Usmonlilar sulolasiga mansub Turkiya sultoni (1362—1389). Sulton Oʻrxon Gʻoziyning oʻgʻli. Taxt tepasiga kelgan Murod I birodarlari Ibrohim va Xalillarni qatl etgach, Kichik Osiyoning sharqiy va janubiy xududlarini oʻz tasarrufiga kiritadi. Tez orada mamlakatning ilgari qoʻldan chiqqan gʻarbiy yerlarini qaytarib oladi. 1362-yil bolgarlarning Filippopol (Plovdiv) shahrini zabt etadi. Oradan 2 yil oʻtgach, bolgar shohi Shishman usmoniylar sultoniga xiroj toʻlovchiga aylanadi. Murod I 1370-yillarda poytaxtni Edirne (Adrianopol)ga koʻchiradi. Murod I 1376-yil Vizantiya tasarrufiga oʻtgan Gallipoli yarim orolini qaytarib oladi; 1370—1380-yillarda Bolkrndagi barcha yerlarni bosib oladi. 1389-yilning iyunida Murod I ulkan armiyasi bilan serb yerlariga kiradi. Kosovo maydonida knyaz Lazar boshlik, serb kuchlari bilan toʻqnashadi (1389-yil 15-iyun). M.I qaror-gohiga Lazar armiyasi haqida maʼlumot bermoqchi boʻlgan serb-krchoq Miloshni olib kelishadi, u tusatdan Murod I ning yuragiga xanjar sanchadi. Biroq, Murod I ning qoʻshini jangda gʻalaba qozonadi. Asirga olingan Lazar jon berayotgan Murod I koʻz oʻngida qatl qilinadi. Murod I ning toʻngʻich farzandi Boyazid I Yildirim sultonlik shohsupasiga oʻtiradi[4].