Kontent qismiga oʻtish

Gumbuloq gaz kondensat koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gumbuloq gaz kondensat koni – Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida joylashgan kon. Gumbuloq strukturasi 1956-yilda aniqlangan. Gumbuloq gaz kondensat konida chuqur burgʻi qudukdar 1967-yildan qazila boshladi. Dastlabki qazilgan quduqda yuqori yura ohaktoshlarida gaz borligi maʼlum boʻldi. Konning geologik tuzilishida yura, boʻr, paleogen, neogen va antropogen yotqiziklari ishtirok etgan. Tektoniktuzilishiga koʻra Gumbuloq gaz kondensat koni Odamtosh antiklinal zonasiga mansub. Konda neft uyumi 1350 m chuqurlikda joylashgan. Gaz uyumining uzunligi 10 km, kengligi 2,75 km, qalinligi 150 m.

Konda 15 va 15a gorizontlar mahsuldor. Gaz debiti 3,5 – 5,0 ming m3/sutka. Kondagi gaz metanli, kam azotli, kam yogʻli, kondensatli, kondensat metanli, yengil, yuqori benzinli. Benzinning miqdori kondensatda 70% gacha.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil