Ibrohim
Abraham | |
---|---|
אַבְרָהָם | |
Ibrohim Hojar va Ismoilni quvib chiqardi (1657) Giovanni Francesco Barbieri tomonidan chizilgan | |
Unvoni | Ibrohim |
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | |
Turmush oʻrtoq(lar)i |
Sora Hojar (misrlik kanizak) Qunturo (kanizak) Hajun |
Farzandlari | |
Ota-onasi | |
Tanilgan sohasi | Ibrohim turli dinlarda: Yahudiylar xalqining anʼanaviy asoschisilaridan biri[1][2], Xristianlarning ruhiy ajdodi[3], asosan, Islom dini paygʻambari[4] |
Qarindoshlar |
Eng yaqinidan uzogʻigacha:
|
Ibrohim (arabcha: ابراهيم) — Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri, oʻzidan keyin oʻtgan barcha paygʻambarlarning bobokaloni, arablar va yahudiylarning umumiy ajdodi. Allohning chin doʻsti (halilulloh), imom, siddiq va hanif deb taʼriflanadi. Yahudiy-xristian diniy adabiyotlarida Avraam nomi bilan maʼlum. Bobilda tavallud topgan. Yolgʻiz Allohga ibodat qilgan. Otasi Ozor va qavmlarni ham ana shunga daʼvat qilgan. Ular bilan bahslashgan, ammo ishontira olmagach, otasi va qavmlari sigʻinib yurgan hamma butlarni sindirib tashlagan. Shu sababli uni yondirib yubormoqchi boʻladilar. Ammo u Alloh irodasi bilan olovdan sogʻ-salomat chiqqanligi Qurʼonda bayon qilingan.
Qurʼonda yozilishicha, Alloh Ibrohimga qariganda ikki farzand bergan. Bular Ismoil va Isʼhoq lardir. Ismoil Muhammadning katta bobosi, Isʼhoq esa Iso va undan avval oʻtgan paygʻambarlarning katta bobosidir. Makkai mukarramada Baytulloh (Allohning uyi) ning bunyod boʻlishi, islom arkonlarining besh farzi — haj qilish Ibrohimga borib taqaladi. Kaʼbadagi „Ibrohim joyi“ („Ibrohim maqomi“) musulmonlar ziyoratgohidir. Diniy adabiyot yagona xudoga eʼtiqod qilish, qurbonlik uchun odam oʻrniga jonivor soʻyish, xatna qilishni Ibrohim. nomi bilan bogʻlaydi.
Manbalarda Ibrohimning 175 yil umr koʻrganligi, oʻgʻillari uni Madinatul Xalil (Xevron, Falastin) ga dafn etganligi yozilgan. Bu qabr ziyoratgoh hisoblanadi[5].
Ibrohim (alayhissalom) to‘g‘risidagi qissa Qur'oni karimning ko‘pgina suralarida, jumladan, Baqara, Oli Imron, An'om, Tavba, Hud, Ibrohim, Hijr, Nahl, Maryam, Anbiѐ, Haj, Shuaro, Ankabut, Soffot, Zuxruf, Zoriѐt va boshqa suralarda hikoya qilinadi. Ibrohim (alayhissalom)ning ismlari Qur'oni karimning yetmishga yaqin joyida zikr qilinadi.
Ibrohim (alayhissalom)ning nasablari Nuh (alayhissalom)ga borib taqaladi. Ibn Kasir «Al-Bidoya van-nihoya» nomli kitoblarining birinchi jildi, 15- sahifasida uni quyidagicha keltiradilar: Ibrohim ibn Tasaruh ibn Nohud ibn Sorug‘ ibn Ro'av ibn Folig‘ ibn Obir … ibn Som ibn Nuh (alayhissalom).
Nuh (alayhissalom) bilan Ibrohim (alayhissalom) o‘rtalaridagi muddat 3000 yildan ziyodroqni tashkil etadi.
Ibrohim (alayhissalom) Iroqning Bobil yerida dunyoga kelganlar. Ibn Kasir aytadilar: Ibn Asokir Ikrimadan rivoyat qiladilar: Ibrohim (alayhissalom)ning kunyalari «Abu Zoyfan» («Mehmonlar otasi») edi. Aytishadiki: otalari Tasoruhning yoshi ellik yettiga kirganda Ibrohim, Nohur va Horon ismli o‘g‘il ko‘radi. Bularning orasida Ibrohim (alayhissalom) o‘rtanchasi edilar. Tasoruhning Horon ismli o‘g‘lidan Lut (alayhissalom) dunyoga keldilar. Horon otasi hayotlik chog‘ida Kaldon yerida vafot etadi. Bu siyrat ahli va tarixchilar nazdida eng mashhur, sahih xabar hisoblanadi. Ba'zi manbalarda
Ibrohim (alayhissalom) Damashqning G‘uta vodiysida tug‘ilganliklari aytilgan. So‘ngra Ibrohim o‘z otalari bilan Kaldondan Kan'onga hijrat qiladilar. Shundan keyin Horonda qo‘nim topadilar, u yerda Horon podshohining qizi Soraga uylanadilar. Bu qavm yulduzlarga sig‘inar edi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Levenson 2012, s. 3.
- ↑ Mendes-Flohr 2005.
- ↑ Levenson 2012, s. 6.
- ↑ Levenson 2012, s. 8.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Payg'ambarlar tarixi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |