Kapitalizm
Kapitalizm — xususiy mulk, bozor iqtisodiyoti va demokratik intilishlarga asoslangan jamiyat turi. Ijtimoiy tafakkurning turli oqimlarida K. — erkin tadbirkorlik tizimi, industrial jamiyat taraqqiyotining bosqichi, K. ning hozirgi davri esa — "aralash iqtisodiyot", "postindustrial jamiyat", "axborot jamiyati" va b. sifatida taʼriflanadi. Marksizmda K. — i.ch. vositalariga xususiy mulkchilikka va yollanma mehnatning kapital tomonidan ekspluatatsiya qilinishiga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya, deb talqin etiladi.
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kapitalizm
14—15-asrlarda Italiya (savdo) va Gollandiya (manufaktura) shaharlarida yuzaga kelib, 16-asrdan boshlab Yevropada dastlabki sarmoya (kapital) jamgʻarish deb atalmish jarayon natijasida qaror topdi. Sanoat sohasidagi keskin oʻzgarishlar samarasi oʻlaroq yirik, mashinalashgan i.ch. tashkil topgan edi. K. sharoitida bozor raqobati mexanizmi (qarang Raqobat) tadbirkorni foyda olish uchun sarmoyani doimo koʻpaytirib borish va i.ch.ni takomillashtirishga undaydi. Bu esa ishlab chiqaruvchi kuchlar, fan va texnikaning tez surʼatlar bilan rivojlanishiga imkon beradi. 19-asr oxiri va 20-asr boshida Gʻarbdagi rivojlangan mamlakatlarda yirik sanoat va bank korporatsiyalari tashkil topadi, moliya kapitali muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi, bozor raqobatiga iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish mexanizmi ham qoʻshiladi. Barqaror ijtimoiy tizim tarkib topadi, unda yirik mulkdorlar va yollanma mehnat bilan mashgʻul xodimlar qatorida oʻrta mulkdorlar sinfi ham muhim oʻrin egallaydi.
K.ning hozirgi shakllariga qisqa muddatli (davriylikka va inflyasiyaga qarshi) va uzoq muddatli (makroiqtisodiyot) davlat boshqarib turishi kiradi. Bu bevosita (qonunlar va maʼmuriy hujjatlar orqali) va bilvosita (soliqlar, davlat byudjeti harajatlari, amortizatsiya siyosati orqali) boshqarish shakllarida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, indikativ, tavsiya berish tusidagi tarmoq va mintaqaviy dasturlar (rejalar) ham K.ning hozirgi shakliga kiradi. Koʻpgina mamlakatlarda asta-sekin qaror topgan, ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyoti hamda parlament demokratiyasi 20-asrning 2-yarmida aholi turmush darajasi va madaniyatining yuksalishini, ijtimoiy ziddiyatlarning yumshashini hamda ularni hal etishning huquqiy mexanizmi ishlab chiqilishini taʼminladi. Xoʻjalik hayoti baynalmilallashuv darajasining oʻsishi, transnatsional (davlatlararo) korporatsiyalarning kuchayishi bilan mintaqaviy va jahon iqtisodiy integratsiyasi, iqtisodiyotni davlatlararo boshqarib turish rivojlanmoqda. Bu hol Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa Ittifoqi kabi maxsus tashki-lotlar paydo boʻlishida oʻz ifodasini topdi.[1]
Kapitalizm - ishlab chiqarish vositalari xususiylashtirilgan va daromad uchun ishlaydigan hamda narx-navoni bozor iqtisodiyoti belgilaydigan iqtisodiy tizimdir. Dunyoda hozir toʻliq kapitalistik iqtisodiyotli tizim yoʻq, barcha mavjud tizimlar aralashdir; lekin koʻp tizimlarda bozor iqtisodiyoti asosiy rol oʻynaganligi uchun, kapitalizm atamasini ularga nisbatan qoʻllashadi.
Kapitalizm tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kapitalistik davlatlar – tarix maydonida burjuaziya inqiloblari natijasida feodal tuzumi o’rnida paydo bo’ldi. Burjua inqiloblarining ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlari feodal jamiyat negizi asosida yaratildi. Kapitalizm XVI asrda feodal tuzumning emirilishi natijasida vujudga keldi. Kapitalistik tuzum tabiati va uning rivojlanishi kapital bilan bog’liqdir. Kapitalistik tuzumning iqtisodiy asosi ishlab chiqarish vositalari va mehnat qurollariga xususiy mulk sifatida ega bo’lish va shu asosida xususiy tadbirkorlik tizimini shakllantirish hisoblanadi. Kapitalistik davlatlarda xususiy mulk muqaddas va daxlsiz deb e’lon qilinadi. Kapitalistik davlatlarda xususiy mulkni himoya qilish va uni qo’riqlash uchun barcha konstitutsiyaviy va joriy qonunlar xizmat qiladi. Biz buni hozirgi g’arb mamlakatlarida mavjud barcha qonunlarda ko’rishimiz mumkin. Masalan, GFR ning 1kapitalistik davlatlar4kapitalistik davlatlar yil 23 mayida qabul qilingan Konstitutsiyasida xususiy mulk va meros huquqi kafolatlanadi deb yozib qo’yilgan. Kapital mulkning iqtisodiy asosini tashkil etuvchi «moddiy» belgilarga g’arb olimlari quyidagilarni kiritadilar: raqobatning mavjudligi; texnik va texnologik taraqqiyotga ko’maklashuv; moliyaviy sohadagi ixtisosliklarning rivojlanishi; qudratli milliy va transmilliy korporatsiyalarning o’sib chiqishi; vaqti-vaqti bilan depressiyalar (iqtisodiy tanazzul) paydo bo’lishi; xususiy sektor ustidan hukumatning faqat qisman nazorati; kuchli ishchilar tashkilotlarining vujudga kelishi, ularning rivojlanishi va hokazo.
Kapitalizmda xususiy mulk iqtisodiy erkinlikning asosi bo’lib, u o’z navbatida, insonning siyosiy, ijtimoiy va shaxsiy hukuq va erkinliklarining poydevori bo’lib xizmat qiladi. U yoki bu shaxs, guruhlar qo’lida qanchalik ko’p mulk to’plansa, ularning konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo’yilgan huquq va erkinliklarini amalga oshirish uchun katta imkoniyatlari mavjud bo’ladi va aksincha.Kapitalistik davlatlarjamiyat siyosiy tizimining muhim institutlaridan biri bo’lib, uning ommaviy hokimiyatga egalik qilishi uchun juda yaxshi qurollangan armiyasi, politsiyasi, qamoqxona, razvedka, kontrazvedka kabi tashkilotlari mavjud bo’ladi. Ularsiz kapitalistik davlatning hukmron doiralari hech qanday vazifani uddalay olmaydilar. kapitalistik davlatlar ana shu kuch orqali jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarga iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va huquqiy ta’sir o’tkazib, burjua jamiyatining siyosiy tizimida etakchi o’rinni egallaydi. Jamiyat hayotining barcha sohalarida, xususan ishlab chiqarish, moddiy va ma’naviy farovonlik ta’minlanishida kapitalistik davlat kuchli iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy kuch sifatida maydonga chiqadi. kapitalistik davlatlarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri, hukmron sinf va ularning tashkilotlarida turli xil qarashlar va manfaatlarni ilgari surayotgan turli-tuman fraktsiyalarni birlashtira oladi.
Kapitalistik davlatlar xarakteriga ko’ra turli-tuman, ammo ijtimoiy mohiyati va mazmuniga ko’ra quyidagi vazifalarni bajarishni ko’zda tutadi: a) hukmron sinf bo’lgan burjuaziyaning turli qatlamlarida mavjud bo’lgan ichki qarama-qarshiliklarni bartaraf etish; b) burjuaziya sinfining turli qatlamlarini ma’lum bir manfaatlarini bir oqimga birlashtirish; v) burjuaziya va butun jamiyatning umumiy strategik maqsad va manfaatlarini belgilab olish; g) davlatning qo’li ostida bo’lgan barcha vositalardan foydalangan holda kapitalistik iqtisodiyotni uzluksiz rivojlanishini ta’minlagan holda jamiyatni siyosiy tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlash hamda shu orqali rasmiy mafkurani singdirish. Davlat ushbu vazifalarni hal etish orqali turli iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va mafkuraviy funktsiyalarni bajaradi. Kapitalistik davlatlarpaydo bo’lishi va rivojlanishining muayyan tarixiy shart-sharoitlaridan kelib chiqib, turli xil boshqaruv, davlat tuzilishi va siyosiy rejim shakllariga ega bo’ladi (qarang: Davlat shakli).
Kapitalistik davlatlaruchun ikki asosiy boshqaruv shakli mavjud. Ular konstitutsiyaviy monarxiya va burjua respublika shakllari. Konstitutsiyaviy monarxiya o’z navbatida ikki turga parlamentar va dualistik monarxiya shakllariga bo’linadi. Burjua respublikalari ham parlamentar va prezidentlik boshqaruvi shakllariga bo’linadi. Davlat tuzilish shakllariga ko’ra kapitalistik davlatlarunitar, federativ va konfederativ shakllariga bo’linadi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |