Give In to Me
„Give In to Me“ | ||||
---|---|---|---|---|
Michael Jackson (Slash bilan) qoʻshigʻi | ||||
„Dangerous“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 15-fevral, 1993-yil | |||
Yozib olingan |
| |||
Janr | ||||
Davomiyligi |
| |||
Leybl | Epic | |||
Matn muallif(lar)i |
| |||
Prodyuser(lar) |
| |||
Michael Jackson xronologiyasi | ||||
| ||||
Slash xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„Give In to Me“ YouTubeda |
„Give In to Me“ (tarjimasi „Menga taslim boʻl“) — Michael Jackson ijro etgan qoʻshiq. Xonandaning 1991-yilda chiqarilgan „Dangerous“ nomli studiyaviy albomiga oʻninchi tarona oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq Yangi Zelandiya singllar xit-paradida ketma-ket toʻrt hafta davomida birinchi pogʻonani egallab turgan. Buyuk Britaniyaning singllar xit-paradida esa ikkinchi oʻrinni egallagan. Stilistik jihatdan „Give In to Me“ hard rock janridagi qoʻshiq boʻlib, uni yozib olishda „Guns N' Roses“ guruhi gitarachisi Slash ishtirok etgan[1][2]. Ayrim tanqidchilarning fikricha, ashulada jinsiy aloqaga agressiv shamalar bor[3][4]. „Give In to Me“ faqat Yevropa, Avstraliya va Yangi Zelandiyada singl oʻlaroq chiqarilgan.
Tanqidi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Give In to Me“ qoʻshigʻi eʼlon qilinishi ortidan musiqa tanqidchilari tomonidan ijobiy baholangan. „Entertainment Weekly“ nashri muharriri David Browne Jackson ijrosini olqishlagan[5]. James Masterton haftalik Buyuk Britaniya xit-paradiga yozgan taqrizida „Who Is It“, „Black Or White“, „Give In To Me“ ashulalari Jackson ijodi choʻqqisi namunalari ekanligini yozgan[6].
Klipi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻshiq uchun 1992-yilning 25-iyulida xonandaning „Dangerous World Tour“ konsert dasturi boshlanishidan ikki kun oldin Germaniyaning Myunix shahrida klip suratga olingan. Klipda Jackson bas-gitarachi Muzz Skillings, „Guns Nʼ Roses“ guruhi gitarachilari Slash va Gilby Clarke hamda klavishli asbob sozanda Teddy Andreadis bilan ashulani olomon oldida ijro etayotgani tasvirlangan. Klip yakunida Jacksonga elektr toklari urila boshlaydi. Slashning „Les Paul“ rusumidagi elektrogitarasiga ham elektr toki borib uriladi. Klip „Dangerous — The Short Films“ hamda „Michael Jacksonʼs Vision“ videoalbomlariga kiritilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Campbell, Lisa. Michael Jackson: The King of Pop. Branden Books, 1993 — 309-bet. ISBN 978-0-8283-1957-7. Qaraldi: 16-oktabr 2010-yil.
- ↑ Krewen, Nick. „Shrewd and Dangerous“. The Hamilton Spectator (22-noyabr 1991-yil). 2012-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-oktabr 2010-yil. „Jackson also wants to reach a rock audience, so Guns 'N' Roses guitarist Slash contributes his two cents in Black Or White and Give In to Me, while Heavy D. splices in some rap at appropriate moments“.
- ↑ The Atlantic, Volume 269. Atlantic Monthly Co, 1992 — 101-bet. Qaraldi: 12-noyabr 2010-yil.
- ↑ Campbell, Lisa. Michael Jackson: The King of Pop. Branden Books, 1993 — 325–326-bet. ISBN 978-0-8283-1957-7. Qaraldi: 7-dekabr 2010-yil.
- ↑ „Music Review: Dangerous, by Michael Jackson“. Entertainment Weekly (1991-yil 29-noyabr). 2012-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
- ↑ Masterton, James „Week Ending February 27th 1993“. Chart Watch UK (1993-yil 21-fevral). Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.