Kontent qismiga oʻtish

Abdulhamid II

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulhamid II
عبد الحميد ثانی, Abd ül-Hamîd-i sânî
Tavalludi 22-sentyabr 1842-yil
Vafoti 10-fevral 1918-yil(1918-02-10)
(75 yoshda)
Istanbul
Fuqaroligi Usmonli imperiyasi[1]
Otasi Abdulmajid I
Onasi Tirimüjgan Kadın
Mukofotlari Muqaddas Olaf ordeni katta xochi kavaleriXrizantema ordeni

Abdulhamid II (1842.21.9-1918. 10. 2) – Usmonlilar sulolasi sultoni (1876-1909). U 1876-yil dekabrda „Yangi Usmonlilar“ jamiyati bilan bogʻliq liberal guruhlar rahbari Midhat posho boshchiligida oʻtkazilgan saroy toʻntarishi natijasida taxtga chiqdi. Yangi konstitutsiya qabul qilindi. Turk sultonlari ichida adolatparvarligi, va xalq orasida qizil sulton bilan nom qozongan. Lekin, xalq orasidagi „qizil sulton“ degan nomi gʻarbning noxolis matbuoti tomonidan halifalik hududida tarqatilgan. Abdulhamid II dushmanlar hiylalariga qarshi kurashib keldi. U jar yoqasidagi Usmoniylar imperiyasini yana 30 yildan oshiqroq saqlanib qolishida katta xizmat qildi. Mamlakatda sotqinlar koʻpligi, jamiyatning gʻarbga havas qilishi, Sultonning odilona siyosati Gʻarb tomonidan buzib koʻrsatilishi Sultonga nisbatan notoʻgʻri tushunchani keltirib chiqardi. Abdulhamid II ichki va tashqi siyosatda ham ijobiiy yoʻl tutdi. U doimo xalq manfaatlari uchun ķurashdi. 1903-yilda Germaniya mashhur Bagʻdod temir yoʻlini qurish huquqini oldi. Yosh turklar deb atalmish guruh 1909-yil Abdulhamid II ga qarshi bosh koʻtarib, uni taxtdan tushirdilar. Abdulhamid II 1918-yilda vafot etgan[2]. Abdulhamidxon amalda soʻngi islom halifasi edi.

  1. (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil