Kontent qismiga oʻtish

Uchquloch qoʻrgʻoshinrux koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uchquloch qoʻrgʻoshinrux koniJizzax viloyatining Forish tumanida, Nurota togʻlarining shimoliy togʻ oldi qismidajoylashgan. Jan.dan Xonbandi va shim.dan Shimoliy Uchquloch yoriqlari bilan chegaralangan. Kon geol. si 1951-yilda kompleks oʻrganilgan. Konning 2 ta uchastkasida mufassal qidiruv ishlari olib borilgan, bu uchastkalar baritpiritgalenitsfalerit rudali maydonlardan iboratligi maʼlum boʻldi. Uchquloch qoʻrgʻoshinrux konir.k. maydonida, asosan, devon, karbon (toshkoʻmir) davrlariga oid jinslar tarqalgan. Magmatik togʻ jinslaridan diabaz, gabbro, albitofir, kvarsli porfir va tuflar uchraydi. Uchquloch qoʻrgʻoshinrux konir.k.da ruda jismlari 50– 100 m dan 1100–1300 m gacha boʻlgan chuqurlikda joylashgan. Kondagi asosiy foydali qazilmalar — qoʻrgʻoshin, rux, mis. Uchquloch ruda maydoni Xonbanditogʻ gorst — antiklinalida joylashgan. Uchquloch qoʻrgʻoshinrux konir.k. sanoatbop kon, asosiy minerallari: galenit PbS (86,7% Pb), sfalerit ZnS (67% Zn), ikkinchi darajali minerallari xalkopirit, pirrotin, karrolit, kumush, oltin va boshqa Uchquloch qoʻrgʻoshinrux konir. k.ning zaxiralari S, toifasi boʻyicha: qoʻrgʻoshin — 2862,1 ming t, rux — 3140,8 ming t; S2 toifasi boʻyicha: qoʻrgʻoshin — 431,6 ming t va rux 214,07 ming t.