh God Bless Our Land Of Malawi)
Location of Malavi
Poytaxt Lilongve
Rasmiy til(lar) Ingliz tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Peter Mutharika
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan)
• Sana
6-iyul 1964
Maydon
• Butun
118,480 km2 (100-oʻrin)
• Suv (%)
20.6
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
12,158,924 (68-oʻrin)
• Zichlik 102/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$7,645 mil. (146-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$629
Pul birligi Kwacha (MWK)
Vaqt mintaqasi UTC+2
• Yoz (DST)
UTC+2
Qisqartma MI
Telefon prefiksi 265
Internet domeni .mw

Malavi (Malawi), Malavi Respublikasi (Republic of Malawi) — Sharqiy Afrikadagi davlat. Maydoni 118,5 ming km². Aholisi 17,6 mln. kishi (2018). Poytaxti — Lilongve shahri Maʼmuriy jihatdan 3 viloyat (region)ga boʻlinadi.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Malavi — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1995-yil 17-mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1994-yildan Bakili Muluzi), u umumiy ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi, faqat bir marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy majlis, ijroiya hokimiyatni esa prezident bilan hukumat amalga oshiradi.

Malavi hududining koʻp qismini 3 ming m gacha balandlikdagi yassitogʻlik egallaydi. Mulanje massivi deb atalgan yassitogʻlik chuqur botiqlik sari tik tushib boradi, uning tubida Nyasa koʻli joylashgan. Toshkoʻmir, boksit, apatit konlari bor. Niobiy rudasi, berilliy, oltin, grafit, asbest, qalay, titan, stronsiy, muskovitli mayda konlar maʼlum. Iqlimi — ekvatorial, mussonli: yozi seryogʻin (noyabrdan aprelgacha), qishi quruq. Eng iliq oyi (noyabr)ning oʻrtacha temperaturasi balandliklarda 20—30°, past joylarda 27° gacha, eng salqin oyi (iyul)ning temperaturasi 14— 19°. Oʻrtacha yillik yogʻin 750–1500 mm. Nyasa koʻlidan oqib chiqadigan Shire (Zambezi irmogʻi) daryosi dare va koʻl tarmoqlarining asosini tashkil qiladi. Janubi-sharqda kattagina Shirva shoʻr koʻli joylashgan. Shimolidagi toqqa xos qizil tuproqlarda mavsumli nam tropik oʻrmonlar, qolgan joylarda, jigarrangqizil lateritli tuproklarda kserofit tropik oʻrmonlar, baobab aralash akatsiya savannalari, palma aralash park savannalari usadi. Dare vodiylarida silsilali oʻrmonlar mavjud. Fil, buyvol, karkidon, har xil kiyiklar, zebra,jirafa, arslon, qoplon, gepard, chi-yaboʻri, sirtlon kabilar yashaydi. Hayvonot dunyosini koʻriqlash maqsadida Nika, Livande, Lengve, Kasungu milliy bogʻlari tashkil etilgan.

Aholisi, asosan, bantu xalqlarining sharqiy guruhiga mansub. Markaziy rayonlarda malavi, janubida makua, lomve, vayao, suaxili va boshqa xalqlar yashaydi. Aholining yarmiga yaqini mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi, 40% xristian va 10% musulmon. Chiche-va (malavi) va ingliz tillari — rasmiy. Aholining 9% shaharlarda istiqomat qiladi. Yirik shaharlari: Blaktayrlimbe, Zomba, Lilongve.

Malavida qadimdan bantu tili guruhiga mansub qabilalar yashaydi. 15-asr oxirlarida Nyasa kuli atrofida Malavi kabila uyushmalari yuzaga kelgan. 19-asrning 2-choragida Malavi xududiga janubidan ngoni, janubi-sharqdan va Mozambikdan vayao qabilalari kelib joylashgan. 19-asrning 60-yillaridan yevro-paliklar kela boshladi. 1891-yilda Malavi Angliyaning Nyasalend protektorati deb eʼlon qilindi. Mamlakat Angliyaning boshqa mustamlakalariga ishchi yetkazib beradigan makonga aylantirildi. 1915-yil mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarildi. Garchi u bostirilsada, milliy ozodlik harakati davom etdi. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi yillari va urushdan keyingi davrda milliy harakat kuchaydi.

1944-yil Malavida dastlabki siyosiy tashkilot — Nyasalend Afrika kongressi (NAK) tuzildi. U tub aholining ijtimoiy huquklarini kengaytirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi. 50-yillar boshlarida NAK Markaziy Afrika mamlakatlaridagi milliy ozodlik kurashini boshqardi. Rodeziya va Nyasalend federatsiyasi tuzilgach (1953), bu federatsiyani tarqatish va Nyasalendga mustaqillik berishni talab qildi. Milliy ozodlik harakati 1959-yil qoʻzgʻolonga aylandi. Mustamlaka hokimiyati qoʻzgʻolonni shafqatsizlik bilan bostirdi, rahbarlarini konslagerlarga joʻnatdi. Lekin milliy ozodlik harakatini tuxtata olmadi. 1959-yil NAK oʻrniga Malavi kongressi partiyasi tuzildi. 1961-yil mustamlakachilar yon berishga majbur boʻldi. Malavida konstitutsiya joriy qilinib, barcha nyasalendliklarga saylov huquqi berildi. 1961-yil saylovda qonun chiqaruvchi kengashdagi koʻpchilik oʻrinni Malavi kongressi partiyasi oldi. 1963-yil Rodeziya va Nyasalend federatsiyasi tarqatib yuborildi. 1964-yil 6-iyuldan Nyasalend Malavi nomi bilan mustaqil davlat boʻldi. 1966-yiliyudsa Malavi Respublikasi eʼlon qilindi. 1971-yildan 1994-yilgacha Malavidagi birdan bir siyosiy partiya — Malavi kongressi partiyasining raisi Xastings Kamuzu Banda Malavi prezidenti buldi. 1994-yil 17-mayda mamlakat tarixida birinchi marta kup partiyali asosda prezident va parlament saylovi oʻtkazildi. Birlashgan demokratik front partiyasining raisi Bakili Muluzi prezident lavozimiga saylandi. Malavi — 1964-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 6-iyul — Mustakillik kuni (1964).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Malavi kongressi partiyasi, 1959-yilda tuzilgan; Birlashgan demokratik front partiyasi, 1993-yilda tashkil etilgan; Demokratiya uchun alyans siyosiy uyushmasi, 1992-yilda asos solingan. Malavi kasaba uyushmalari kongressi, 1964-yil tashkil etilgan.

Malavi — iqtisodiy jihatdan qoloq agrar mamlakat. Yalpi ichki maqsulotda q.h.ning ulushi 28%, sanoatning ulushi 14,5%. Iqtisodiyotning negizi — qishloq xoʻjaligi Jami qishloq xoʻjaligi mahsulotining 85%ni mayda dehqon xoʻjaliklari yetishtiradi. Choy, tamaki, yer yongʻoq, shakarqamish, paxta, tung, kauchuk, ichki ehtiyoj uchun makkajoʻxori, oq joʻxori, tariq, sholi, maniok, kartoshka ekiladi. Chorvachiligi suyet rivojlangan. Qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa boqiladi. Koʻl va daryolarda baliq ovlanadi.

