Myanma
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Burma (Myanmar) Birlashmasi | |
---|---|
Shior: Y'o`q | |
Madhiya: ကမ္ဘာမကျေ Kaba Ma Kyei | |
Poytaxt | Neypido |
Rasmiy til(lar) | Burma tili |
Hukumat | Harbiy To`ntarish |
Katta Polkovnik Than Shve | |
Soe Win | |
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan) | |
• Sana |
4-yanvar 1948 |
Maydon | |
• Butun |
678,500 km2 (40-oʻrin) |
• Suv (%) |
3.06 |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
42,909,464 (29-oʻrin) |
• Zichlik | 71.1/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$76,360 mil. (64-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$1,780 |
Pul birligi | Kyat (MMK) |
Vaqt mintaqasi | UTC+6:30 |
• Yoz (DST) |
UTC+6:30 |
Qisqartma | BM |
Telefon prefiksi | 95 |
Internet domeni | .mm |
|
Myanma, Myanma Ittifoqi Respublikasi (Republic of the Union of Myanmar) — Janubiy-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy yarim orolning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan davlat. Maydoni 678,5 ming km². Aholisi 42 mln. kishi (2002). Poytaxti — Neypido shahri Maʼ-muriy jihatdan 7 millim viloyat va 7 maʼmuriy viloyatga boʻlinadi.
Davlat tuzumi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Myanma — respublika. 1994-yil 9-apreldagi Myanma Ittifoqi Respublikasi konstitutsiyasi amal qiladi. Konsti-tutsiyaga binoan, davlat boshligʻi — prezident, qonun chiqaruvchi hokimiyat — Millat majlisi; ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Parlament saylovigacha davlat va qonun chiqaruvchi hokimiyatning oliy organi Tinchlik va taraqqiyot davlat kengashidir.
Davlat toʻntarishi va namoyishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davlat toʻntarishiga 2020-yil noyabr oyida boʻlib oʻtgan parlament saylovlari paytida saylovchilar roʻyxatlarining soxtalashtirilishi sabab boʻlgan[1]. Harbiylarning saylovlardagi firibgarlikni tekshirish boʻyicha talablariga saylov komissiyasi, prezident va parlament javob berishdan bosh tortgan. Shu bois harbiylar hokimiyatni egallashga va demokratiya nomidan favqulodda holat joriy etishga qaror qilgan[2]. Saylovlarda rahbarlari harbiylar tomonidan hibsga olingan hukmron «Milliy Liga demokratiya uchun» partiyasi gʻalaba qozongan. Natijada hokimiyat Myanma qurolli kuchlarining bosh qoʻmondoni Min Aun Xlaynga oʻtgan.
2021-yil 1-fevral kuni harbiylar Myanmadagi hokimiyatni qoʻlga kiritishdi va boshqalar qatorida Prezident Vin Min va Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori, davlat maslahatchisi Aun San Su Jini hibsga olishdi. Mamlakatda favqulodda holat eʼlon qilindi. Harbiy toʻntarishdan soʻng fevral oyining boshida ommaviy norozilik va ish tashlashlar boshlangan Myanmada internet deyarli butunlay uzib qoʻyildi.
Xavfsizlik xizmati xodimlari yakshanba kuni shimoliy Kachin shtati poytaxti Michina shahrida namoyishchilarni tarqatib yuborish paytida oʻq uzishgan. Baʼzi yirik shaharlarda, shu jumladan Yangonda harbiy texnikadan foydalanilgan[1]. Hokimiyatning harbiylar tomonidan egallab olinishiga rozi boʻlmagan aholi ommaviy ish tashlash oʻtkazdi. Bozorlar va supermarketlar, shuningdek, yirik savdo markazlari butun mamlakat boʻylab oʻz faoliyatini toʻxtatdi[3].
2021-yil 3-mart sanasi Myanmada harbiylar hokimiyatni qoʻlga kiritgan 1-fevraldan buyon qayd etilgan eng qonli kun boʻldi. Mamlakatda harbiy toʻntarish boshlanganidan buyon hammasi boʻlib 38 kishi vafot etgan, 1200 dan ortiq odam hibsga olingan. Birgina 3-mart kuni namoyishchilarni tarqatish paytida xavfsizlik kuchlari kamida 23 kishini otib oʻldirgan, 100 ga yaqin odam jarohat olgan, oʻldirilganlarning aksariyati boshidan oʻq yegan[4].
1-fevraldan buyon hukumatning harbiylar tomonidan egallab olinishiga qarshi oʻtkazilayotgan namoyishlarda kamida 840 kishi halok boʻldi. Namoyishlarni bostirish paytida minglab odamlar jarohatlangan, harbiylarning hokimiyatda qolishiga qarshi oʻz noroziligini bildirgan 4500 ga yaqin fuqaro, jumladan, siyosatchilar, inson huquqlari himoyachilari, jurnalistlar, oʻqituvchilar hibsga olingan[5].
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Myanma — asosan, togʻli mamlakat. Eng baland joyi 5881m (Khaqaborazi togʻi). Sharqida Shan togʻligi va uning dengiz boʻyigacha choʻzilgan tizmalari, gʻarbida Rakxayn (Arakan-Yoma), Patkay va boshqa tizmalar bor. Togʻlarning zamini kembriygacha paydo boʻlgan kristalli va choʻkindi jinslardan tarkib topgan. Iravadi tekisligi quruqlik, daryo, koʻl va dengiz yotqizik^lari qoplagan depressiyadan iborat. Muhim qazilma boyliklari: neft, qalay, volfram, kumush, mis, qimmatbaho toshlar, qoʻrgʻoshin va pyx, tabiiy gaz va boshqa Iklimi issiq, oʻzgaruvchan nam iqlim. Eng issiq oy — aprelning oʻrtacha temperaturasi 30—32°, yanvar niki 13—15° dan (shimolda) 20—25° gacha (janubda); togʻlarning shamolga roʻpara yon bagʻirlariga 6000– 6500 mm gacha yogʻin tushadi. Seryogʻin oylari iyun—oktabr Mart va aprel eng qurgʻoqchil va issiqoylardir. Daryolari musson yomgʻirlari mavsumida toʻlib oqadi. Har yili toshqinlar boʻlib turadi. Eng katta daryolari — Iravadi, Saluin. Koʻl kam, eng yirik koʻli — Inle. Togʻli joylarda tarkibida oziq moddalari kam oʻrmon tuproklari, sariq-qoʻngʻir va kizil tuproklar tarqalgan. Qurgʻoqchil markaziy viloyatlarda yuvilgan qizgʻishqoʻngʻir tuproklar, savanna tuproklari, shuningdek, jigarrang tuproklar koʻproq uchraydi.
Hududining 60% oʻrmon. Togʻlarning seryogʻin quyi mintaqalarida doim yashil tropik oʻrmonlar (palma, bambuk, kashtan, sarv, qaragʻay va boshqalar), yuqorirokda dub, 1200 m dan boshlab igna bargli oʻrmonlar, butazorlar, oʻtloklar, tekisliklarda barg tashlaydigan tropik oʻrmonlar, ayrim joylarda tik daraxti oʻrmonlari, savannalar, daryo deltalari hamda sohillarida mangra chakalakzorlari bor. Hayvonlardan maymun, bugʻu, tapir, jayra, pantera, mangusta, yoʻlbars, boʻrsiq, fil va ayiklar yashaydi. Har xil parranda, sudralib yuruvchilar va baliq koʻp.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Myanma — koʻp millatli davlat. U yerda 76 ga yaqin millat va elat bor. Myanma (birmaliklar), karen, shan, chin, kachin, mon va boshqa xalqlar yashaydi. Hindlar, xitoylar, yevropaliklar (asosan, inglizlar) ham bor. Aholi notekis joylashgan. Rasmiy tili — myanma tili. Dindorlari, asosan, buddaviylar (70%),hindu va xristian jamoalari ham bor. Yirik shaharlari: Yangon, Mandalay, Molamyan.musulmonlarni 2017 yilda qirib otib vaxshiylarcha uldirishgan
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Myanmadagi eng qad. arxeologiya yodgorliklari quyi paleolit davriga oiddir. Neolit davrida hozirgi mon xalq-ining ajdodlari — monkxmerlar qabilasi yashagan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikda shimoldan tibetbirma qabilalari kelib oʻrnashgan. Mil. boshlaridan bu yerda shahardavlatlar paydo boʻla boshladi (Arakan, Shrikshetra, Ramanadas va boshqalar). 7—9-asrlarda Iravadi vodiysiga. Xitoyning shimoli-gʻarbi va janubiy -gʻarbidan hozirgi myanmaliklarning ajdodlari koʻchib kelgan. Myanmalar 9— 12-asrlardan bir butun xalq sifatida tashkil topa boshladilar. 11 —13-asrlarda Myanma hududida Pagan davlati mavjud boʻlib, budda dini qaror topdi. Arxeologiya qazilmalari va tarixiy manbalarning guvoxlik berishicha, Pagan davlatida dehqonchilik, hunarmandchilik, diniy adabiyot, musiqa, sheʼriyat, naqqoshlik sanʼati, meʼmorlik rivoj topgan. 13-asr oxiriga kelib, Pagan davlati tanaz-zulga uchray boshladi. Ichki ziddiyatlar, oʻzaro nizo va janglar, moʻgʻullar bosqini Pagan inqirozini tezlashtirdi. Myanma yana mayda davlatlarga boʻlinib ketdi. 14—17-asrlarda tarqoq davlatlar oʻrtasida kurash kuchayib, natijada Ava davlati boshqa davlatlar ustidan gʻolib chiqdi. 16-asrdan Myanmada yevropalik (portugal, golland, ingliz) savdogarlar va istilochilar paydo boʻldi.
18-asr 2-yarmida yuqori Myanmada Konbaunlar davlati paydo boʻldi. U qoʻshni mayda davlatlarni oʻziga boʻysundirdi. Konbaunlar davlatida tarqoqlik tugatildi. Barcha yerning davlat mulkiga aylanishi markazlashgan hokimiyatning asosiy moddiy negizi boʻlib qoldi. Konbaunlar davlati Hindixitoydagi eng kuchli davlatga aylandi. 1785-yilda Arakan, 19-asr 1-yarmida Manipur va Assam Myanmaga qoʻshib olindi. Bu davrda madaniyat, sanʼat va adabiyot rivojlandi. Hashamatli qasr va saroylar, ma-hobatli budda ibodatxonalari qurildi, birinchi teatr, bosmaxona tashkil etildi. 19-asr dan ingliz mustamlakachilari Myanmani bosib olishga kirishdilar. 1824-yil 5-martda Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi Myanmaga qarshi urush boshladi. Arakan, Tensarim viloyatlarini bosib oldi. Pekin inglizlar kattik, qarshilikka duch kelib, urushni davom ettirolmadilar. 1852-yil mamlakatda mon, shan va karen xalqlari gʻalayon koʻtardi. Shu vaqtda Ost-Indiya kompaniyasi Myanmaning Pegu viloyatini egalladi. 1885-yil inglizlar mustaqil Ava davlatini yengib, butun Myanmani oʻz mustamlakasiga aylantirdi va uni Britaniya Hindistoni tarkibiga qoʻshib oldi. Mustamlakachilar barcha hosildor yerlarni tortib olib, milliy boyliklarni taladi. Bunga javoban milliy ozodlik harakati avj oldi. 1920-yil talabalarning Yangondagi birinchi gʻalayoni myanmalarning milliy ozodlik qarakati rivojlanishiga turtki boʻldi. 1930—32 yillarda mustamlakachilar va mahalliy hukmdorlarga qarshi katta gʻalayonlar boʻlib oʻtdi. Milliy ozodlik harakati 30-yillarning 2-yarmida butun mamlakatga yoyildi.
Mustamlakachilar xalq gʻalayonlarini toʻxtatish maqsadida Myanmani Britaniya Hindistoni tarkibidan ajratdilar (1937). Lekin bu tadbir milliy ozodlik harakatining rivojlanishiga toʻsqinlik qilolmadi. 1942-yilda Myanmani Yaponiya bosib oldi. Myanma xalqi yapon bo-sqinchilariga qarshi kurashdi. 1944-yilda Myanma xalqining milliy qaxramoni Aun San Xalq ozodligi antifashist ligasini tuzdi. Aun San va Ne Vin boshchiligidagi Milliy armiya va xalq lashkarlari bosqinchilarga qarshi qurolli qoʻzgʻolon koʻtardilar. Yaponlar mamlakatdan quvib chiqarildi (1945). Angliyalik mustamlakachilar Myanma hukumati rahbarlariga qarshi suiqasd uyushtirib, Aun San va uning bir necha safdoshini oʻldirdilar (1947). Shunga qaramay, vatanparvarlar ichki va tashqi reak-siyaga qarshi kurashni yanada kuchaytirdilar. Nihoyat, Angliya Myanma milliy mustaqilligini tan olishga majbur boʻldi va taʼsis majlisi oʻtkazishga rozilik berdi (1947-yil yanvar). 12-fevralda Myanmadagi turli xalqlar vakillari Panlone kon-ferensiyasida mustaqil davlat — Birma Ittifoqini tuzish toʻgʻrisida kelishib oldilar (1989-yilgacha mamlakat shu nom bilan ataldi). 1947-yil 24-sentabrda boʻlib oʻtgan taʼsis majlisi Myanma konstitutsiyasini qabul qildi. 17-oktabrda imzolangan shartnomaga binoan, Myanma Britaniya imperiyasidan chiqsi. 1948-yil 4-yanvarda rasmiy ravishda mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. U Nu rahbarligida hukumat tuzildi. 1962-yilda bir guruh zobitlar davlat toʻntarishi oʻtkazdi. Hukumat general Ne Vin boshchiligidagi Inqilobiy kengash qoʻliga oʻtdi. 1988-yil mart— avgust oylaridagi ommaviy xalq gʻalayonlari natijasida Ne Vin va uning tarafdorlari isteʼfoga chikdi. Oʻsha yil 18-sentabrda harbiy toʻntarish boʻlib, hokimiyat Qonuniylik va tartibni tiklash Davlat kengashi qoʻliga oʻtdi. 1992-yildan kengashga rahbarlik qilib kelayotgan general Tan Shve mamlakatda parlament saylovi oʻtkazilgandan keyin hokimiyatni fuqaro hukumati qoʻliga topshirishini bildirgan.
Myanma —1948-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasibilan diplomatiya munosabatlari 2001-yil fevralda oʻrnatilgan. Milliy bayrami — 4-yanvar — Mustaqillik kuni (1948).
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqozodligi antifashist ligasi, 1945—47 yillarda mustamlakachilarga qarshi xalq kurashiga boshchilik qilgan, 1988-yilda qaytadan tuzilgan; Demokratik partiya, 1988-yilda tashkil etilgan; Xalq demokratik partiyasi, 1988-yilda asos solingan; Demokratiya uchun milliy liga, 1988-yilda tuzilgan; Milliy birlik partiyasi, 1962-yilda tashkil etilgan, 1988-yilgacha Birma so-sialistik dasturi partiyasi deb atalgan. Dehqonlar birligi tashkiloti kasaba uyushmasi, 1969-yilda tuzilgan Markaziy xalqdehqonlar kengashi negizida 1977-yilda tashkil etilgan; Ishchilar birligi tashkiloti kasaba birlashmasi, 1977-yilda tuzilgan; Myanma kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1988-yilda asos solingan.
Xoʻjaligi va sanoati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Myanma — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi E,7s, sanoatning ulushi — 8,7%. Kddimdan sholi yetishtirish bilan mashhur (yiliga 13 mln. tonna). Aholining 2/3 qismidan koʻprogʻi qishloq xoʻjaligida band.
Qishloq xoʻjaligi Myanma iqtisodiyotining negizidir. Sholikorlik, asosan, Myanma janubda rivojlangan. Bugʻdoy, tariq, makkajoʻxori, yer yongʻoq, kunjut, dukkakli ekinlar ham yetishtiriladi. Bogʻlar (sitrus mevalar, banan, ananas, mango), poliz ekinlari, choy plantatsiyalari, shakarqamish, tamaki, gʻoʻza ham anchagina maydonni egallaydi. Ayrim qishloq xoʻjaligi ekinlaridan 2—3-marta hosil olinadi. Chorvachiligida koramol, choʻchqa, parranda boqiladi. Koramol va fillardan oʻrmonlarda yogʻoch tashishda foydalaniladi. Ichki suv havzalari va dengizda baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda qimmatbaho (ayniqsa, tik va kauchuk) daraxtlar koʻp.
Sanoatida konruda, neft qazib olish, energetika, oziq-ovqat va toʻqimachilik tarmoqlari asosiy oʻrin oladi. Qoʻrgʻoshinrux kombinati, neftni qayta ishlash va metallurgiya zavodlari bor. Yiliga oʻrtacha 3 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Iravadi daryosining yuqori oqimi, Rakxayn (Arakan) tizmasi, Pegu togʻlari, Shan platosining gʻarbiy va janubiy qismlarida yogʻoch tayyorlanadi. Dengiz portlari va yogʻoch oqiziladigan daryo boʻylarida taxta tilish va yogʻochsozlik korxonalari qurilgan. Neft, tabiiy gaz, kumush, qalay, rux, mis, qoʻrgʻoshin va qimmatbaho tosh qazib olinadi. Asosiy sholi oqlash markazlari: Yangon, Basseyn, Pegu, Xintada, Molamyan. Toʻqimachilik sanoati Yangon, Inseyn va Meyt-xiladagi davlat va xususiy korxonalardan iborat boʻlib, ularda shoyi va ip gazlama, qopqanor, neylon gazlamalar ishlab chiqariladi. Kemasozlik, avtomobil va traktor yigʻish, sement va sovungarlik zavodlari bor. Hunarmandchilik rivojlangan.
Mamlakatga chetdan mashina va asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, xom ashyo va materiallar, oʻgʻit, oziq-ovqat keltiriladi. Dengiz va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, yogʻochtaxta, rangli metallar, qimmatbaho toshlar eksport qilinadi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Xitoy, Tailand, Singapur, Hindiston, Yaponiya, Gonkong, Malayziya va Yevropa hamjamiyati mamlakatlari. Pul birligi — kyat (mahalliy nomi — chja).
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻllar uz. 3,1 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 23,5 ming km. Daryo va dengizlarda kema qatnaydi. Eng koʻp yuk Iravadi daryosida tashiladi. Yangon—Tuante, Pegu—Sita-un kanallarida ham kema qatnaydi. Asosiy portlari: Yangon, Basseyn, Molamyan, Situe. Poytaxtida xalqaro aeroport bor.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Myanmada bir qancha gaz. va jurnallar nashr etiladi. Asosiylari: "Botataun" ("Ilgʻor", myanma tilida chikadigan kundalik gazeta, 1958-yildan), "Gardian" ("Posbon", ingliz tilida chiqadigan oylik gazeta, 1953-yildan), "Myanma Alin" ("Yangi Myanma nuri", ingliz va myanma tillarida chikadigan kundalik gazeta, 1963-yildan), "Dochaunda" ("Bizning talaba", myanma tilida chikadigan yoshlar oylik jurnal), "Myavadi" (joy nomi, myanma tilida chiqadigan adabiybadiiy jurnal, 1952-yildan), "Pati-yeyya" ("Partiya turmushi", myanma tilida chikadigan oylik jurnal, 1964-yildan). Myanma axborot agentligi (MNA) hukumat xizmati boʻlib, 1963-yilda tuzilgan. Myanma radio va televizion xizmat 1946-yilda tashkil etilgan. Televideniye (rangli) 1980-yildan ishlay boshlagan.
Adabiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mil. boshlariga oid palma yaprokdari, toshlarga bitilgan sheʼriy va nasriy yozuvlar Myanmaning kad. adabiy anʼanalaridan darak beradi. Myanma adabiyotining paydo boʻlishi va shakllanishi 9—13-asrlargatoʻgʻri keladi. 14— 16-asrlarda Myanma mumtoz sheʼriyati rivojlandi. Shin Maxatilavunta, Shin Ma-haratatara, Shin Oun Nouning diniy dostonlarida oʻsha davr hayoti, tabiat goʻzalligi aks ettirilgan. Navadeyja, Natshinnaun, Taunbila Sxayado (16— 17-asrlar) sheʼriy shakllarni (mogun, pou, echxin va hokazo) takomillashtirdilar. 18-asrning 2-yarmi va 19-asrda mumtoz sheʼriyat anʼanalarini davom ettirgan U Toy, Levetoundara kabilar sheʼriyatda samarali ijod qildilar. 18-asrda pali, sanskrit, hindi tillaridan tarjimalar qilindi. 18-asr oxirida milliy dramalar shuhrat qozondi. Shoir, harbiy boshliq U. Sa Tailand eposi va xalq rivoyatlari asosida dramalaryozdi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Myanma adabiyotida Jeyms Xla Jo, U Ji, U Lat kabi adiblar yangi roman janrini rivojlantirdilar. Hozirgi zamon romanlarining paydo boʻlishi Pi Mou Nin nomi bilan bogʻliiq ("Kechki quyosh"). Max Sxvey romanlarida ("Onamiz") ijtimoiy mavzular aks ettirilgan. 20-asrning 1-yarmi adabiyotida xalqning mustamlakachilik zulmiga qarshi ozodlik kurashi ifodalangan. Vatanparvarlik harakati tashkilotchilaridan biri yozuvchi Takin Kodo Xmayndir. U Ba Chxou, U Yan Aun kabi adiblar ijodida jamiyat hayotining turli tomonlari ochib berilgan. Koʻp yozuvchilar buddizmni tashviq qildi. Myanma mustaqillikka erishgach (1948), yozuvchilar adabiyotni yangi gʻoya va mavzu bilan boyitdilar (Da-goun Taya, Tin Mou). Turli avlodga mansub adiblar (Ma Ma Le, Aun Lin va hokazo) jahon adabiyoti tajribasi va Myanma nasrchiligining eng yaxshi anʼanalari negizida badiiy shakllarni ta-komillashtirdi, muhim ijtimoiy, axloqiymaishiy muammolarni koʻtarib chikdi. Adabiyotda vatanparvarlik, tinchlik uchun kurash, yangi jamiyat qurish kabi yetakchi mavzular keng oʻrin olgan.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taton, Pi kabi qad. shaharlardagi arxeologik qazishlar natijasida to-pilgan Budda ibodatxonalarining harobalari va bronza buyumlarida hind meʼmorligi hamda sanʼatining taʼsiri koʻzga tashlanadi. Pagan va boshqa shaharlarda oʻrta asrlarga oid koʻpgina sanʼ-at va meʼmorlik yodgorliklari saqlangan. Ananda (1090), Dhamayand (1160), Tabinyu (1144) ibodatxonalari qurilgan. Yodgorliklar mahobatli boʻlib, murakkab jimjimador bezaklarga boy, serxasham. Pagandagi ibodatxonalar yonida qad. kitoblar saqlanadigan kutubxona (tayk)lar boʻlgan. Bulardan eng mashquri Pitakatteykdir (1508). Keyingi davrda qurilgan binolarning meʼmoriy tuzilishida oʻrta asr binolariga nisbatan yangilik yoʻq, faqat hajmining kattaligi bilan farqlanadi. Ular qad. stupalar yoniga qurilgan. Masalan, Yangondagi Shuedagoun stupasi oʻzining ziynatli bezaklari, kattaligi bilan mashhur. Bu Osiyodagi eng baland (107 m) va katta (70000 m2) binolardan biri. U qanotli sherlar, koʻp boshli ilonlar tasviri bilan bezatilgan. Yogʻoch bezaklar ustiga tilla suvi yugurtirilgan. Keyingi yillarda milliy va chet ellik meʼmorlarning loyihalari asosida zamonaviy binolar qurshshi. Myanma haykaltaroshligi (asosan, Budda haykallari)da nafislik va noziklik koʻzga tashlanadi. Hozirgi zamon tasviriy sanʼati, ayniqsa, rassomchiligida milliylikka ahamiyat berilgan (rassom U. Kin Maun, haykaltarosh U Xan Tin va boshqalar). Myanma xalq amaliy sanʼatida uymakorlik, kashtachilik va boshqa mashhur.
Musiqasi teatr va raqslar bilan bogʻliq. Uning manbai kad. diniy marosimlarga borib takaladi. Buddaviylikdan ancha oldin (9-asr) cholgʻu musiqa shakllangan. Pagan davlati (11 — 13-asrlar) davrida yuksak rivoji diniy pagoda (qasr) devorlaridagi suratlarda raqqoslar bilan mashshoqlar ifodasida tasvirlangan. Xitoy yilnomalarida esa qoʻshiq va raqslar bilan musika asboblarining tasviri va tavsifi berilgan. Ommalashgan Myanma orkestri — saynvayn 1538-yilda paydo bulgan; to-vushqatori boʻyicha doyra urtasiga terib osilgan 21 baraban (patsayi), ta-yoqcha bilan urib chalinadigan 18 gong, surnaysimon xne, kattakichik zillar (lingvin va kxekvin), 13 eshma ipak tor urnatilgan qayiq shaklidagi arfa — saun, timsoh shaklidagi 3 torli chertma — tounlounsaun, bugʻ shaklidagi potauku, chang shaklidagi pattala, xilma-xil qungʻiroqchalar, tartarak kabi asboblar. Qoʻshiqchi raqqoslar qadimda koʻproq jangovar taronalar ijro qilishgan. Keyingi vaqtda zamonaviy professional musiqa sanʼati rivojlana boshladi. Yangon va Mandalay shaharlarida davlat musiqa va drama maktablari ochilgan. Bu yerda mumtoz myanma va yevropacha musiqiy anʼanalar urganilib, ijodiy rivojlantirilayotir.
Teatri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Myanmada teatr tomoshalari azaldan diniy marosim va xalq bayramlarining tarkibiy qismi bulgan. Xalq sayillari va intermediya shakllari diniy udumlar va mehnat jarayonlaridan kelib chiqqan. Teatr haqidagi dastlabki maʼlumot 11-asrga oid. Oʻsha davrda qoʻshiq va rake ishtirokidagi musiqiy intermediya, pantomima urf bulgan. Dabdabali diniy tomoshalarga asta-sekin hajviy sahnalar kiritila boshlagan. 15-asrda ertak va diniy rivoyatlarni jonlantiruvchi "nibatking" (misteriya), 16-asrda qoʻgʻirchoq teatri, 18-asr oxirida saroy teatri paydo buddi, yangi janr — "pyaza" shakllandi. Xalq teatrida saqna, parda va dekoratsiyalar bulmas, tomoshabinlar bordon ustida yoki yerda utirishar, zodagonlar tomo-shani tepalikdan kurishar edi. Aktyorlarning liboslariga alohida eʼtibor berilar: qirol, mulozim, rohib va boshqalarlarning kiyimi risoladagidek bulishi shart edi. Teatrga Xitoy va Xindiston sanʼatiningtaʼsiri kuchli bulgan. 19-asr oxirida Yangonda birinchi doimiy teatr binosi qurildi. Myanma mustaqillikka erishgach, barcha yirik shaharlarda koʻchma teatrlar, qishloq joylarda havaskor xalq teatrlari tashkil etildi. Aktyorlar davlat musiqa va drama maktablarida tayyorlanadi.
Kinosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1918-yilda suratxona egasi U On Maun "Byorma film kompaniya" firmasini tashkil etib, "Muhabbat va sharob" filmini suratga oldi (1920). 20-yillarda Yangonda bir necha kinokom-paniyalar vujudga keldi, ular Budda rivoyatlari mavzuidagi kartinalar, melodrama va komediyalar, sarguzasht filmlar chikardilar. 1932-yilda birinchi ovozli film — "Pul sotilmaydi" (rejissyor D. Natshin) suratga olindi. 2ja-hon urushidan oldingi filmlarda in-gliz mustamlakachilariga qarshi kurash ruhi yaqkrl aks etdi. Ikkinchi jahon urushi va yapon okkupatsiyasi davridagi vayronagarchilik, mustaqillikning dastlabki yillaridagi ichki qurolli mojarolar oqibatida kino ishlab chiqarish yaxshi rivoj topmadi. 60-yillarda xususiy kinostudiyalar mahsulotida koʻngilochar filmlar us-tunlik qildi. 1966-yilda davlat kino-kompaniyasi "Sevikli diyor" badiiy filmini yaratdi. Keyingi yillarda ekranga chikarilgan lentalar orasida "Zamonaning zayli" (rejissyor Maun Mo Min), "Yurak tilga kirdi" (rejissyor Tu Kxa), "Muhabbat chamanzori" (rejissyor Yey Van Maun Ji), "Sen bilan faxrlanaman" (rejissyor U Pxo Xan), "Bashorat" (rejissyor Pan Ta Tin) kabi badiiy filmlar eʼti-borga sazovor. Myanmada yiliga 30 dan ziyod badiiy film ishlab chiqariladi.[6]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Мьянмада норозилик намойишлари туфайли интернет узиб қўйилди“. Bugun.uz. 2021-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 15 февраль. (Wayback Machine saytida 2021-07-14 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Myanmar general pledges again to hold new election as anti-coup protests grow“. Reuters. Qaraldi: febryary 8, 2021.
- ↑ „Мьянмада 3 март намойишлар бошлангандан буён қайд этилган энг қонли кун бўлди — БМТ“. Bugun.uz. 2021-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 4 март. (Wayback Machine saytida 2021-07-14 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Мьянмада оммавий иш ташлаш бошланди, юз минглаб одамлар кўчаларга чиқди – фоторепортаж“. Bugun.uz. 2021-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 23 февраль. (Wayback Machine saytida 2021-07-14 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Мьянмада ҳукуматнинг ҳарбийлар томонидан эгалланишга қарши намойиш қурбонлари сони 800 дан ошди“. Bugun.uz. 2021-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 2 июнь. (Wayback Machine saytida 2021-07-14 sanasida arxivlangan)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |