Ilya Ulyanov
Ilya Nikolayevich Ulyanov | |
---|---|
ruscha: Илья Николаевич Ульянов | |
Ilya Ulyanov, 1882-yildan keyin | |
Tavalludi |
Ilya Nikolaevich Ulyanin 31-iyul 1831-yil |
Vafoti |
24-yanvar 1886-yil (54 yoshda)[1] Simbirsk, Rossiya imperiyasi |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi |
Kasbi | Oʻqituvchi, xalq taʼlimi boʻlimi rahbari |
Turmush oʻrtogʻi |
Mariya Aleksandrovna Ulyanova (turm. 1863) |
Bolalari | 8 |
Otasi | Nikolay Vasilievich Ulyanov |
Onasi | Anna Aleyseyevna Smirnova |
Mukofotlari |
Ilya Nikolayevich Ulyanov VIO (ruscha: Илья Николаевич Ульянов; 31-iyul [E.U. 19-iyul] 1831, Astraxan — 24-yanvar [E.U. 12-yanvar] 1886-yil, Simbirsk) — xalq taʼlimi sohasidagi rus jamoat arbobi. Ilya Ulyanov Bolsheviklar yetakchisi va Sovet Ittifoqi asoschisiga aylangan inqilobchi Vladimir Lenin va 1886-yilda podshoh Aleksandr III ga suiqasd uyushtirishga uringani uchun qatl etilgan Aleksandr Ulyanovning otasi hisoblanadi.
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilya Ulyanov tugʻilganda cherkov daftarida shunday yozilgan edi:
„Oʻn toʻqqizinchi kuni, Astraxan. mahalliy Nikolay Vasiliy Ulyanin va uning qonuniy rafiqasi Anna Alekseyevna, oʻgʻli Ilya“
Keyinchalik Ilya familiyasini Ulyanindan Ulyanovga oʻzgartirdi. Ilya tugʻilganda otasi Nikolay Ulyanin 60 yoshda boʻlgan[2].
Vladimir Leninning ota-onasi haqidagi biografik materiallar koʻp yillar davomida Marietta Shaginyan tomonidan toʻplangan. Uning Ulyanovlar oilasi xronikasining birinchi nashri 1935-yilda nashr etilgan va Stalinning keskin noroziligini keltirib chiqargan. 1936-yil 5-avgustda Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy byurosining Stalin tashabbusi bilan qabul qilingan "Marietta Shaginyanning „Tarix uchun chipta. 1-qism“ romani toʻgʻrisida"gi qarori chiqdi. Qarorda „Ulyanovlar oilasi“ romani muallifi tanqid qilindi va roman taqiqlangan kitoblar roʻyxatiga kiritildi[3].
Otasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nikolay Vasilyevich Ulyanin (1770—1838) — astraxanlik savdogar, tikuvchi, Nijniy Novgorod viloyatining Sergachskiy tumani Androsovo qishlogʻidan boʻlgan sobiq serf dehqon. Nikolay Ulyanin ruslashgan mordoviyaliklardan boʻlishi mumkin degan taxmin bor[4][5][6][7] . Chunki XVII asrning boshlarida Androsovo qishlogʻida rus dehqonlaridan tashqari erzyanlar ham yashagan. Masalan, Nijniy Novgorodning 1608—1612-yillardagi toʻlov hujjatlarida Androsova qishlogʻidan mordvinlar Kuzema va Odman Romodanovlar tilga olingan[8].
Onasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anna Alekseyevna Smirnova (1800—1871) — astraxanlik savdogar Aleksey Lukyanovich Smirnovning qizi. 1823-yil 23 yoshida 53 yoshli astraxanlik savdogar, tikuvchi Nikolay Vasilyevich Ulyaninga turmushga chiqdi. Anna Alekseevna besh farzandni dunyoga keltirdi: uch qiz va ikki oʻgʻil. Oiladagi soʻnggi farzand Ilya edi[9].
Marietta Shaginyanning yozishicha, Anna Alekseyevna Smirnova otasi tomonidan qalmoqlar oilasidan chiqqan[10].
Katta akasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vasiliy Nikolayevich Ulyanov (1819—1878) — Ilya Nikolayevich Ulyanovning akasi, 1819-yilda tugʻilgan va butun umri Astraxanda oʻtgan. Vasiliy Astraxan xalq maktabini bitirgani uchun oʻqish va yozishni yaxshi bilardi. 13 yoshidan boshlab oilasiga yordam bergan[11]. 1836-yilda Nikolay Vasilyevichning otasi vafotidan keyin u oilaning asosiy tayanchiga aylandi va onasi, xolasi, singlisi Fedosya Nikolayevna va ukasi Ilya Nikolayevichni oʻz daromadlari bilan boqdi. Kuyovi vafotidan keyin singlisi Mariya Nikolayevna va toʻrt jiyaniga yordam berdi.
Vasiliy Nikolayevich Ulyanov 1878-yilda 59 yoshida sil kasalligidan vafot etgan.
Biografiayasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilya Ulyanov 1831-yil 31-iyulda tikuvchi oilasida tugʻilgan. Ilya otasidan erta ayrilib, katta akasi Vasiliy Nikolayevichning qaramogʻida tarbiyalangan. 1843-yil 12 yoshida Astraxan erkaklar gimnaziyasida oʻqishni boshladi. 1850-yilda gimnaziyani kumush medal bilan, 1854-yilda Qozon universitetining fizika-matematika fakultetini aʼlo baholar bilan tugatgan. Uning dissertatsiyasi mavzusi Olbers usuli va uning Klinkerfuss kometasining trayektoriyasini hisoblashda qoʻllanishi edi.
Universitetni tugatgandan soʻng, Ilya Ulyanov 1855—1863-yillarda Penza zodagon institutida katta matematika oʻqituvchisi boʻlib ishladi. Penzada boʻlganida meteorologik kuzatuvlar oʻtkazdi, buning asosida u bir nechta ilmiy ishlarni yozadi[12]. 1863-yil 4-iyulda Nijniy Novgorod erkaklar gimnaziyasiga matematika va fizika katta oʻqituvchisi lavozimiga oʻtdi va bir vaqtning oʻzida Nijniy Novgorodning boshqa taʼlim muassasalarida oʻqituvchi va tarbiyachi boʻlib ishladi. 1863-yil 6-sentyabrda u Cheremyshevo qishlogʻidagi Qozon-Bogoroditskiy cherkovida Mariya Aleksandrovna Ulyanova bilan turmush quradi[13].
1869-yilda Ilya Nikolayevich Ulyanov Simbirsk guberniyasidagi davlat maktablari inspektori, keyin 1874—1886-yillarda direktori lavozimiga tayinlandi. 1877-yilda Ulyanov faol davlat maslahatchisi darajasiga koʻtarildi, bu unga merosxoʻr zodagonlik imtiyozini berdi va 1882-yilda 3-darajali Avliyo Vladimir ordeni bilan mukofotlandi[14]. Nadejda Krupskaya oʻz xotiralarida „oʻqituvchi sifatida Ilya Nikolaevich ayniqsa Dobrolyubovni qunt bilan oʻqiganini“ taʼkidlagan[15].
Ilya Nikolayevich Ulyanov xizmat paytida 1886-yil 24-yanvarda 55 yoshida miya qon ketishidan (gemorragik insult) vafot etdi. U bilan soʻnggi vidolashuv Simbirskdagi Epifaniya cherkovida boʻlib oʻtdi[16]. U Simbirsk (hozirgi Ulyanovsk) shahridagi Shafoat monastirining qabristoniga dafn qilindi[14][17].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1863-yilda oʻttiz ikki yoshli Ilya Nikolayevich Ulyanov yigirma sakkiz yoshli Mariya Aleksandrovna Blankga uylandi. Ilya Nikolayevich (suratning oʻng tomonida oʻtirgan) va Mariya Aleksandrovna (suratning chap tomonida oʻtirgan) Ulyanovlarning 8 nafar farzandi bor edi, ulardan ikkitasi chaqaloqligida vafot etgan:
- Anna (1864-1935)
- Aleksandr (1866-1887)
- Olga (1868-1869)
- Vladimir (1870-1924)
- Olga (1871-1891)
- Nikolay (1873-1873)
- Dmitri (1874-1943)
- Maria (1878-1937)
Gallareya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
SSSR pochta markasi „Ulyanovlar oilasi“, 1962-yil.
-
SSSR pochta markasi, 1981-yil.
-
Birinchi kun bekor qilingan SSSR pochta konverti, 1981-yil.
-
1981-yildan beri badiiy belgilangan konvertlar.
-
Ilya Ulyanovga tegishli Stanislav ordeni, Lenin uy-muzeyi, Qozon 2021-yil
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ульянов Илья Николаевич (Ilya Nikolayevich Ulyanov). Katta Sovet Ensiklopediyasi, 1969. Qaraldi: 2015-yil 3-avgust.
- ↑ Vladimir Ilich Lenin (1870—1924) (Archive.is saytida 2012-09-18 sanasida arxivlangan)
- ↑ Shaginyan M. S. Semya Ulyanovix. Ocherki. Stati. Vospominaniya. — M.: Goslitizdat, 1959. — Biograficheskiy ukazatel
- ↑ Zenkovich N. A. Elita. Samie sekretnie rodstvenniki. — M., 2005. — S. 225.
- ↑ White, James D.. Lenin: The Practice and Theory of Revolution (en). Macmillan International Higher Education, 2001-03-13. ISBN 978-0-333-98537-3. [sayt ishlamaydi]
- ↑ Service, Robert W.. Lenin : a biography. London: Macmillan, 2000 — 21–23-bet. ISBN 0-333-72625-1. OCLC 44015039.
- ↑ White, James D.. Lenin : the practice and theory of revolution. Houndmills, Basingstoke, Hampshire: Palgrave, 2001. ISBN 0-333-72156-X. OCLC 44768945.
- ↑ Юрчёнков В. А. . „Мордовский народ: вехи истории“. — Т. 1. — Саранск, 2007. — С. 167.. 2022-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-aprel.
- ↑ Арутюнов А. А. . „Досье Ленина без ретуши“. — Глава 1: Родословная Владимира Ульянова. 2017-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-may.
- ↑ Shaginyan M. S. Semya Ulyanovix. Ocherki. Stati. Vospominaniya. — M.: Goslitizdat, 1959. — 626 s.
- ↑ „Музей истории города“. 2024-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-dekabr.
- ↑ On the Benefits of Meteorological Observations and Some Conclusions on Their Use for Penza (O polze meteorologicheskix nablyudeniy i nekotorie vivodi iz nix dlya Penzi) and On Thunderstorm and Lightning rods (O groze i gromootvodax).
- ↑ „Церковь, где венчались родители В.И. Ленина — Сообщество «Драйвер-Путешественник» на DRIVE2“ (ru). www.drive2.ru (2016-yil 21-avgust). Qaraldi: 2024-yil 10-may.
- ↑ 14,0 14,1 „Владимир Ильич Ленин (1870–1924)“ (Russian). Uniros.ru. 2012-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-avgust.
- ↑ „Источник“. ras.ru. Российская академия наук. 2024-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-fevral.
- ↑ „Богоявленская церковь“. simbir-ul.narod.ru. Qaraldi: 2024-yil 11-may.
- ↑ Adam Bruno. The Bolsheviks: the intellectual and political history of the triumph of communism in Russia : with a new preface, revised, Harvard University Press, 2009 — 8-bet. ISBN 9780674044531.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Мариэтта Шагинян. Семья Ульяновых : тетралогия. Москва: Советский писатель, 1988 — 637-bet. ISBN 5-265-00445-9. Qaraldi: 13-may 2024-yil.
- А. Арутюнов. Досье Ленина без ретуши. Москва: Вече, 1999 — 654-bet. ISBN 5-7838-0530-0.. Qaraldi: 13-may 2024-yil.
- Dmitriy Antonovich Volkogonov. Lenin . — Moskva: Novosti, 1994. 13-may 2024-yilda qaraldi.
- Ульянова М.И.. О В.И. Ленине и семье Ульяновых : Воспоминания. Очерки. Письма. Москва: Политиздат, 1989 — 383-bet. ISBN 5-250-00661-2. Qaraldi: 13-may 2024-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Ilya Ulyanov haqida turkum mavjud |