Bolsheviklar
Qiyofa
Bolsheviklar (ruscha: большевики — koʻplar) — Rossiya sotsialdemokratik ishchilar partiyasi (RSDRP) da Lenin boshchilik qilgan siyosiy oqim (fraksiya) vakillari. 1917-yil apreldan mustaqil siyosiy partiya tuzishgan (qarang Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi). Bolsheviklar tushunchasi RSDRP 2syezdida (1903) Lenin tarafdorlari partiya rahbar organlariga saylovlarda koʻpchilik ovoz olganidan soʻng yuzaga kelgan. Shu sababli ular — bolshevik, kam ovoz olgan raqiblari esa — menshevik deb yuritila boshlagan. Bolsheviklar mamlakatda totalitaristik siyosat yuritgan. Bolsheviklar soʻzi 1917-1952-yillarda RSDRP (b), RKP (b), VKP (b) deb atalgan partiyaning rasmiy nomlarida ishlatilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |