Ekinzorlar fotosintetik potensiali
Ekinzorlar fotosintetik potensiali — vegetatsiya davri yoki uning bir qismi uchun oʻsimliklar fotosintez apparati — barglar sathining kundalik ish hajmi yigʻindisini ifodalaydigan koʻrsatkich. Ekinzorlar fotosintetik potensialip. ekinlarni afometeorologik baholashda va hosilni prognozlashda, obhavo — hosil matematik modellarini tekshirish va asoslashda qoʻllanadi. Ekinlar hosilining salmogʻi ikki omil — barglar sathining oʻlchami va ularning vegetatsiya davri mobaynidagi ish unumdorligi bilan aniqlanadi. Barglar fotosintetik faoliyatining oʻlchov birligi qilib 1 m2barg yuzasining 1 sutka davomidagi ishi qabul qilingan. Ekinzorlar fotosintetik potensialip. tushunchasi, birinchi marta 20-asrning 50-yillarida rus olimi A.A. Nichiporovich tomonidan taʼriflangan va oʻsimliklar fotosintetik faoliyatini baholashda asosiy omil sifatida qoʻllanadi. Barglar yuzasi orta borishi bilan umumiy va faol quyosh radiatsiyasining yutilishi koʻpayib boradi, radiatsiya oqimining maksimal yutshtishi barglar yuzasi eng kattalashgan davrga toʻgʻri keladi. Oʻsimlik suv bilan optimal taʼminlanganda (faol vegetatsiya davomida tuproq nami dala nam sigʻimmsht 65—70% dan past boʻlmaganda) oʻsimlik yutgan fotosintetik faol radiatsiya (FFR)ning maksimal qiymati ekinzorga keluvchi radiatsiyaning 80— 85% ni tashkil etadi. Optimal sharoitlarda Ekinzorlar fotosintetik potensialip. 1 ga gʻoʻza maydonida 3,3— 3,5 mln. m2ni tashkil etadi va 51,4— 53,5 s/ga paxta hosili olishni taʼminlaydi. Bunda FFR energiyasini oʻzlashtirish koeffitsiyenti 3,4% ga teng boʻladi. (yana qarang Fotosintez).
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Muminov F.A., Konovalova N.S, Ispolzovaniye FAR posevami xlopchatnika i yego produktivnost v Uzbekistane, Trudn SANII, vsh. 88(169), M., 1983.
Hamidulla Abdullayev.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |