Kontent qismiga oʻtish

Stonava

Koordinatalari: 49°49′1″N 18°31′30″E / 49.81694°N 18.52500°E / 49.81694; 18.52500
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Stonava
Munitsipalitet
Skyline of Stonava
Stonava
Bayroq
Stonava
Gerb
49°49′1″N 18°31′30″E / 49.81694°N 18.52500°E / 49.81694; 18.52500
Mamlakat Chexiya
Viloyat Moraviya-Sileziya
Tuman Karviná
Asos solingan 1388
Maydon 13.87 km2 (5.36 kv mi)
Markazi balandligi 259 m
Aholisi
 (2023-01-01)
1 772
Zichligi auto kishi/km2
Pochta indeks(lar)i 735 34
Stonava xaritada
Stonava
Stonava

Stonava (polyakcha Stonawa, nemischa: Steinau ) — Chexiya Respublikasining Moraviya-Sileziya viloyati Karvina tumanida joylashgan munisipalitet. Unda (01.01.2023) holatiga koʻra 1800 ga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Bu nom Stonavka daryosining eski topografik nomidan kelib chiqqan boʻlib, Stonavka soʻzining maʼnosi shovqinli daryo degan maʼnoni anglatadi. Munitsipalitetni 18-asrda Germanlar Steinau deb atashgan[1].

Stonava — Karvinadan taxminan 4 kilometr (2 mi) janubda va Ostravadan esa 14 kilometr (9 mi) sharqida, Ostrava shahar past tekisligidagi, Cieszyn Sileziyaning tarixiy hududida joylashgan. Munitsipalitet hududidan Stonavka daryosi oqib oʻtadi.

Stonava (Stoen) nomi 1388-yildagi manbalarning birida uchraydi. Manbalarda lord Xanke fon Stoen munitsipalitet va 1580-yilda qurilgan Stonavadagi qal’a egasi sifatida tilga olingan. Qal’a va munitsipalitetning eng koʻzga koʻringan egalari Larishlar oilasi boʻlib, dastlab 1590-yilda egalik qilishgan, soʻngra 1743-yildan 1945-yilgacha boʻlgan davrlarda ham munitsipalitetni boshqargan[2].

Siyosiy jihatdan munitsipal 1290-yilda Polshaning feodal boʻlinishi natijasida tashkil topgan. Munitsipalitet Teschen knyazligiga tegishli boʻlib, Sileziya Piast sulolasiningmahalliy boʻlimi tomonidan boshqarilgan. 1327-yilda gersoglik Bohemiya qirolligining tarkibiga kirgan, lekin 1526-yildan keyin u Gabsburg monarxiyasining bir qismiga aylanadi.

Munitsipalitetda yashovchi aholi uchun katolik cherkovi quriladi va 1447-yildan boshlab Peter Pens (toʻgʻridan-toʻgʻri katolik cherkovlarga qilingan xayr-ehsonlar yoki toʻlovlar) roʻyhatida Teschen davlatidagi 50 ta cherkovlar orasida munitsipalitet Stinavia nomi bilan qayd etilgan[3]. 1540-yillardan keyin Teschen gersogligida protestant islohoti hukmronlik qildi va mahalliy katolik cherkovi lyuteranlar tomonidan bosib olindi. Cherkov maxsus komissiya tomonidan qaytarib olinadi va 1654-yilda Rim-katolik cherkoviga oʻtqazilgan[4].

1870-yilda munitsipalitetda sanoat korxonalar rivojlanishi natijasida tosh koʻmir qazib olina boshlaydi. Koʻp odamlar togʻ-kon sanoati bilan kun kechirishadi. Korxonaga yangi kelayotgan ishchilar asosan togʻ etaklaridagi qishloqlar va Galisiyadan kelishgan[5].

Avstriya imperiyasi 1848-yilgi inqiloblardan soʻng qayta tiklanadi va Avstriya Sileziyasida zamonaviy munitsipal boʻlinma joriy etiladi. Qishloq munitsipalitet sifatida 1880-yilda Freyshtadtning siyosiy yuridik okrug aʼzosiga aylangan.

1880—1910-yillarda oʻtkazilgan aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, munitsipalitet aholisi 1880-yilda 2040 kishidan 1910-yilda 3952 kishiga koʻpaygan. Koʻpchilik aholi polsha tilida soʻzlashuvchilar boʻlib (1880-yilda 90,1% dan 1910-yilda 99% gacha oʻsgan), ular bilan birga chex tilida soʻzlashuvchilar soni (1880-yilda koʻpi bilan 158 yoki 7,8%, 0,1% dan 0,4% gacha tushib ketgan) va nemis tilida soʻzlashuvchilar (1880-yilda 43 ta yoki umumiy aholining 2,1% tashkil etgan). Din nuqtai nazaridan, 1910-yilda koʻpchilik aholi Rim-katoliklari (77,7%), protestantlar (21,1%), 3 ta yahudiy va boshqa dinga etiqod etuvchilar soni 42 kishi boʻlgan[6].

Birinchi jahon urushi, Polsha-Chexoslovakiya urushi va 1920-yildagi Siezin-Sileziyaning boʻlinishidan soʻng munitsipalitet Chexoslovakiya tarkibiga kirgan. Myunxen kelishuvidan soʻng, 1938-yil oktyabr oyida Trans-Olza mintaqasi bilan birga u Polsha tomonidan qoʻshib olinadi, lekin maʼmuriy jihatdan Sileziya voevodeligining Frishtat okrugida tashkil etilgan[7]. Keyinchalik munitsipalitet Ikkinchi Jahon urushi boshida fashistlar Germaniyasi tomonidan bosib olinadi. Urushdan soʻng munitsipalitet Chexoslovakiyaga tarkibiga qaytarilgan.

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Munitsipalitetda 2021-yil holatiga koʻra umumiy aholi 1721 kishini tashkil etgan[8].

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
18691 516—    
18802 040+34.6%
18902 339+14.7%
19003 135+34.0%
19103 952+26.1%
19213 831−3.1%
19304 819+25.8%
19504 500−6.6%
19614 511+0.2%
19704 036−10.5%
19802 516−37.7%
19911 714−31.9%
20011 809+5.5%
20111 728−4.5%
20211 721−0.4%

Diqqatga sazovor joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Munitsipalitetning eng diqqatga sazovor joyi — Avliyo Maryam Magdalalik cherkovidir. Cherkov haqida birinchi maʼlumotlar 1447-yilda hujjatlashtirilgan. Eski cherkov 1808-yilda yogʻochdan qurilgan boʻlib, keyinchalik esa 1906—1910-yillarda qurilish mahsuloti gʻishtga almashtirilgan[5].

Mashhur odamlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Avgustin Lukos (1884-1940), polshalik siyosatchi
  • Vladislav Santarius (1915-1989), polshalik lyuteran ruhoniysi
  • Bruno Matikevich (1959-yilda tugʻilgan), polshalik ogʻir atletikachi
  1. Mrózek, Robert. Nazwy miejscowe dawnego Śląska Cieszyńskiego (pl). Katowice: University of Silesia in Katowice, 1984 — 166-bet. 
  2. „HISTORIE“. stonava.cz. Qaraldi: 7-may 2024-yil.
  3. „Registrum denarii sancti Petri in archidiaconatu Opoliensi sub anno domini MCCCCXLVII per dominum Nicolaum Wolff decretorum doctorem, archidiaconum Opoliensem, ex commissione reverendi in Christo patris ac domini Conradi episcopi Wratislaviensis, sedis apostolice collectoris, collecti“. Zeitschrift des Vereins für Geschichte und Alterthum Schlesiens (nemischa). 27-jild. Breslau: H. Markgraf. 1893. 361–372-bet. Qaraldi: 21 July 2014.
  4. Broda, Jan „Materiały do dziejów Kościoła ewangelickiego w Księstwie Cieszyńskim i Państwie Pszczyńskim w XVI i XVII wieku“, . Z historii Kościoła ewangelickiego na Śląsku Cieszyńskim (pl). Katowice: Dom Wydawniczy i Księgarski „Didache“, 1992 — 259–260-bet. ISBN 83-85572-00-7. 
  5. 5,0 5,1 „Historie“ (cs). Obec Stonava. Qaraldi: 2022-yil 11-yanvar.
  6. Piątkowski, Kazimierz. Stosunki narodowościowe w Księstwie Cieszyńskiem (pl). Cieszyn: Macierz Szkolna Księstwa Cieszyńskiego, 1918 — 274, 291-bet. 
  7. „Ustawa z dnia 27 października 1938 r. o podziale administracyjnym i tymczasowej organizacji administracji na obszarze Ziem Odzyskanych Śląska Cieszyńskiego“. Dziennik Ustaw Śląskich (polyakcha). 18/1938, poz. 35-jild. Katowice. 31 October 1938. Qaraldi: 1 July 2014.
  8. „Population Census 2021: Population by selected ethnicity“. Public database. Czech Statistical Office (2021-yil 27-mart).