Sanoat, asosan, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash korxonalaridan iborat. Sement, qand zavodlari, tamaki, toʻqimachilik, paxta tozalash, tikuv fabrikalari, hunarmandchilik ustaxonalari bor. Oʻrmon xoʻjaligida qurilishbop yogʻoch tayyorlanadi. Yiliga 414 mln. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Transporti unchalik rivojlanmagan. Transport yoʻli uz. — 789 km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 11,4 ming km, shundan 2,8 ming km asfaltlangan. Lilongve va Chilena shaharlarida xalqaro aeroportlar bor. Malavi chetga tamaki, choy, qand-shakar, qimmatbaho yogʻoch, yer yongʻoq, jun, teri, tung moyi, paxta sotadi, chetdan oziq-ovqat, qora va rangli metall, neft mahsulotlari, gazlama sotib oladi. Tashki savdodagi asosiy mijozlari: Buyuk Britaniya, JAR, Yaponiya, Germaniya, Zimbabve, AQSH. Pul birligi — kvacha.

Tibbiy xizmat tuzilmasida davlat sogʻliqni saqlash muassasalari bilan bir qatorda xususiy shifoxona va kasalxonalar ham bor. Mamlakatda 200 vrach ishlaydi. Shifokorlar chet ellarda tayyorlanadi.

Maorifi, ilmiy va madaiiymaʼrifiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

19-asr oxirlarida xristian daʼvatkorlari mamlakatda da-stlabki maktablarni ochishgan. Mustaqillik eʼlon qilingan paytda (1964) katta yoshdagi aholining 90% savodsiz boʻlgan. 1990-yillarga kelib savodsizlik darajasi 61%. Boshlangʻich taʼlim 8 yillik, oʻrta taʼlim 4 yillik. Quyi kasb-hunar taʼlimi boshlangʻich maktab negizida 1 yil davomida hunarmandchilik maktablarida, oʻrta kasb-hunar taʼlimi esa oʻrta maktab negizida 3 yil davomida texnika instituti va bilim yurtlarida amalga oshiriladi. Boshlangʻich maktab uchun oʻqituvchilar pedagogika bilim yurtlarida, oʻrta maktab uchun oʻqituvchilar esa universitet va Blantayrlimbedagi pedagogika kollejida tayyorlanadi. Zom-bedagi universitetning turli shaharlarda fakultet va kollejlari bor. Mazkur universitetning kutubxonasi, Lilongveda M. milliy kutubxona mahkamasi, Zombeda Milliy arxiv va uning kutubxonasi, Lilongveda Britaniya Kengashining kutubxonasi, Blantayrlimbeda Malavi muzeyi, Zombeda Malavi geol. mahkamasi, Malavi ilmiytarixiy jamiyati, Blantayrlimbeda Malavi tibbiyot uyushmasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida bir qancha ilmiy tadqiqot institutlari va ularning turli sohalardagi tadqiqot hamda tajriba stansiyalari mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Malavida nashr etiladigan yirik gazeta va jurnallar: "Malavi gavernment gazett" ("Malavi hukumat gazetasi", ingliz tilidagi haftalik gazeta, 1894-yildan), "Deyli Tayme" ("Har kungi vaqt", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1895-yildan), "Afriken" ("Afrikalik", ingliz va chicheva tilida 2 haftada bir marta chiqadigan gazeta, 1950-yildan), "Malavi nyus" ("Malavi yangiliklari", ingliz va chicheva tillarida chiqadigan yakshanbalik gazeta, 1959-yildan), "Zis iz Malavi" ("Bu—Malavi", ingliz va chicheva tillarida chiqadigan oylikjur., 1964-yildan). Malavi ax-borot agentligi (MANA) Axborot departamenta nazoratida, 1966-yil asos solingan. Malavi radioeshittirish korporatsiyasi, yarim tijorat mahkamasi, 1964-yilda tuzilgan.

Adabiyoti ingliz tilida rivojlana boshlagan. Malavi mualliflarining dastlabki asarlari 1930-yillarda bosilib chiqdi va maʼrifiy tusda boʻldi. Ularda mamlakatda yashovchi xalqlarning tari-xi haqidagi maʼlumotlar, afrikalik yoʻlboshchilarning tarjimai hollari tavsifi, tartibqoida majmualari, nasihatlar, tavsiyalar, amaliy maslahatlar bayon etilgan (S.Ntaraning "Afrika kishisi", "Acheva xalqi tarixi", E.V. Chafulumiraning "Bizning oila" asarlari). Shu toifadagi asarlar hozir ham nashr etilayotir, ammo 60-yillardan boshlab roman va qissa ustunlik qila boshladi. L.Kayiraning oʻz hayotidan yozgan asarlari orasida "Jingala" romani avlodlarning oʻzaro munosabati muammosiga, "Davlat mulozimlari" romani yosh ziyelilarning hayotdagi oʻrni masalasiga bagʻishlangan. Keyingi yillarda O.Kachingve, D.Rubadiri kabi adiblar muhim ijtimoiy voqealar silsilasida ayrim insonning takdirini haqqoniy tasvirlaydigan asarlar yaratishdi.

Meʼmorligi va tasviriy saiʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Malavi xalqlarining qad. madaniyati haqida koʻp narsa maʼlum emas. Oʻnlab km ga choʻzilgan koʻhna irrigatsiya inshootlarining qoldiqlarigina topilgan. Nyanja va cheva xalqlarining asosiy manzilgohlari toʻsiq bilan oʻralgan va imoratlar zich qurilgan qishloqdan iborat boʻlgan. Ngoni elatining kulbalari sirtiga taqasimon ogʻilxonalar qurilgan va toʻqima devorli uylar tarzida joylashtirilgan. Uy devorlari loy bilan suvaladi va kulohsimon tomiga xashak yoki qamish yopiladi. Keyinroq uylar toʻrtburchakli va derazali qilib kurila boshlagan, toʻqima eshiklar oʻrnatilgan. Ayrim uylarning devorlariga qizil va oq boʻyoklar bilan jonivorlar tasviri yoki naqshlar ishlangan. Devorlarni yomgʻir va quyosh nuridan saqlash uchun uy atrofiga peshayvonlar qurilgan. 20-asrning 2-yarmidagina shaharlarda zamonaviy binolar paydo boʻldi. Badiiy hunarmandchilikning kulolchilik va yogʻoch oʻymakorligi turlari yoyilgan. Sopol idishlar qizil rangga boʻyaladi, baʼzan grafit bilan jilo beriladi. Yogʻochdan turli buyumlar va idishlar yasaladi, ularga jonivor va qush tasviri tushirilib, qizil va qora rangga boʻyab qoʻyiladi.

20-asr oʻrtalarigacha Malavida anʼanaviy musiqa ustun boʻlgan. 50-yillarda radio va grammofon yozuvi tufayli amerikacha ommaviy musiqa va turli janubiy afrikacha uslublar tarqaldi. Kongodan gitara, Lotin Amerikasidan afrikalashtirilgan lumba uslubi kirib keldi. Musiqadagi tashqi taʼsir bilan ichki rivojlanish birga qoʻshilib, yangi musiqiy uslublar yuzaga keldi. Mamlakatning siyosiy hayoti va xalq turmushini aks ettiruvchi yangi qoʻshiq va raqslar yaratiddi. Malavi xalqlari orasida rubobni eslatuvchi bir torli mngoli gʻijjagi, zeze deb ataluvchi yassi sitra, shuningdek, puflab chalinadigan nkangala va gubo, chang kabi cholgʻu asboblari keng yoyilgan. Birinchi jahon urushidan keyin lipenga (uzunchoq qovokdan yasalgan surnay), mahalliy materialdan yasalgan harbiy doʻmbira paydo boʻddi. Xalq tabiblari bemorlarni davolashda musiqa va raqsdan foydalanishadi. Qizlarni uzatishda yor-yor aytish keng ommalashgan. Hozirgi paytda "kvela" uslubi, ayniqsa, keng urf boʻlgan. Unda mahalliy musiqiy anʼanalar yevropacha ommaviy musiqa bilan qorishib ketgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil