Oqjar neft va gaz koni
Oqjar neft va gaz koni -Buxoro viloyati Qiziltepa tumanidagi kon. 1959—62 yillarda konda razvedka ishlari olib borilgan. 1964-yil neft va 1966 i. gaz olina boshlandi. Kon yura, boʻr, paleogen va neogen davrlari jinslaridan tarkib topgan. Neft va gaz yura — boʻr davrlari jinslari ora-sida. Yura davri jinslari kulrang qum-tosh, alevrolit, gil, angidrit, mergel va gilli ohaqtoshlardan, boʻr davri jinslari esa qoʻngir, qizil, koʻkim-tir, kulrang qumtosh, alevrolit va gildan iborat. Bu jinslarning umumiy qalinligi 120–550 m. Paleogen davri jinslari sargʻish ohaktosh va koʻk gil qatlamlaridan tuzilgan. Umumiy qalinligi 35 m. Gorizontlarning uz. 840 m gacha, eni 330–2000 m, balandligi 8–160 m, umumiy qalinligi 7,4–167 m, mahsuldor qatlam qalinligi 1,3–47 m; jinslarning gʻovakligi 7,25—26%, oʻtkazuvchanligi 22—913 millidarsi. Gaz tarkibida 94,6% metan, 3,2% azot, neft tarkibida 1,57% oltingugurt, 0,68% asfalten, 5,16% parafin bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |