1595-1603-yillarda hukmronlik qilgan. Murod IIIning katta oʻgʻli. Taxtga chiqishi bilan 19 nafar aka-ukalarini qatl ettirgan. Bu qoʻrqoq sulton sulolasining boshqa vakillarini boshqaruvdan chetlatib, ularni maxsus „Qafas“ nomli joyda tutqunlikda saqlagan. U otasining siyosatini davom ettirib, Avstriya bilan kurash olib bordi. Avstriyaliklarning Dunaydagi gʻalabasi yanicharlarning gʻalayoniga sabab boʻldi. 1596-yilda sulton Krestesha jangida avstro-venger qoʻshinini tor-mor keltirdi. Sulton gʻalabadan foydalanmay Istanbulga qaytdi. Urush Usmoniylarni ham Avstriyani ham holdan toydirdi. Mehmed (Muhammad) III Istanbulga qaytgach, koʻp oʻtmay vafot etdi. Taxtga uning oʻgʻli Ahmad I chiqdi.