Kontent qismiga oʻtish

Grigoriy Belov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Grigoriy Belov
Asl ismi ruscha: Григорий Андреевич Белов
Tavalludi 12-oktyabr 1901-yil
Sara, Sursk tumani, Ulyanov viloyati
Vafoti 24-iyun 1994-yil(1994-06-24)
(92 yoshda)
Moskva, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Qoʻshin turlari kavaleriya
Xizmatdagi yillari 1920-1962-yillar
Unvoni Sovet gvardiyasi general-leytenant
Jang/urush Rossiyada fuqarolar urushi
Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari
||
||
||
||«Mehnatda jasorat ko’rsatgani uchun (Harbiy jasorati uchun) yubiley medali. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan»
||
SSSR qurolli kuchlari fahriysi |

Grigoriy Andreyevich Belov (ruscha: Григорий Андреевич Белов; 1901-yil 12-oktyabr — 1994-yil 24-iyun) — Rossiyada fuqarolar urushi va Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (24.03.1945).

1901-yil 12-oktyabrda Sara qishlogʻida (hozirgi Sursk tumani, Ulyanovsk viloyati) tugʻilgan. Boshlangʻich maktabni tugatgan. Erta yetim boʻlib qoʻlgan. 13 yoshidan Volga daryosida suzib yuruvchi barjalarda dengizchi boʻlib ishlagan. Qizil Armiyada 1920-yil apreldan. 1920-yil avgustda Samara shahridagi Zavoljskiy harbiy okrugining tuman partiya-siyosiy kursini tugatgan va zaxira qoʻriqchi polkining siyosiy yoʻriqchisi etib tayinlangan. 1920-yil sentabrdan 2-otliq armiyaning 16-otliq diviziyasining 92-otliq polkiga qabul qilingandan beri Rossiya fuqarolar urushi qatnashchisi. Uning bir qismi sifatida u Shimoliy Tavriya va Perekop-Chongar hujum operatsiyalarida, 1921 yilda esa Ukrainadagi Nestor Maxno otryadlariga va Shimoliy Kavkazda banditizmga qarshi kurashda qatnashgan[1].

1925-yilda Moskvadagi komissarlar va siyosiy rahbarlar tayyorlashning takroriy kurslarini tugatgan. 1927-yilda akademiyaga oʻqishga joʻnadi. 1930-yilda Leningraddagi (hozirgi Sankt-Peterburg) N. G. Tolmachev nomidagi Qizil Armiya harbiy-siyosiy akademiyasini tamomlagan. 1937-yil yanvaridan Mongoliyaga xizmat safari bilan borgan, Mongoliya Xalq armiyasining 7-otliq diviziyasida yoʻriqchi boʻlgan.

1941-yil oktyabrda Moskva harbiy okrugining 87-zaxira otliqlar polki qoʻmondoni (Kovrov). 1942-yil iyulda polkovnik Grigoriy Belov Bryansk frontiga 112-koʻngilli Boshqird (1943-yil 14-fevraldan — 16-gvardiya) 8-otliqlar korpusning otliqlar diviziyasi qoʻmondoni oʻrinbosari sifatida yuboriladi. 3-armiya chizigʻida harakatlanib, Voronej-Voroshilovgrad mudofaa operatsiyasining ogʻir davrida diviziya Olim daryosi boʻyida frontni ushlab turgan. Keyinchalik diviziya general Nikandr Chibisovning tezkor guruhiga, soʻngra 38-armiyaga topshirilgan. 1942-yil oktyabrdan boshlab 8-otliqlar korpus qoʻmondonining oʻrinbosari boʻlib, Bryanskdan Janubi-Gʻarbiy frontga 600 kilometrlik ot korpusining yurishini taʼminladi, bu yerda korpus 5-tank armiyasi tarkibida Oʻrta Don hujum operatsiyasida muvaffaqiyatli ishtirok etadi, shu jumladan dushmanning chuqur orqa qismidagi uzoq reydlarida jang qilgan[2].

1943-yil yanvar-mart oylari qiyin kechgan, Voroshilovgrad operatsiyasida korpus boʻlinmalari nemislarning orqa qismiga, yangi uzoq masofali reyd uyushtiradi va Xarkovning mudofaa operatsiyasida ular kutilmaganda oldingi front chiziqdan yuzlab kilometr uzoqlikda yordamsiz qolib ketadi. Jangda 1943-yil 23-fevralda Voroshilovograd viloyatida ortga yorib chiqishda 16-gvardiya otliq diviziyasi qoʻmondoni general-mayor Minigali Shaymuratov halok boʻladi, shundan keyin diviziyaga polkovnik Grigoriy Belov boshchilik qiladi. Qurshovdan chiqqach, shu boʻlinmaning komandirligiga tasdiqlanadi va urush tugaguniga qadar unga komandirlik qiladi. Mart-aprel oylarida diviziya 3-gvardiya armiyasi tarkibida boʻlgan, soʻngra Oliy qoʻmondonlik zaxirasiga olinadi. Sentyabrda toʻldirilgandan soʻng, diviziya 7-gvardiya kavaleriya korpusi bilan Markaziy frontning 61-armiyasi tarkibiga keladi[3].

1943-yil sentyabrda Dnepr uchun jangda diviziya qoʻmondoni gvardiya polkovnigi Belov jonbozlik koʻrsatadi. Chernigov-Pripyat operatsiyasining birinchi bosqichida, boʻlinma birin-ketin Desna va Snov daryolarini kechib oʻtadi, soʻngra yangi uzoq masofali reydga boradi va toʻliq avtonom sharoitida nemislarning front ortida 150 kilometrdan koʻproq masofa bosib oʻtadi. Gʻarbiy tomondan Chernigov shahrini chuqur qamrab olgan Belovning boʻlinishi shahrni 13 va 61-armiya qoʻshinlari tomonidan imkon qadar tezroq ozod qilinishiga yordam beradi. Shu gʻalaba uchun diviziyaga „Chernigov“ faxriy nomi berilgan. Hujumni davom ettirib, otliq askarlar Dnepr daryosidan oʻtadi, Belarus SSR Gomel viloyatining Bragin tumanidagi Dimarka Nedanchichi gʻarbiy sohilda, platsdarmi egallab olishadi. Shu operatsiyada 1943-yil oktyabr oyining boshiga kelib, diviziya dushmanning 2000 ga yaqin askar va ofitserlarini, 5 ta tankni, 18 ta artilleriya orudiyasini, 22 ta minomyot va boshqa koʻplab qurollarni yoʻq qiladi, dushmanning 1362 ta askarini asirga oladi, 7 ta orudiya va boshqa harbiy oʻljalarni qoʻlga kiritib, 47 aholi yashash punktini ozod qiladi[4].

Erishgan yutuqlari uchun 1943-yil 29-oktyabrda Belovga general-mayor harbiy unvoni beriladi va unga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilishga taqdimnoma junatiladi.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 15-yanvardagi farmoni bilan „Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda koʻrsatilgan jasorati va qahramonligi uchun“, gvardiya general-mayori Grigoriy Belov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan tardirlanadi[5].

Diviziya Gomel-Rechitsa, Kalinkovichi-Mozir, Belorusiya (shu qatorda, Minsk operatsiyalari va Lublin-Brest operatsiyalarini oʻz ichiga olgan holda), Visla-Oder, Sharqiy Pomeraniya va Berlin hujum operatsiyalarida muvaffaqiyatli ishtirok etadi. Uning qoʻmondonligi ostida diviziya Qizil Armiyada eng koʻp mukofotlangan boʻlinmalardan biriga aylanadi. 1945-yil 24-iyunda Moskvada Qizil maydondagi Gʻalaba paradida general-mayor Belov otliq qoʻshinlar boʻlinmasini boshqargan. 1954-1958 yillarda Xitoy xalq ozodlik armiyasi harbiy okrugi qoʻmondonligining katta harbiy maslahatchisi boʻlgan.

1962-yil noyabrdan — zaxirada. Moskvada yashagan. 1994-yil 23-iyunda vafot etgan, Vostryakovskiy qabristoniga dafn qilingan.

  1. warheroes.ru. „Белов Григорий Андреевич“.
  2. Geroi Sovetskogo Soyuza: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii I. N. Shkadov. — M.: Voenizdat, 1987. — T. 1 /Abaev — Lyubichev/. — 911 s. — 100 000 ekz. — ISBN ots., Reg. № v RKP 87-95382.
  3. сайт 112-й Башкирской кавалерийской дивизии. „БЕЛОВ Григорий Андреевич“.
  4. war-heroes.uz. „BELOV GRIGORIY ANDREYEVICH“.
  5. „Наградной лист на присвоение Г. А. Белову звания Героя Советского Союза.“.