Gujarot tili
Gujarot tili | |
---|---|
Milliy nomi | ગુજરાતી |
Mamlakatlar | Hindiston[1] |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 56 400 000 |
Alifbosi | Gujarati |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | gu[2] |
ISO 639-2 | guj[2] |
ISO 639-3 | guj[2] |
Gujarot tili yoki gujarotiy — hind-yevropa tillari oilasining hind guruhiga mansub til. Hindistonning Gujarot shtatining rasmiy tili, Maharashtra shtatiga tutash hududlarda ham tarqalgan. Unda 47 mln. dan ziyod kishi soʻzlashadi (1990-yillar oʻrtalari). 3 asosiy dialektga ajraladi: shim. (yoki ahmadobod); gʻarbiy (yoki katxiyavar); jan. (yoki surat). Soʻz yasalishi suffiks, prefiks va soʻzlar qoʻshilishi asosida yuz beradi. G.t. fonetikasida old qator unlilarda va sonantlar (u) palatallashuvi uchramaydi. G.t.da 6 ta oʻziga xos kelishik mavjud (vositasiz, egalik, obʼyektli, vositali, ayiruvchi, oʻrin). Bundan tashqari, 2 ta son (birlik, koʻplik) bor. Feʼl shaxs, son, jins, zamon, mayl (aniqlik, buyruq, gumon, istak) kategoriyalariga, shuningdek, bulardan tashqari (oʻtimli va oʻtimsiz feʼllarda yuzaga chiqadigan) majhullik, aniqlik nisbatlariga ega. Ega gapning boshida, kesim esa oxirida keladi. G.t. lugʻat tarkibida sanskrit, fors, arab tillaridan oʻzlashgan soʻzlar anchagina. Keyingi vaqtda ingliz tilidan baʼzi soʻzlarning oʻzlashishi ham kuzatilmoqda. Gujarot alifbosi devanagari yozuviga juda yaqin.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil