Louky (Karviná)
Louky nad Olši (Polish: Laki nad Olza, nemischa: Lonkau ) — Chexiya Respublikasi Moraviya-Sileziya viloyatining, Karvina tumanida joylashgan munitsipalitet. Munitsipalitet nomi soʻzma-soʻz tarjima qilinganda „Olza ustidagi oʻtloqlar“ degan manoni bildiradi. Munitsipalitet 1975-yilda Karvina shahar tarkibiga kiritilgan boʻlib, Olza daryosining chap qirgʻogʻida, Cieszyn Sileziyaning tarixiy hududida joylashgan. Unda 2001-yil holatiga koʻra 453 kishi istiqomat qiladi[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Munitsipalitet birinchi boʻlib 1450-yildagi manbalarning birida Lanky nomi bilan tilga olingan[2]. Siyosiy jihatdan munitsipalitet oʻsha paytda Teschen gersogligiga tarkibiga kiritilgan boʻlib, 1526-yildan soʻng Habsburg monarxiyasining bir qismi boʻlgan Bohemiya Qirolligi tarkibiga kiritilgan.
Tarixiy jihatdan, qishloq gullab-yashnashi, rivojlanishi uchun Frysztat va Cieszyn shaharlari orasidagi baxtli mavqeiga qarzdor edi. Uning aholisi qishloq yaqinidagi hovuzlardan asosan baliqchilik bilan shugʻullangan.
Birinchi cherkov qachon qurilganligi haqida aniq maʼlumotlar mavjud emas, lekin 1654-yildagi eng qadimgi qoʻlyozmalarda cherkov yogʻochdan boʻlgani haqida yozilgan. Munitsipalitetni tez-tez suv bosganligi sababli Olza cherkovi vayron boʻladi va 1818-yilda yangi Avliyo Barbara cherkovi quriladi. Cherkov 1995-yilda ohirgi marotaba qayta tamirlangan.
Avstriya imperiyasida 1848-yilgi inqiloblardan soʻng qayta tiklanish natijasida Avstriya Sileziyasida zamonaviy munitsipal boʻlinma joriy etiladi. Qishloq munitsipalitet sifatida dastlab Teschen siyosiy okrugi va 1868-yilda Freyshtad siyosiy hamda yuridik okrugi aʼzosiga aylangan.
1880, 1890, 1900 va 1910-yillarda oʻtkazilgan aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, munitsipalitet aholisi 1880-yilda 917 kishidan 1910-yilda 1792 kishiga koʻpaygan. Polyak tilida soʻzlashuvchilar soni (97,2% dan 98,6% gacha), undan keyin nemis tilida soʻzlashuvchilar (1890-+yilda koʻpi bilan 28 yoki 2,5%) va chex tilida soʻzlashuvchilar (1910 yilda koʻpi bilan 17 yoki 1%) boʻlgan. Din nuqtai nazardan 1910-yilda koʻpchilik aholi Rim-katoliklari (1687 yoki 94,2%), protestantlar (68 yoki 3,8%), yahudiylar (10 yoki 0,5%) va boshqalar (27 yoki 1,5%) boʻlgan[3][4].
Birinchi jahon urushi, Avstriya-Vengriyaning qulashi, Polsha-Chexoslovakiya urushi va 1920-yildagi Cieszin Sileziyaning boʻlinishidan soʻng qishloq Chexoslovakiya tarkibiga kirgan. Myunxen kelishuvidan soʻng, 1938-yil oktyabr oyida Zaolzie mintaqasi bilan birga munitsipalitet Polsha davlati tomonidan qoʻshib olinadi, maʼmuriy jihatdan Silezya Voyvodaligi Frysztat okrugi tashkil etiladi[5]. Qishloq keyinchalik Ikkinchi jahon urushi boshida fashistlar Germaniyasi tomonidan bosib olinadi. Urushdan keyin munitsipalitet Chexoslovakiyaga qaytariladi.
Loukyda — ogʻir sanoat hisoblangan koʻmir qazib olish natijasida yetkazilgan vayronagarchilikning asosiy namunasidir. Qishloqning dastlabki markazi hozirgi aholi yashash joyining shimoliy qismida joylashgan. Kommunistik davrda konchilikning dastlabki ishlari qishloqga oʻzgarmas zarar yetkazadi. Konchilik rivojlanishi natijasida suvlar ifloslanib, ekinzorlar buziladi, butun hudud vayron boʻladi, yangi hovuzlar paydo boʻlishi natijasida suv hajmi koʻtariladi. Bularning barchasi dastlabki qishloqning vayron boʻlishiga sabab boʻlgan nasib. Qishloqdagi deyarli barcha uylar suvga koʻmiladi va qishloq vayron boʻladi. Bugungi kunda faqatgina Saint Barbara cherkovining bir qismi saqlanib qolgan.
Bugungi qishloq dastlabki qishloq joyidan janubda joylashgan boʻlib, ancha kichikroq. Qishloqga kichik temir yoʻl stantsiyasi xizmat koʻrsatgan. U yerda yangi katolik cherkovi barpo etilgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Historický lexikon obcí České republiky 1869 - 2005 - 1. díl“ 718–719. Czech Statistical Office (2006). 2021-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-may.
- ↑ Mrózek, Robert. Nazwy miejscowe dawnego Śląska Cieszyńskiego (pl). Katowice: Uniwersytet Śląski w Katowicach, 1984 — 110-bet.
- ↑ Piątkowski, Kazimierz. Stosunki narodowościowe w Księstwie Cieszyńskiem (pl). Cieszyn: Macierz Szkolna Księstwa Cieszyńskiego, 1918 — 273, 290-bet.
- ↑ Ludwig Patryn (ed): Die Ergebnisse der Volkszählung vom 31. Dezember 1910 in Schlesien Webarxiv andozasida xato:
|url=
qiymatini tekshiring. Boʻsh., Troppau 1912. - ↑ "Ustawa z dnia 27 października 1938 r. o podziale administracyjnym i tymczasowej organizacji administracji na obszarze Ziem Odzyskanych Śląska Cieszyńskiego" (pl). Dziennik Ustaw Śląskich (Katowice) nr 18/1938, poz. 35. 31 October 1938. http://www.sbc.org.pl/dlibra/plain-content?id=6949. Qaraldi: 1 July 2014.Louky (Karviná)]]
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Cicha, Irena. Olza od pramene po ujście. Český Těšín: Region Silesia, 2000. ISBN 80-238-6081-X.