Qoʻshiq
Qoʻshiq – keng maʼnoda sheʼriy-musiqiy janr; ashula. Lirik qoʻshiq. Hajviy qoʻshiq. Xalq qoʻshiqlari. Qoʻshiq aytmoq. Qoʻshiq bastalamoq[1].
Vokal musiqaning eng ommalashgan, koʻproq band shakliga asoslangan turi, shuningdek, kuylashga moʻljallab toʻqilgan sheʼriy asarlarning umumiy ifodasi. Xalq ijodiga mansub, bastakor va kompozitorlar yaratgan ommabop musiqa yoʻnalishidagi qoʻshiqlar farqlanadi. Kelib chiqishi, janri va mazmuniga qarab marosim qoʻshiqlari, ommaviy qoʻshiq, shahar, dehqon, bolalar, maishiy, harbiy, lirik, raqs va boshqa qoʻshiqlar ajratiladi. Qoʻshiqlar kuyi diapazoni ixchamligi, musiqa rivoji band shaklida asoslanganligi, ohanglar tizimida soʻz va kuy intonatsiyalari mushtarakligi sheʼriy matndagi gʻoyaviy emotsional mazmun rivojining umumiy tarzda ifodalanishi bilan ajralib turadi. BU QOʻSHIQLARNI TOSHPOʻLATOV JAVOHIR YOZGAN.
Xususiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻshiqning yana oʻziga xos milliy xususiyatlarga ega boʻlib, Oʻrta Osiyoda ir, terma, oʻlan, lapar, yalla kabi nomlar bilan ataladi. Bular negizida bastakorlar ijodi, XX asrda zamonaviy qoʻshiqlar shakllari rivojlangan. Meysterzingerlar sanʼati namunalari, uygʻonish davri yaratilgan koʻp ovozli italyan sangopepa, nemischa, fransuzcha spapzop, XVII – XVIII asrlardan ommaviy tus olgan gomofoniya uslubidagi qoʻshiqlar, romantizm davridagi kompozitorlar ijodidagi qoʻshiqlar XX asrda keng rivoj topgan ommaviy qoʻshiq.
Estrada qoʻshiqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Estrada qoʻshiqlari va boshqa professional qoʻshiqlarning rivojlanish bosqichlardir. Shoirlardan P. Visotskiy , R. Byorns, R.Hamzatov va boshqalar Oʻzbekistonda – Hamza, Habibiy, Sobir Abdulla, Mirtemir, Chustiy, T. Toʻla , P. Moʻmin, N. Narzullayev, M. Yusuf va boshqalarning qoʻshiqlari sheʼriyati rivojidagi xizmatlari katta.
Folklor
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tor maʼnoda qoʻshiqlar – oʻzbek xalq ijodidagi janr; qoʻsh qofiya bilan boshlanuvchi, asosan, 7-8 hijoli barmoq vaznidagi toʻrtliklar bilan kuylanadigan, band shaklli aytim turi. Birinchi sheʼr toʻrtligi qofiyalari a-a-a-a, a-a-v-a, a-a-v-v nisbatida boʻlishi mumkin. Oʻzbek qoʻshiqlarida birinchi bandi, odatda, 4 sheʼriy misra va ularni kuylashga asos boʻlgan nisbiy tugal ohang tuzilmalari uygʻunligidan tashkil topadi. Kuy tuzilmalari soni 2-4 boʻlib, ularning oʻzaro nisbatlari esa asosiy jumlani takrorlash, oʻzgartirish yoki maʼlum darajada rivojlangan yangi jumla bilan yakunlash kabi vositalardan iborat. Oʻzbek qoʻshiqlari, ashuladan farqli oʻlaroq, kichik ovoz doirasida (asosan, kvinta— seksta diapazoni-da) boʻlib, baʼzan doira joʻrligida ijro etiladi. Kuychan ohangli qoʻshiqlar, asosan, lirik mavzudagi namunalarda uchraydi. Boshqa qoʻshiqlarda kuychanlik xususiyatiga ega choʻzimli ohanglar uchrasa-da, ular koʻproq qoʻshiqlarning yakunlanishi arafasida namoyon boʻladi. Qoʻshiqlarda maxsus (alohida) naqarotlar deyarli qoʻllanmasa-da, baʼzan kichik naqarot vazifasini kasb etuvchi takror soʻzlar kelishi, shuningdek, ,,jon", ,,yor", ,,dod-ey" kabi undov-undalma iboralar ishlatilishi kuzatiladi. XX asrlarda oʻzbek bastakorlari va ayniqsa, kompozitorlari ijodiga mansub qoʻshiqlar janr nuqtai nazaridan oʻzida boshqa janrlar (lapar, yalla, ashula, terma) xususiyatlarini mujassam qilib, maʼlum oʻzgarishlarga yuz tutgan. Jumladan, ularda band-naqarot tuzilmalari, joʻrnavoz cholgʻular, raqs unsurlarini ham koʻrish mumkin. Oʻzbek bastakorlaridan Yu. Rajabiy, K.Jabborov, F. Sodiqov, T. Jalilov, Gʻ.Toshmatov, N. Hasanov, M. Mirzayev, B. Aliyev, R.Tursunov va boshqa bastakorlardan T.Sodiqov, M.Burhonov, M. Leviyev, S.Yudakov, A.Otajonov, F. Nazarov, A.Nazarov, F.Alimov, Q.Komilov, bolalar uchun A.Muhamedov, Ye. Shvarts, N. Norxoʻjaev, A.Ergashev, A.Mansurov va boshqalar salmoqli ijod qilgan[2].
Turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻshiqlarning quyidagi turlari mavjud:
1. Lirik qoʻshiqlar. Bunday qoʻshiqlarda insonlarning ruhiy olami, ishqiy kechinmalari aks etadi, toʻrt misralik bandlardan tashkil topadi, ular kasb, payt, oʻrin tanlamaydi: ularni istalgan vaqtda, istalgan kishi xohishiga koʻra, baland ovoz bilan yoki xirgoyi qilib aytaveradi.
2. Mehnat qoʻshiqlari:
a) dehqonchilik bilan bogʻliq qoʻshiqlar: qoʻsh qoʻshiqlar, oʻrim qoʻshiqlari, yanchiq qoʻshiqlari („Xoʻp mayda“lar), yorgʻichoq qoʻshiqlar
b) chorvachilik bilan bogʻliq qoʻshiqlar: sogʻim qoʻshiqlari: xoʻsh-xoʻsh govmishim, turey-turey, churiyalar.
d) hunarmandchilik bilan bogʻliq qoʻshiqlar: charx qoʻshiqlari, boʻzchi qoʻshiqlari, oʻrmak qoʻshiqlari (oʻzbek ayollarining gilam toʻqish bilan bogʻliq mehnat qoʻshiqlari), kashta qoʻshiqlari.
3. Mavsumiy marosim qoʻshiqlari: yil fasllari tasvirlangan qoʻshiqlar mavsum qoʻshiqlari deyiladi. Qadimgi qoʻshiqlarning namunalari Mahmud Koshgʻariyning ,,Devonu lugʻotit-turk" asari orqali yetib kelgan. Bizgacha yetib kelgan mavsumiy marosim qoʻshiqlari quyidagilar:
a) sust xotin (yomgʻir chaqirish qoʻshigʻi). Sust xotin qadimgi zardushtiylik dinida muqaddas sanalgan Tishtiriyaning xalq oʻrtasida nomi oʻzgarib ketgan obrazidan iborat. Bunda bahor oylarida yomgʻir yetarli yogʻmasa, qishloq ayollari yigʻilib, poliz qoʻriqchisiga oʻxshash qoʻgʻirchoqqa keksa ayol koʻylagini kiydirib, qishloqdagi barcha xonadonlarga kirishib, sust xotin qoʻshigʻini aytib yurganlar. Xonadon egalari ularni shodlik bilan qarshi olib, qoʻgʻirchoq ustidan suv sepishib, marosim ishtirokchilariga xayr-sadaqa qilishgna. Marosim tugagach, yigʻilgan xayr-sadaqa hisobiga sust xotinga atab katta is chiqarishgan.
b) choy momo (shamol toʻxtatish). Bunday qoʻshiqlarda iltijo qilinadigan choy momo tarixan Chuy momo, yaʼni Shamol momo obrazidan iborat boʻlib, u zardushtiylikning shamol tangrisi hisoblangan. Bu marosim quyidagicha oʻtkazilgan: ikki kampir eski kiyim va chopon kiyib, yuzlariga qora quya surtishib, qoʻllariga aso ushlab oldinda Choy momo qoʻshigʻini aytib yurishgan. Boʻy yetib qolgan beshta qiz boshlariga sholcha yopib, kampirlar ortidan ergashib, qoʻshiqqa joʻr boʻlib yurishgan. 7-8 yoshlardagi bir yoki bir necha oʻgʻil bolalar xurjun osilgan eshaklarga minishib, xonadonlardan xayr-sadaqalarni yigʻib yurishgan. Eshakka oʻqlogʻ, yumshoq supurgi va keli sopi sudratib qoʻyilgan. Marosim tugagach, yigʻilgan xayr-sadaqa hisobiga shamol tangrisi sharafiga is chiqarilgan. Choy momo marosimlari hozirgi Qozogʻistonning Turkiston, Sayram atroflarida yashovchi oʻzbeklar orasida saqlanib qolgan[3][4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |