Kontent qismiga oʻtish

Janr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Janr (fransuzcha: genre, lotincha: generis – „jins“, „tur“) – sanʼat turlarida tarixan shakllangan ichki boʻlinish hamda mazkur boʻlinishni ifodalovchi tushuncha; shakl va mazmun birligidagi oʻziga xos xususiyatlariga ega boʻlgan sanʼat asarining alohida turi. Sanʼat asarlarining janr guruhlariga boʻlinishi turli (tanlangan mavzu, badiiy-gʻoyaviy mazmun, shakl jihatlari va boshqalar) mezonlarga tayanib amalga oshiriladi; har bir sanʼat turida janr tasnifi oʻziga xos tizimni tashkil etadi.

Qadimgi, oʻrta asrlar va Uygʻonish davri sanʼatlarida janrlar orasida aniq, chegara qoʻyilmagan. Klassitsizm davri (Fransiya) dagina qatʼiy janr tizimi yaratildi. XIX asrda janrlar orasiga qatʼiy chegara qoʻyilishi bilan ayrim janrlar oʻz ahamiyati va yetakchiligini yoʻqotdi, ayrimlari (portret, manzara, konsert, simfoniya va boshqalar) ning oʻzaro taʼsirda, yangi turlarining paydo boʻlishi kabi murakkab jarayonlar yuzaga keldi. Sanʼatshunoslikda janr tushunchasi XVII asrda paydo boʻlib, jahon sanʼati tarixining barcha davrlariga nisbatan asarlarning ifodaviy va mazmun xususiyatlarini tahlil qilishda qoʻllanadi.

Adabiyotda (badiiy-adabiy ijod) janr asarning qaysi adabiy turga taalluqliligi, hajmi va obrazlarining qurilishi usuli (ramziyligi, majoziyligi, hujjatliligi) bilan belgilanadi. Janrning 3 asosiy turi mavjud: epik janr (qahramonlik dostonlar, roman va hikoya), lirik janr (qasida, elegiya, sheʼr, qoʻshiq va boshqalar), dramatik janr (tragediya, drama, komediya). Mazkur janrlar asar mavzusiga koʻra yanada maydaroq qismlarga ham boʻlinadi (maye, maishiy, psixologik mavzudagi romanlar; hajviy, lirik komediyalar va vodevil va boshqalar).

Tasviriy sanʼatda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tasviriy sanʼatda, avvalo, tasvirlanayotgan narsaga, baʼzan tasvir xususiyatiga koʻra asosiy janrlar belgilanadi (maye. portret, manzara va boshqalar). Keyingi (yanada mayda) boʻlinishlar badiiy ijodda bilish, gʻoyaviy baholash, badiiy obraz boʻlaklari aralashuvi bilan aniqlanadi. Shunga koʻra, portretchi rassom nuqtayi nazari umumiy (portret)gina boʻlib qolmay, shuningdek, istehzoli (sharj) va qahrli fosh etuvchi (karikatura) shakliga ega boʻlishi mumkin. Asosiy janrlarning janrchalari tasvir sohasini xususiyni yanada xususiylarga boʻlishlarda hosil boʻladi (maye, dengiz koʻrinishi marina – manzaraning bir turi va sh. k.).

Kinematografiyada

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musiqada asarlarning hayotdagi oʻrni, ijro etilish joyi va sharoitiga koʻra, maishiy, marosim, bazm va bayram, harbiy musiqa, konsert, kamer musiqasi kabi; ijro xususiyatlariga qarab, vokal va cholgʻu musiqasi, shuningdek, yakka, ansambl, xor, orkestr musiqasi va boshqalar guruhlar ajratiladi. Mazmun va badiiy mohiyati nuqtayi nazaridan musiqada ham epik (maye, kitobxonlik yoʻllari, doston termalari, ballada va boshqalar), lirik (ashula, ariya, madhiya, poema va boshqalar) hamda dramatik (musiqiy tomosha, musiqali drama, opera va simfoniya kabi) turlarini belgilash mumkin.