Kontent qismiga oʻtish

Postindustrial jamiyat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Postindustrial jamiyat -rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning 2yarmidan ijtimoiy taraq-qiyotda vujudga kela boshlagan yangi bosqich. Termin oʻtgan asrning 70-yillaridan ishlatila boshlandi; boshqa nazariyalarda — texnotron jamiyat (Z.Bjezinskiy), axborot jamiyati, postkapitalistik jamiyat deb ataladi. Postindustrial jamiyatda xizmat sohalarining ahamiyati ortadi, fan va taʼlim (untlar) asosiy oʻrinni egallaydi; ijtimoiy tizimda yetakchilik mavqei olimlar va kasb mutaxasisslariga oʻtadi; nazariy bilim yangiliklar ki-ritish va siyosatni shakllantirish manbai boʻlib xizmat qiladi; axborot olish, tarqatish va undan foydalanish jamiyat faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil