Landshaft
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/e4/Cuesta_del_obispo_01.jpg/250px-Cuesta_del_obispo_01.jpg)
Landshaft (nemischa: „Land“ — yer, shaft-oʻzaro aloqadorlik,birikkanlik ) — tipologik tabiiy komplekslarni umumlashtiruvchi tushuncha: geologik zamini, relyefi, iqlimi, tuproqlari, oʻsimlik turkumi, hayvonot dunyosi, gidrologik rejimining bir xilligi bilan ajralib turadigan va tabiiy chegaraga ega boʻlgan hudud.
Landshaftshunoslikda landshaftning 3 xil tushunchasi mavjud: regional tushuncha, bunda landshaft yer yuzasining tabiiy chegaralangan uncha katta boʻlmagan qismi tushuniladi; tipologik birlik boʻlib, bunda lanshaft termini barcha tasnif birliklariga nisbatan qoʻllanadi; umumiy tushuncha, bu holda landshaft terminini turli katta-kichiklikdagi tabiiy geografik komplekslarga nisbatan qoʻllanilyshi mumkin. Masalan, tundra landshaft, dasht landshaft, togʻ va hokazo.
2) meʼmorlikda — bogʻ-rogʻli joylarning umumiy koʻrinishi, manzarasi;
3) tasviriy sanʼatda — manzara janri.[1]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |