Toʻrtlamchi sistema
Toʻrtlamchi sistema (DAVR), antropogen — Yer geologik tarixining soʻnggi davri; kaynozoyning neogen ustidagi soʻnggi (tugallanmagan) sistemasi. Quyi chegarasi munozarali. Yoshi 1,6 mln. yil (1993-yil geoxronologiya shkalasi boʻyicha). "Toʻrtlamchi sistema" terminini 1825-yil fransuz olimi J. Denuaye taklif etgan. Bu davrni oʻrganish va boʻlimlarga ajratishda, asosan, biostratigrafik maʼlumotlar, paleontologik, litologik, geomorfologik va boshqa metodlarga asoslanilgan. 1932-yil Yevropa Toʻrtlamchi sistemani oʻrganish assotsiatsiyasi bu davrni 4 boʻlimga ajratishni taklif etgan: qad. (eopleystotsen), oʻrta (mezopleystotsen), yangi (neopleystotsen) va hozirgi (golotsen). Toʻrtlamchi sistema iqlimi umuman sovuq boʻlgan. Bu davrda hozirgi moʻʼtadil iqlimli mintaqalardagi materiklarning koʻp kismi muzlik bn qoplangan (shunga koʻra, Toʻrtlamchi sistema muzlik davri deb ham ataladi). Asosan, Yevrosiyo va Shimoliy Amerikani muz bosgan. Muzliklar qurukliklar yuzasining 30% ga yaqin qismini yoki 45 mln. km² maydonni egallagan. Ayrim joylardagi muz qatlamining kalinligi 2 km ga yetgan. Keskin sovuqiqlim bir necha marta issiq iqlim bn almashinib turgan. Muzliklar erigan davrlarda quruqliklarning ayrim qismlarini suv bosgan. Dunyo okeani suv hajmining oʻzgarib turishi dengiz transgressiyasi va regressiyasiga sabab boʻlgan. Yirik regressiyalar vaqtida dengizlar qurukliklarga aylangan. Toʻrtlamchi sistemada turli tektonik harakatlar boʻlib turgan. Muzlik bn qoplanmagan oblastlarning iklimi qurukdasha borgan. Iqlimnint oʻzgarib turishi oʻsimliklar va hayvonot dunyosiga taʼsir koʻrsatgan. Iqlim moʻʼtadillashgan davrlarda Yevropada dub va dubgrab daraxtlari oʻsgan. Toʻrtlamchi sistemada muzliklar bn krplangan oblastlarda muz yotqiziqlari keng tarqalgan. Muzlamagan oblastlar (Sharqiy Yevropa, Oʻrta Osiyo, Xitoy, AQSH va boshqa hududlar)da dengiz va koʻl yotqiziqlari bn birga, lyoss va lyossimon qumoq tuproq qatlamlari uchraydi. Toʻrtlamchi sistema faunasining hozirgi davrdan asosiy farqi turli hayvonlarning oʻzgacha geografik tarqalganligida. Bundan tashqari, oʻsha davr hayvonlarining kupi qirilib bitgan. Toʻrtlamchi sistemada sut emizuvchilar oʻzgargan; mamont, uzun junli kardikon va boshqa qutb hayvonlari paydo boʻdgan. Sibir uzun junli karkidoni, bizon, bahaybat bugʻu, yirik gʻor ayiqlari yashagan. Dengiz faunasi va oʻsimliklari kam oʻzgargan. Toʻrtlamchi sistemadagi eng muhim voqealardan biri ibtidoiy odamning paydo boʻlishidir (A. P. Pavlovning taklifiga koʻra, Toʻrtlamchi sistema antropogen sistemasi deb qam yuritiladi). 1932-yilda Toʻrtlamchi sistemani oʻrganish yuzasidan Xalqaro assotsiatsiya tashkil kilindi. Oʻzbekistonda Fargʻona togʻlararo va Toshkent togʻ oldi botiqliklarida kuyi pleystotsenda soʻx, oʻrta pleystotsenda — toshkent, yuqori pleystotsenda — mirzachoʻl, golotsenda — sirdaryo; Qashqadaryo togʻ oldi botigʻida oʻsha davrlarga moye holda — azkamar, qarnob, sukayti, amudaryo; Surxondaryo va Afgoniston — Tojikiston toglararo botiqlarida — koʻlob, ilyak, dushanba va amudaryo majmua yotqiziqlari ajratiladi. Toʻrtlamchi sistema yotqiziqlari turli inshootlar qurish uchun zamin va muhit xisoblanadi. Ular tabiiy qurilish materiallari (valunlar, shagʻal, qum, gil, lyoss va boshqalar) sifatida ishlatiladi. Bu davr yotqiziklaridan torf bn sapropel yoqilgʻi va oʻgʻit hisoblanadi. Toʻrtlamchi sistema yotqiziqlaridan sof tugʻma metallar (oltin, platina), turli ruda minerallari (kassiterit, volframit, sheyelit, monatsit va boshqalar), qimmatbaho toshlar (olmos, sapfir, yoqut, zumrad) topilgan. Yotqiziqlarda koʻl temir rudalari toʻplami, tuz qatlami koʻp. Toʻrtlamchi sistema yotqiziklarini oʻrganish amaliy ahamiyatga ega.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |