Jahon chorvachiligi
Jahon chorvachiligi — yengil sanoatning oziq ovqat tarmogʻida kundalik (goʻsht, sut, tuxum, asal) mahsulotlarni, shuningdek sanoat ishlab chiqarishda (teri, jun, pilla, moʻyna) muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Jahon chorvachiligining tarmoqlari tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jahon chorvachiligi pillachilik, qoramolchilik, choʻchqachilik, yilqichilik, asalarichilik, tuyachilik kabi tarmoqlarga boʻlinadi. Jahonda jahon chorvachiligining tarqalish hududlariga koʻra davlatlarning tabiiy sharoiti, iqlimiy-agroresurs salohiyati, inson omili, hudud katta kichikligi muhim rol oʻynaydi. Jahon chorvachiik tarmogʻlari turlicha tarqalgan. Masalan, jahonda qoramollar sonida Hindiston, Argentina, Braziliya, AQSh va Xitoy davlatlari alohida ajralib turadi.
Qoramolchilik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Millliy iqtisodiyotdagi qishloq xoʻjaligining eng yirik tarmoqlaridan biri hisoblanandi, aholini kundalik oziq ovqat mahsulotlari bilan taʼminlab beradi, qishloq xoʻjaligining melioratsiya ishlarida qoramolchilikdan chiqgan chiqindilar qishloq xoʻjaligi yerlarida unumdorlik darajasi oshirib berishga xizmat qiladi. Qoramolchilik aholi oziq ovqat isteʼmol tarkibidagi goʻshtning 1/3 qismini, shuningdek sutning 9/10 qismini yetkazib beradi. Jahondagi qoramollarning yarmidan koʻpi Yevroosiyo materigida joylashgan davlatlarda boqiladi. 2021-yil holatida jahonda qoramollarning umumiy soni 1 000 967 000 tani tashkil etadi yoki 2020-yilga nisbatan 13 216 000 taga koʻp hisoblanadi[1].
Mamlakat | 2020-yilda qoramollar soni (ming) | 2021-yilda qoramollar soni (ming) | Yillik farq (ming) |
---|---|---|---|
Argentina | 54461000 | 53831000 | −630000 |
Avstraliya | 23690000 | 23217000 | −473000 |
Belarus | 4295000 | 4300000 | 5000 |
Braziliya | 244144000 | 252700000 | 8550000 |
Kanada | 11265000 | 11150000 | −115000 |
Xitoy | 91380000 | 95620000 | 4240000 |
Misr | 7645000 | 7850000 | 205000 |
Yevropa Itifoqi | 86620000 | 85545000 | −1075000 |
Hindiston | 303200000 | 305500000 | 2300000 |
Yaponiya | 3907000 | 3922000 | 15000 |
Koreya Respublikasi | 3645000 | 3774000 | 129000 |
Meksika | 16900000 | 17000000 | 100000 |
Yangi Zelandiya | 10151000 | 10063000 | −88000 |
Rossiya | 18022000 | 17953000 | −69000 |
Ukraina | 3197000 | 3001000 | −196000 |
AQSh | 93793000 | 93595000 | −198000 |
Urugvay | 11436000 | 11946000 | 510000 |
Pillachilik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pillachilik ipak qurti boqish va ipakchilik majmui sanaladi. Pillachilik jahonda Ipakchilikning xom ashyo bazasi hisoblanadi. Jahondagi koʻplab qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan davlatlar va rivojlangan mamlakatlarda pillachilik yaxshi rivojlangan. Jumladan eng katta pillachilik salohiyatiga ega boʻlgan mamlakatlar Hindiston, Pokiston, Oʻzbekiston va Xitoy kabi davlatlar sanaladi. Pillachilik uchun muhim ozuqa manbai tut daraxti hisoblanadi, asosiy pillachilikning 90 % (tut daraxti orqali pillachilik) va tut daraxtisiz pilla yetishtirishning 100 % Osiyo mamlakatlari hissasiga toʻgʻri keladi. Pillachilik negizida yengil sanoatdagi asosiy xom ashyoga aylangan ipakchilik tarmogʻi tarkib topadi. Jahonda ipakchilik toʻqimachilk sanoatining 0,2 % ni tashkil etadi. Pillachilk negizida tarkib topgan ipakchilik faqatgina jahonning 60 ta mamlakatida yetishtiriladi. Ipakchilik tarmogʻi Hindistonda 7 900 000 aholini, Tailandda esa 20 000 kishini ish bilan taʼminlaydi[2].
Yilqichilik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jahon chorvachiligining ushbu tarmogʻi bundan 4 000 yil oldin Yevropa va Osiyoda tashkil etila boshlangan. Eng yirik yilqichilikning markazlari Oʻrta Osiyo hisoblangan, yilqichilikning dunyo boʻylab tarqalishida avval Oʻrta Osiyoda janubiy-gʻarbiy Osiyoga va Afrikaga tamon tarqala boshlagan. Yilqichilik tarmogʻi jahon mamlakatlarining oziq ovqat tarmogʻini sut va goʻsht bilan taʼminlab beradi. Dunyoda otlarning umumiy soni boʻyicha AQSh, Meksika va Xitoy davlatlari yetakchilik qiladi[3].
№ | Davlat | Million bosh ot |
---|---|---|
1 | AQSh | 10,26 |
2 | Meksika | 6,35 |
3 | Xitoy | 6,05 |
4 | Braziliya | 5,45 |
5 | Argentina | 3,6 |
6 | Mongoliya | 3 |
7 | Efiopiya | 2,3 |
8 | Qozogʻiston | 1,79 |
9 | Rossiya | 1,4 |
Asalarichilik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qishloq xoʻjaligi va oziq ovqat sanoati tarmoqlaridan biri hisoblanandi. Asalarichilik oziq ovqat sanoatida mum, asal va boshqa mahsulotlar olinadi. Qishloq xoʻjaligi sohasida esa dehqonchilik mahsulotlari va boshqa turdagi oʻsimliklarni changlatishda keng foydalaniladi. Asalarichilikning rivojlanishi turli bosqich davrlarga boʻlinadi. Asalarichilikning ilk davrida asalari inlari togʻlarda, qoyalarda, daraxt kovoklarida va gʻorlarda saqlangan. Asalarichilik xoʻjaligi XX asrning 20-yillarida tarkib topa boshladi. Dunyo boʻyicha tabiiy asal yetishtirishda Turkiya, Janubiy Koreya, AQSh, Ispaniya, Rossiya, Meksika, Hindiston, Efiopiya, Xitoy va Pokiston davlatlari yetakchilik qiladi[4].
Tuyachilik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jahon mamlakatlarida oziq ovqat tarmog‘ida muhim bir qismi hisoblangan tarmoq hisoblanib, tuyachilik tabiiy iqlimiy sharoitlarga mos holatda rivojlangan. Tuyachilik orqali sut, moʻyna, teri va goʻsht mahsulotlari olinadi. Tuyachili Afrika mamlakatlari (Sahroi Kabir mamlakatlarida asosan) va Osiyo mamlakatlarining dasht, cho'l, chalachoʻl hududlarida boqiladi. Jahonda tuyalar sonida Somali, Sudan, Efiopiya, Niger, Mavritaniya kabi davlatlar yetakchilik qiladi[5].
Qoʻychilik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jahon oziq ovqat tarmogʻida muntazam goʻsht mahsuloti bilan taʼminlab beruvchi va sanoatga teri, jun yetkazib beruvchi yirik tarmoqlardan biri sanaladi. Jahon mamlakatlarida qoʻylarning umumiy soni boʻyicha Xitoy yetakchilik qiladi, mamlakatda 127,1 mln bosh qoʻylar mavjud. Avstraliya-119,6 mln bosh, Hindiston davlatida esa 57,6 mln bosh, Yangi Zelandiyada 46,1 mln bosh, Afrikadagi Sudan davlatida esa 42,5 mln bosh, Pokiston 31,3 mln bosh, Turkiya 30,2 mln bosh, Turkiya 30,2 mln bosh va Afgʻonistonda 14,3 mln bosh qoʻylar mavjud. Oʻzbekistonda 12 mln bosh qoʻy va echkilar bor.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ World Cattle Inventory By Country — Beef Market Central 25-iyul 2022-yil
- ↑ Global Silk Industry 25-iyul 2022-yil
- ↑ Top-9 stran s naibolshim kolichestvom loshadey 26-iyul 2022-yil
- ↑ List of Top 10 Honey Producing Countries in the World — Basic Planet 26-iyul 2022-yil
- ↑ Figure 1 — uploaded by Bernard faye 26-iyul 2022-yil
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |