Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi
Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi (koreys tilida: 대한민국 여자 축구 국가대표팀) Xalqaro ayollar futboli musobaqalarida Janubiy Koreya sharafini himoya qiladi. Janubiy Koreya ayollar terma jamoasi 2003, 2015 (shu-yilgi Jahon chempionatida (nimchorak) 1/8 finalga chiqqan) va 2019-yillarda, jami uchta FIFA Jahon chempionatiga yo‘llanma olgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1949-2002: Boshlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koreya Respublikasi hukumati tashkil etilganidan bir-yil o‘tmay, 1949-yil 28 va 29-iyun kunlari Seulda qizlar va ayollar milliy sport o‘yinlari doirasida ayollar o‘rtasidagi birinchi rasmiy futbol o‘yinlari o‘tkazildi. Ushbu oʻyinlar orqali ayollar basketboli va voleyboli sprot turlari jamoatchilik eʼtirofiga sazovor boʻlgan boʻlsa-da, futbol ayollar uchun mos emas va jamoatchilik uchun yoqimsiz sifatida qabul qilindi. Natijada, tadbirdan koʻp oʻtmay ayollar jamoalari tarqatib yuborildi[1].
1990-yilda Pekinda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlari turnirida ayollar futboli ham musoqaba sprot turlari safiga rasman qabul qilinganida, Janubiy Koreya sport maʼmuriyati boshqa sport turlari kabi futbolchilarda iborat ayollar jamoasini shakllantirish va jamoani Osiyo oʻyinlariga yuborishga qaror qildi[2]. Lekin Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi dastlabki turnirda Yaponiya, Shimoliy Koreya, Xitoy va Xitoy Taypeyi terma jamoalariga qarshi barcha oʻyinlarda magʻlubiyatga uchragan[3]. Shunga qaramay, kollejlar va korporatsiyalar 1990-yillargacha xususiy ayollar futbol jamoalarini ishga tushirishni boshladilar va Koreyada birinchi milliy ayollar futboli turniri, Qirolicha kubogi, 1993-yilda boʻlib oʻtdi. Ushbu oʻzgarishlar tufayli Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1995-yilda Malayziyada boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi[4].
1999-yilda Janubiy Koreyaning Sport vazirligi oʻrta maktab qizlari, universitet jamoalari va xususiy jamoalar uchun yangi musobaqa va turnirlar tashkil etishga homiylik qildi. Ayollar futbolini ommalashtirish maqsadida 2001-yilning mart oyida Koreya Futbol Assotsiatsiyasi (KFA) bilan hamkorlikda mustaqil tashkilot sifatida Koreya Ayollar Futbol Federatsiyasi (KWFF) tashkil etilgan[5].
2003-2013: Birinchi jahon chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2003-yilgi ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi va birinchi marta jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi (laqabi:Taegeuk Ladies) ushbu chempionatda Norvegiya, Fransiya va Braziliya bilan B guruhidan joy oldi. Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi Jahon chempionatidagi birinchi oʻyinida 2003-yil 21-sentyabrda Braziliyaga 3:0 hisobida magʻlub boʻlgan. Ular Fransiyaga 1:0, Norvegiyaga 7:1 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Kim Jin-Hee 2003-yilning 27-sentyabrida Norvegiyaga qarshi o‘yinda Janubiy Koreyaning jahon chempionatidagi ilk golini kiritdi.
Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2005-yilda oʻz maydonida oʻtkazilgan EAFF E-1 futbol chempionatida gʻalaba qozonganiga qaramay, 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatiga chiqa olmadi. Taegeuk Ladies jamoasi 2010-yilgi Osiyo oʻyinlarida va 2010-yilgi EAFF ayollar futbol chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan boʻlsa-da, 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yana bir bor qatnasha olmadi.
2015-yilgi jahon chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Janubiy Koreya 2014-yilgi OFK ayollar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida to‘rtinchi o‘rinni egalladi va 2015-yilgi FIFA ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi va u yerda birinchi marta guruh bosqichidan chiqdi. Bu safar Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi Braziliya, Ispaniya va Kosta-Rika bilan E guruhidan joy oldi. Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi dastlab 2015-yil 9-iyun kuni Braziliyaga 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan, biroq 13-iyun kuni Kosta-Rika bilan 2:2 hisobida durang va 17-iyun kuni Ispaniyaga qarshi 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2015-yil 21-iyun kuni 1/8 finalda Fransiyaga 3:0 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.
2019-yilgi jahon chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avvalgi o‘yinda yaxshilangan o‘yin natijalari hisobiga Janubiy Koreya ayollar o‘rtasidagi 2019-yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi va Fransiya, Norvegiya va Nigeriya bilan „A“ guruhidan joy oldi. Biroq ular 2015-yildagi oldingi muvaffaqiyatlarini takrorlay olmadilar va uchta o‘yinda ham mag‘lub bo‘lishdi va guruh bosqichida turnirni tark etishdi. Butun turnirda davomida atigi bitta gol va hatto avtogol urishdi.
Jamoa tasviri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taxalluslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Janubiy Koreyaning ayollar futbol terma jamoasining laqabi „Taegeuk Ladies“ (koreyscha: 태극 낭자) hisoblanadi.
Sport formasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ayollar jamoasi odatda Janubiy Koreya milliy futbol terma jamoasi bilan bir xil sport toʻplamdan foydalanadi. Biroq, ayollar terma jamoasi formasida erkaklar jamoasi hech qachon foydalanmagan koʻplab kombinatsiyalarni uchratish mumkin. Quyida Janubiy Koreyaning ayollar futbol terma jamoasining turli yillarda kiygan futbol formalari keltirilgan.
Azaliy raqiblar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi Yaponiya terma jamosi bilan azaliy raqobatga ega. Janubiy Koreya erkaklar terma jamoasining ancha ustunligidan farqli oʻlaroq, Janubiy Koreya ayollar jamoasi Yaponiyaga qarshi gʻalaba qozonganidan koʻra koʻproq magʻlub boʻlgan. Ikki jamoa birinchi marta 1990-yilda uchrashishgan vaJanubiy Koreya Yaponiyaga 1:13 hisobida magʻlub boʻlgan. 2022-yil holatiga koʻra, Janubiy Koreya oʻza oʻyinlarda 4 gʻalaba, 11 durang va 18 magʻlubiyat bilan ortda qolmoqda. Janubiy Koreyaning Yaponiyaga qarshi o‘yinlarda zaif o‘yin ko‘rsatishining sabablari bor edi: Janubiy Koreya, Yaponiyadan farqli o‘laroq, ayollar futbolini Yaponiyadan ancha kech rivojlantirgan, shuningdek, Yaponiyadan farqli o‘laroq, Janubiy Koreyada professional ayollar ligasi yo‘q.
Chet ellik futbolchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yildan beri koreyalik eng yaxshi futbolchilar xorijda, ayniqsa Angliyada oʻynashga intila boshladi. Hozirda FAWSL ligasida uchta koreys ayol oʻynamoqda. Ular: „Tottenham“ jamoasida Cho So-hyon, „Brayton va Xov Albion“ jamoasida Li Geum Min Park Ye Eun.
FIFA Jahon reytingi
[tahrir | manbasini tahrirlash]FIFA Jahon reytingi | |||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
FIFA Jahon reytingi | Reyting | Yil | Jami oʻyinlar soni | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Eng yaxshi | Eng yomoni | |||
Reyting | Koʻchish | Reyting | Koʻchish | ||||||||
18 | 2022 | 6 | 4 | 1 | 1 | 18 | ▬ | 18 | ▬ | ||
18 | 2021 | 8 | 3 | 3 | 2 | 18 | ![]() |
19 | ![]() |
Barcha vaqt natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Quyidagi jadvalda Janubiy Koreya ayollar terma jamoasining 2021-yil 1-yanvar holatidagi xalqaro oʻyinlardagi natijalari ko‘rsatilgan.
Jami oʻyinlar soni | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtakazib yuborilgan
gollar | |
---|---|---|---|---|---|---|
Jami | 213 | 91 | 34 | 85 | 473 | 255 |
- Manba: Worldfootball.net sayti
Murabbiylar shtabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi murabbiylar shtabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 18-iyun 2022-yil[6]
Lavozim | Ism | Boshlanish sanasi |
---|---|---|
Menejer | ![]() |
2019-yil 18 oktyabr |
Boshqaruvchi yordamchisi | ![]() ![]() |
Nomaʼlum |
Darvozabonlar murabbiyi | ![]() |
Nomaʼlum |
Fitnes murabbiyi | ![]() |
Nomaʼlum |
Bosh murabbiylar roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bosh murabbiy | Murabbiylik faoliayti | Oʻtkazgan oʻyinlari | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Gʻalaba koʻrsatkichi % | Yutuqlar |
---|---|---|---|---|---|---|---|
![]() |
2003-2010 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0% | |
![]() |
2010-2011 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0% | |
![]() |
2010-2011 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0% | 2010-yilgi Osiyo oʻyinlari: 3-oʻrin |
![]() |
2013-2019 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0% | |
![]() |
2019 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0% | |
![]() |
2019-hozirga qadar | 19 | 10 | 4 | 5 | 52.63% | 1-xorijiy bosh murabbiy
2022-yilgi Osiyo kubogi: 2-oʻrin |
Oʻyinchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyidagi futbolchilarga 2022-yil 3 va 6-sentabrdagi Yamaykaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga chaqirilgan[9].
Statistika 2022-yil 3-sentabr holatiga ko‘ra to‘g‘ri keladi.
Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]* Qalin harflar bilan yozilgan oʻyinchilar hozirda ham oʻz faoliyatini olib borishadi.
2020-yil 9-fevral holatiga koʻra.
Eng koʻp maydonga tushgan futbolchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Futbolchi | Milliy terma jamoadagi faoliyat yillari | Maydonga tushgan oʻyinlari soni |
---|---|---|---|
1 | Cho So-hyun | 2007-hozirga qadar | 126 |
2 | Ji So-yun | 2006-hozirga qadar | 125 |
3 | Kim Jung-mi | 2003-hozirga qadar | 116 |
4 | Kwon Hah-nul | 2006-hozirga qadar | 103 |
5 | Jeon Ga-eul | 2007-hozirga qadar | 101 |
6 | Lee Eun-mi | 2007-hozirga qadar | 89 |
Kim Hye-ri | 2007-hozirga qadar | ||
8 | Yoo Young-a | 2007-hozirga qadar | 87 |
9 | Kim Do-yeon | 2010-hozirga qadar | 82 |
10 | Lee Myung-hwa | 1990-2004 | 81 |
Eng yaxshi toʻpurarlar futbolchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Futbolchi | Milliy terma jamoadagi faoliyat yillari | Gollar soni | Maydonga tushgan oʻyinlari soni |
---|---|---|---|---|
1 | Ji So-yun | 2006-hozirga qadar | 61 | 125 |
2 | Jeon Ga-eul | 2007-hozirga qadar | 38 | 101 |
3 | Yoo Young-a | 2007-hozirga qadar | 32 | 87 |
4 | Cha Sung-mi | 1994-2003 | 30 | 55 |
5 | Park Hee-young | 2005-2013 | 23 | 55 |
6 | Jung Seol-bin | 2006-hozirga qadar | 20 | 72 |
Cho So-hyun | 2007-hozirga qadar | 124 | ||
8 | Park Eun-sun | 2003-hozirga qadar | 17 | 34 |
9 | Kwon Hah-nul | 2006-hozirga qadar | 15 | 103 |
10 | Lee Geum-min | 2013-hozirga qadar | 14 | 43 |
Lee Eun-mi | 2007-hozirga qadar | 89 |
Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasining yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mintaqaviy
[tahrir | manbasini tahrirlash]- EAFF E-1 futbol chempionati
- Kipr ayollar kubogi
Janubiy Koreya terma jamoasining xalqaro musobaqalardagi natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]FIFA ayollar o'rtasidagi Jahon chempionatida Janubiy Koreya terma jamoasining natijalari | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mezbon davlat / Yil | Natija | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollari | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar
farqi |
![]() |
Saralashdan oʻta olmadi | |||||||
![]() | ||||||||
![]() | ||||||||
![]() |
Guruh bosqichi | 3 | 0 | 0 | 3 | 1 | 11 | −10 |
![]() |
Saralashdan oʻta olmadi | |||||||
![]() | ||||||||
![]() |
16-tur | 4 | 1 | 1 | 2 | 4 | 8 | −4 |
![]() |
Guruh bosqichi | 3 | 0 | 0 | 3 | 1 | 8 | −7 |
![]() ![]() |
Kvalifikatsiya qilindi | |||||||
2027 | Aniqlanmoqda | |||||||
Jami | 4/9 | 10 | 1 | 1 | 8 | 6 | 27 | −21 |
FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati tarixi | |||||
---|---|---|---|---|---|
Yil | Bosqich | Sana | Raqib | Natija | Stadion |
![]() |
Guruh bosqichi | 21-sentabr | Braziliya | Magʻlubiyat 0-3 | RFK stadioni, Vashington, DC |
24-sentabr | Fransiya | Magʻlubiyat 0-1 | |||
27-sentabr | Norvegiya | Magʻlubiyat 1-7 | Gillette stadioni, Foksboro | ||
![]() | |||||
Guruh bosqichi | 9-iyun | Braziliya | Magʻlubiyat 0-2 | Olimpiya stadioni, Monreal | |
13-iyun | Kosta-Rika | Durang 2-2 | |||
17-iyun | Ispaniya | Gʻalaba 2-1 | Lansdaun stadioni, Ottava | ||
16-tur | 21-iyun | Fransiya | Magʻlubiyat 0-3 | Olimpiya stadioni, Monreal | |
![]() |
Guruh bosqichi | 7-iyun | Fransiya | Magʻlubiyat 0-4 | Parc des Princes, Parij |
12-iyun | Nigeriya | Magʻlubiyat 0-2 | Stad des Alpes, Grenobl | ||
17-iyun | Norvegiya | Magʻlubiyat 1-2 | Stad Auguste-Delaune, Reyms |
Olimpiya oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Janubiy Koreya terma jamoasining natijalari | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mezbon davlat / Yil | Natija | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollari | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar
farqi |
![]() |
Saralashdan oʻta olmadi | |||||||
![]() | ||||||||
![]() | ||||||||
![]() | ||||||||
![]() | ||||||||
![]() | ||||||||
![]() | ||||||||
![]() |
Aniqlanmoqda | |||||||
Jami | 0/7 | - | - | - | - | - | - | - |
OFK ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi
[tahrir | manbasini tahrirlash]OFK ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogida Janubiy Koreya terma jamoasining natijalari | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mezbon davlat / Yil | Natija | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollari | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar
farqi |
![]() |
Qatnashmadi | |||||||
![]() | ||||||||
![]() | ||||||||
![]() | ||||||||
![]() | ||||||||
![]() | ||||||||
![]() | ||||||||
![]() |
Guruh bosqichi | 3 | 0 | 0 | 3 | 0 | 22 | −22 |
![]() |
3 | 1 | 0 | 2 | 4 | 9 | −5 | |
![]() |
4-oʻrin | 5 | 2 | 1 | 2 | 11 | 5 | +6 |
![]() |
Guruh bosqichi | 2 | 1 | 0 | 1 | 11 | 1 | +10 |
![]() |
4 | 3 | 0 | 1 | 30 | 5 | +25 | |
![]() |
4-oʻrin | 6 | 4 | 0 | 2 | 16 | 10 | +6 |
![]() |
3-oʻrin | 6 | 4 | 1 | 1 | 22 | 5 | +17 |
![]() |
Guruh bosqichi | 4 | 2 | 0 | 2 | 14 | 6 | +8 |
![]() |
3 | 2 | 0 | 1 | 5 | 3 | +2 | |
![]() |
3 | 1 | 1 | 1 | 6 | 3 | +3 | |
![]() |
4-oʻrin | 5 | 2 | 1 | 2 | 18 | 4 | +14 |
![]() |
5-oʻrin | 4 | 2 | 2 | 0 | 9 | 0 | +9 |
![]() |
2-oʻrin | 6 | 4 | 1 | 1 | 11 | 4 | +7 |
Jami | 13/19 | 54 | 28 | 7 | 19 | 157 | 77 | +80 |
Osiyo oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Osiyo oʻyinlarida Janubiy Koreya terma jamoasining natijalari | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mezbon davlat / Yil | Natija | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollari | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar
farqi |
![]() |
5-oʻrin | 5 | 1 | 0 | 4 | 2 | 30 | −28 |
![]() |
4-oʻrin | 3 | 0 | 0 | 3 | 0 | 9 | −9 |
![]() |
Guruh bosqichi | 3 | 1 | 1 | 1 | 8 | 4 | +4 |
![]() |
4-oʻrin | 5 | 2 | 0 | 3 | 6 | 8 | −2 |
![]() |
4-oʻrin | 5 | 2 | 0 | 3 | 7 | 10 | −3 |
![]() |
3-oʻrin | 5 | 3 | 1 | 1 | 14 | 4 | +10 |
![]() |
3-oʻrin | 6 | 5 | 0 | 1 | 33 | 2 | +31 |
![]() |
3-oʻrin | 6 | 5 | 0 | 1 | 32 | 3 | +29 |
![]() |
Aniqlanmoqda | - | - | - | - | - | - | - |
![]() |
Aniqlanmoqda | - | - | - | - | - | - | - |
Jami | 8/8 | 38 | 19 | 2 | 16 | 102 | 71 | +31 |
EAFF E-1 futbol chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]EAFF E-1 Futbol chempionatida Janubiy Koreya terma jamoasining natijalari | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mezbon davlat / Yil | Natija | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollari | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar
farqi |
![]() |
Chempion | 3 | 2 | 1 | 0 | 3 | 0 | +3 |
![]() |
4-oʻrin | 6 | 3 | 0 | 3 | 15 | 9 | +6 |
![]() |
3-oʻrin | 7 | 5 | 0 | 2 | 47 | 4 | +43 |
![]() |
3-oʻrin | 3 | 1 | 0 | 2 | 4 | 5 | -1 |
![]() |
Ikkinchi o‘rin | 6 | 5 | 0 | 1 | 29 | 3 | +26 |
![]() |
4-oʻrin | 6 | 3 | 0 | 3 | 43 | 7 | +36 |
![]() |
Ikkinchi o‘rin | 3 | 1 | 1 | 1 | 3 | 1 | +2 |
![]() |
3-oʻrin | 3 | 1 | 1 | 1 | 6 | 3 | +3 |
Jami | 8/8 | 37 | 21 | 3 | 13 | 150 | 32 | +118 |
Algarve kubogi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Algarve kubogi Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) tomonidan oʻtkaziladigan ayollar futbol assotsiatsiyasi boʻyicha terma jamoalar turniridir. 1994-yildan beri har-yili Portugaliyaning Algarve shahrida o‘tkazib kelinayotgan bu musobaqa ayollar o‘rtasidagi eng nufuzli va eng uzoq davom etgan xalqaro futbol tadbirlaridan biri bo‘lib, „Kichik FIFA Ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati“ nomini olgan[10].
![]() | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Natija | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollari | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar
farqi |
2018 | 7-oʻrin | 3 | 1 | 1 | 1 | 4 | 5 | −1 |
Jami | 1/27 | 3 | 1 | 1 | 1 | 4 | 5 | −1 |
Kipr ayollar kubogi
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Natija | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollari | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar
farqi |
2011 | 6-oʻrin | 4 | 2 | 1 | 1 | 6 | 5 | +1 |
2012 | 5-oʻrin | 4 | 2 | 2 | 0 | 5 | 3 | +2 |
2013 | 10-oʻrin | 4 | 2 | 1 | 1 | 5 | 1 | +4 |
2014 | 3-oʻrin | 4 | 1 | 3 | 0 | 7 | 3 | +4 |
2015 | 11-oʻrin | 4 | 0 | 1 | 3 | 3 | 6 | −3 |
2017 | 2-oʻrin | 4 | 2 | 1 | 1 | 4 | 1 | +3 |
Jami | 6/13 | 24 | 9 | 9 | 6 | 30 | 19 | +11 |
Peace Queen kubogi
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mezbon davlat / Yil | Natija | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollari | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar
farqi |
![]() |
Guruh bosqichi | 3 | 0 | 0 | 3 | 2 | 6 | −4 |
![]() |
4-oʻrin | 3 | 2 | 0 | 1 | 5 | 4 | +1 |
![]() |
Chempion | 3 | 1 | 2 | 0 | 2 | 1 | +1 |
Jami | 3/3 | 9 | 3 | 2 | 4 | 9 | 11 | -2 |
Manbalar:
- Oʻyinning rasmiy natijalari — KFA.or.kr
- Rasmiy oʻyinlar jadvali — KFA.or.kr
- Oʻyinlar va natijalar — Soccerway.com saytlari
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Fan Hong. Soccer, Women, Sexual Liberation: Kicking off a New Era. Routledge, 23 November 2004 — 71–81-bet. ISBN 978-1-135-77058-7.
- ↑ Fan Hong. Soccer, Women, Sexual Liberation: Kicking off a New Era. Routledge, 23 November 2004 — 71–81-bet. ISBN 978-1-135-77058-7.
- ↑ „Asian Games 1990 (Women's Tournament)“. RSSSF. Qaraldi: 2018-yil 10-iyul.
- ↑ Manzenreiter, Wolfram; Horne, John (14 August 2008). "Playing the Post‐Fordist Game in/to the Far East: The Footballisation of China, Japan and South Korea". Soccer & Society 8 (4): 561–577. doi:10.1080/14660970701440899. ISSN 1466-0970.
- ↑ Fan Hong. Soccer, Women, Sexual Liberation: Kicking off a New Era. Routledge, 23 November 2004 — 71–81-bet. ISBN 978-1-135-77058-7. Fan Hong; J.A. Mangan (23 November 2004).
- ↑ „KFA Korea Football Association National team Coach“ (ko). www.kfa.or.kr. Korea Football Association (KFA) (2022-yil 14-iyun). Qaraldi: 2022-yil 18-iyun.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 „Veteran coach returns for 2nd stint at women's nat'l football helm“ (2019-yil 29-avgust). Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
- ↑ „Englishman Colin Bell named head coach of S. Korean nat'l women's football team“ (2019-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
- ↑ „자메이카전 소집 명단 발표 --- 천가람, 이수인 첫 발탁“ (ko). www.kfa.or.kr. Korea Football Association (KFA) (2022-yil 3-iyul). Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
- ↑ „Women's game thriving in the Algarve“. FIFA (2011-yil 9-mart). 2014-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-mart.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- KFA.or.kr rasmiy veb -sayti (English)
- FIFA.com saytida Janubiy Koreya profili
- 28-oktyabrda tugʻilganlar
- 1987-yilda tugʻilganlar
- 16-oktyabrda tugʻilganlar
- 1984-yilda tugʻilganlar
- 3-sentyabrda tugʻilganlar
- 1997-yilda tugʻilganlar
- 25-avgustda tugʻilganlar
- 1996-yilda tugʻilganlar
- 15-aprelda tugʻilganlar
- 1989-yilda tugʻilganlar
- 25-dekabrda tugʻilganlar
- 2000-yilda tugʻilganlar
- 31-mayda tugʻilganlar
- 1994-yilda tugʻilganlar
- 25-iyunda tugʻilganlar
- 1990-yilda tugʻilganlar
- 30-aprelda tugʻilganlar
- 2002-yilda tugʻilganlar
- 21-iyunda tugʻilganlar
- 8-noyabrda tugʻilganlar
- 1991-yilda tugʻilganlar
- 1-iyunda tugʻilganlar
- 21-fevralda tugʻilganlar
- 2-aprelda tugʻilganlar
- 7-aprelda tugʻilganlar
- 28-yanvarda tugʻilganlar
- 1993-yilda tugʻilganlar
- 19-oktyabrda tugʻilganlar
- 29-iyulda tugʻilganlar
- 16-sentyabrda tugʻilganlar
- 14-mayda tugʻilganlar
- 2001-yilda tugʻilganlar
- 1999-yilda tugʻilganlar
- 15-martda tugʻilganlar
- 10-fevralda tugʻilganlar
- 23-martda tugʻilganlar
- 1998-yilda tugʻilganlar
- 1986-yilda tugʻilganlar