Kontent qismiga oʻtish

Guns N' Roses

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Guns Nʼ Roses (toʻpponchalar va atirgullar) — 1980-yillarning oxiri va 1990-yillarning boshlarida mashhur boʻlgan amerikalik rock-guruh.

Guruh Geffen Records bilan 1987 yilda chiqargan Appetite for Destruction albomidan keyin katta umumjahon muvaffaqiyat qozonadi. Bu muvaffaqiyat dunyoviy turne va Use Your Illusion I, Use Your Illusion II kabi albomlar bilan mahkamlanadi. Sotilgan albomlarning umumiy tiraji 90 million nusxani tashkil etadi. Shuning uchun guruh eng muvaffaqiyatli rock-guruhlardan biri hisoblanadi.

Guruhning tuzilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1982-yilda vokal Axl Rose va uning maktabdoshi — gitarist Izzy Stradlin bilan Indianadan Los Angelesga keladilar. Axl bir qancha guruhda ishtirok etar edi. Ulardan bittasi — Hollywood Roseda Izzy ham gitara chalar edi, yana bittasi L.A. Guns guruhi. L.A. Gunsda Tracii Guns gitara chalar edi. 1985-yilning mart oyida Guns Nʼ Roses guruhini tuzadilar. Guruhga Izzy, L.A. Gunsning barabanchisi Rob Gardner va basschi Ole Beich ham qoʻshiladilar. Yaqin orada Olening oʻrniga Duff McKagan qoʻshiladi. Guruhning musiqiy tarzi oʻzida rock, hard-rock, blues va punk tarzlarini aralashmasini namoyon qilar edi.

Sietldagi gastrollarda Trecii va Gardner ishtirok eta olmaydilar. Shunda Axl Slashni va barabanchi Steven Adlerni taklif qiladi. 1986-yilga kelib ular ham guruhning ishtirokchilariga aylanadilar, shunday qilib guruhning klassik tarkibi maʼlum boʻladi:

  • Axl Rose — vokal
  • Slash — solo gitara
  • Izzy Stradlin — ritm gitara
  • Duff McKagan — bass-gitara
  • Steven Adler — baraban

Birinchi yozuvlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1986-yilning dekabr oyida guruh oʻz mablagʻiga „Live?!*@ Like a Suicide“ mini-albomini chiqardilar. Buning uchun shaxsiy mustaqil ovoz yozish studiyasi UZI Suicide Recordsni tashkil qildilar. Albomga kirgan toʻrt qoʻshiqdan faqat ikkitasi — „Reckless Life“ va „Move To The City“ ularga oid edi. Bu ikki qoʻshiq Hollywood Rose davrida Axl va Chris Webber tarafidan yozilgan edi. Qolgan ikki qoʻshiq — „Nice Boys“ Rose Tatooniki, „Mama Kin“ Aerosmithniki edi. Yozuvlarda qarsak va hushtaklar eshitilsa ham, guruh qoʻshiqlarni studiyada yozilganligini, bu ovozlar esa jonli konsertlardan olib qoʻshilganligini aytdilar. Ikki yildan soʻng bu toʻrt qoʻshiq GNʼR Lies albomida ham chiqarildi.

„Ochilish“

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Geffen Recordsning menejeri Tom Zutaut, Guns Nʼ Rosesni Troubadour klubidagi chiqishini koʻradi. Raqobatdoshlaridan oʻljani olib qoʻyish uchun, guruh unga yoqqanini va ular bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qiladi. Axl Rose 75 ming dollar avans talab qilkadi, keyin u Tomga kompaniyaning raqobatdoshi Chrysalisga agar u Sunset bulvarida yalangʻoch yursa u bilan shartnoma tuzishga soʻz berganini aytadi. Zutautning aytishiga koʻra, u rostdan ham bundan qoʻrqqan ekan va shartnoma imzolanmaguncha har kun oynadan Sunset bulvariga qarar ekan. Alan Niven guruhga menejerlik qiladi va guruh birinchi uzun albomini yozishga kirishadi.

Appetite For Destruction (1985—1990)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1986-yilning ohirlaridan 1987-yilning oʻrtalarigacha studioda Appetite For Destruction albomini yozadilar. Albom 1987-yilda guruhning birinchi albomi chiqadi. Appetite For Destruction butun dunyoda 25 million nusxada sotiladi. Albomning muqovasi qoʻrqinchli boʻlgani uchun musiqiy doʻkonlar uni rad qiladi. Albom keyinchalik Axl Rosening fikriga binoan yasatilgan mashhur muqovasi ostida chiqariladi. Albom bugungacha chiqgan debyut albomlarning ichida eng koʻp sotilgan albom sifatida ham taniqli. Albom butun dunyoda hit paradlarda ust oʻrinlarni egallaydi. Guruh esa dunyoviy turga chiqadi. Albom 80-yillarning eng yahshi hard rock albomi boʻlish bilan bir qatorda, 80-yillarning eng yahshi 5 albomdan biridir. Albomdagi asosiy single qoʻshiqlar — Welcome to the Jungle, Sweet Child OʻMine, Paradise City va Nightrain hit paradlarning ust qatorlarida joy oladi. Albom Amerikaning Billboard Top 100 da 5 hafta davomida birinchi oʻrinda turadi. Oʻsha yili GNʼR Mötley Crüe,Alice Cooper, Iron Maiden va Aerosmith kabi afsona guruhlar qatoriga qoʻshildi. 80-yillarning mashhur guruhlari — Ratt, Poisondan farqli oʻlaroq GNʼRning musiqasi glam rockdan ogʻirroq, qattiqroq, agressivroq boʻlsa ham glam rockga nisbatan yurakga yaqinroq edi. Bu farq sezilgach bu guruhlar darrov ikkinchi darajaga tushdilar.

1988-yilda Appetite For Destruction dunyo turnesini davom ettirgan guruh oʻsha yilning ohirlariga yaqin GN'R LIES albomini yana Geffen Recordsdan chiqardilar.. Albomga Live Like Suicide albomidan 4 qoʻshiq va yangi 4 akustik qoʻshiq kiritilgan edi. Patience va I Used To Love kabi afsonaviy hit qoʻshiqlar ham shu albomda edi. Albom Amerikaning oʻzidagina 6 million nusxada sotildi. Faqat One In A Million qoʻshigʻidagi baʼzi soʻzlar Axl Rosega irqchi va gomofob kabi ayblovlarni olib keldi. Oʻsha yilda Angliyadagi Donnington Monsters of Rock festivalga qoʻshilgan guruhning ikki muhlisi konsertda ezilib, oʻladilar. Axl Rose festivalni uyushtirganlarni protesto qildi va boshqa bu festivalga qoʻshilmasligini bildirdi. 1988-yilning ohirlarida Mtv mukofotlarida sahnaga chiqgan guruh Eng yahshi chiqish mukofotini oladilar. Millionlab albomlarini sotgan guruh endi axborot vositalarining diqqat markazida edi. GNʼR musiqiy muvaffaqiyatlari bilan bir qatorda Mötley Crüe kabi ishkalliklari bilan ham birinchi oʻrinda edi.

1989-yilda Guns Nʼ Roses bir vaqtning oʻzida 2 ta albomi bilan Billboard Top 5 roʻyxatiga kirgan birinchi guruh edi. Bu juda katta muvaffaqiyat edi. Oʻsha yilning oʻzida Axl Rose 2 martta Rolling Stone'ga muqova boʻldi. 1989-yilda guruh Amerika Musiqiy Mukofotlarida eng yahshi hard-rock albomi(Appetite For Destruction) va eng yahshi hard-rock qoʻshigʻi (Paradise City) mukofotlarini oldi. 1989-yilda Rolling Stones bilan birga turnega chiqdilar. 1989 MTV VMAda Mötley Crüening afsonaviy vokali Vince Neil bilan Izzy Stradlin sahna orqasida mushtalashadilar. Ishkal Vince Neil va Axl Rose tortishmasiga aylandi va ikki yulduz bir birini televideniyeda boks tushishga taklif qildilar. 1990-yilda guruh yana studiyada yozuv ishlarini boshlatadilar. Guruhning eski doʻsti Dizzy Reed (pianino) Guns Nʼ Rosesga qoʻshiladi. Oʻsha yilda barabanchi Steven Adler narkotiklar bilan bogʻliq muammolari sababli guruhdan uzoqlashtiriladi. Uni oʻrniga Matt Sorum keladi. Adler guruhni sudga beradi va 2,5 million dollar toʻlashga mahkum qiladi. Axl Rose qoʻshnisiga hujum qildi degan sabab bilan hibsga olinadi. Oʻsha paytlarda Knockin on Heaven's Door Tom Cruisening The Days of Thunder filmining albomida ishlatildi. Guruh 1990-yilni butunlay studiyada oʻtkazdi. Bir necha martta hayir uchun konsertlar berdilar. 1991-yilning birinchi oylarini ham studiyada oʻtkazgan guruh shu yilning oʻrtalariga yaqin Use Your Illusion World Tour 91- 93ni boshlatdilar. Yana 1991 da mashhur St. Louis voqeasi yuz beradi. Axl Rose hadeb uni rasmga olavergan muhlisining ustiga sakradi va choʻzilib ketgan voqeada 40 kishi yaralanadi. Keyinchalik 1992da Axl bu voqea tufayli hibsga olinadi.

Use Your Illuison (1990—1995)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tushish (1995—2000)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orqaga qaytish (2001—2007)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guruhning mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ishtirokchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Appetite For Destruction zamoni(1985—1990)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Use Your Illusion zamoni(1990—1995)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tushish zamoni (1996—2001)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orqaga qaytish zamoni va hozirgi ishtirokchilar(2002—2006)

[tahrir | manbasini tahrirlash]