Kirthar
Qiyofa
Kirthar — Pokistondagi togʻ tizmasi, Eron togʻligining janubi-sharqiy chekkasida. Oʻz. 300 km gacha, eng baland joyi 2171 m. Oʻtkir qirrali qoyalarni yuzaga keltirgan ohaktosh va qumtoshlardan tuzilgan. Mussonlar taʼsiridagi gʻarbiy va Shimoli-sharqiy yon bagʻirlari siyrak daraxt-buta oʻsimliklari bilan qoplangan, qolgan qismining landshafti togʻ choʻli va chala choʻldan iborat. Togʻ oldi vohalarida sugʻorib dehqonchilik qilinadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |