Kontent qismiga oʻtish

Gagauziya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gagauziya
Gagauz Yeri
ShiorYaşasın Gagauziya!
Madhiya: Tarafım
noicon
Location of Gagauziya
Poytaxt Komrat
Rasmiy til(lar) Gagauzcha, Rumincha, Ruscha
Hukumat Vladimir Mihayloviç Kıssa
• Boshliq
Irina Vlah[1]
• Moldaviya Sovet Sotsialistik Respublikasidan mustaqilligini eʼlon qilgan
1990-yil 19-avgust
• muxtor respublikasi uchun shartnoma
1994-yil 23-dekabr
• muxtor respublikaning eʼlon qilinishi
1995-yil 14-yanvar
Maydon
• Butun
1,832 km2
• Suv (%)
0.36
Aholi
• 2014-yilgi roʻyxat
134.535
• Zichlik 73,43/km2
Pul birligi Moldoviya Leyi (MDL)
Vaqt mintaqasi UTC+02.00 +03.00
Telefon prefiksi +373

Gagauziya (Gagauz tilida: Gagauziya yoki Gagauz Yeri; Rumincha: Găgăuzia; Ruscha: Гагаузия) Gagauziya avtonom oʻlkasi (moldovan/rumincha: Unitatea Teritorială Autonomă Găgăuzia), Moldovadagi avtonom respublika. Mamlakatga bu nomni bergan gagauz xalqi asli turkiy oʻgʻuzlardan boʻlib, Gagauz soʻzining oʻzi Koʻk-oʻgʻuz (Gök-oğuz) soʻzidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi[2]. Paul Wittekning fikriga koʻra, Gagauz nomi Anadolu saljuqiy hukmdori Izzeddin Keykavus nomi bilan bogʻliq.

Bugungi kunda 250 mingga yaqin gagauz xalqi sobiq SSSR davlatlariga qarashli hududlarda istiqomat qiladi. Ularning aksariyati Moldova janubidagi Bujak viloyatida yashaydi. Gagauz qishloqlari Moldovadan tashqari Ukraina, Ruminiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Kabarda-Bolqoriya, Odessa va Zaporojyeda ham mavjud. Moldovada Gagauz avtonom respublikasidan tashqari, Kishinyovda 8000 gagauz, Benderda 1600, Dnestr daryosining shimoliy qirgʻogʻida 3300, Bolgariya va Gretsiyada taxminan 20 ming gagauz yashaydi.

Gagauzlar kelib chiqishi etnik turkiy boʻlgan provaslav xristianlardir[3][4]. Vizantiya yozma manbalari koʻra oʻgʻuzlar XI asrda Dunay daryosidan oʻtib, Bolqonda joylashgan Makedoniya, Paristrione, Gretsiya va Bolgariyaga kelib oʻrnashgan koʻchmanchi qabilalar sifatida qayd etilgan.

XI asrda Bolqonga koʻchib kelgan Gagauzlar pravoslavlikni qabul qilib, keyinchalik Usmonlilar imperiyasi tarkibiga kirgan. XVIII-XIX asrlarda Bolqonda mustaqillik uchun boshlangan harakatlar, xususan bolgarlarning bosimiga chiday olmagan Gagauzlar 1750-1846-yillarda Dunay daryosi orqali Rossiya imperiyasining hududiga koʻchib oʻtishgan va Dunay atrofiga (1769-1791) va Bessarabiya hududlariga (1801-1812) oʻtroqlashganlar. Moldovada yashovchi turkiyzabon, pravoslav nasroniy gagauz xalqining bir qismi XIX asr davomida yuz bergan Rus-turk urushlarida Bolgariyadan Moldovaga koʻchib kelishadi. 1906-yildagi qisqa (15 kunlik) mustaqillik davrini hisobga olmaganda keyingi asrlarda rus, rumin va sovet hukmronligi ostida yashab kelishgan.

Koʻpgina tarixchi, etnograf va tilshunoslar fikriga koʻra gagavuzlar Dobrujada ikki asrdan koʻproq mavjud boʻlgan oʻz davlatga ega boʻlganlar. Bu davlat XIII asrda „Dobruja knyazligi“ yoki „Uzi viloyati“ nomi bilan tashkil etilgan boʻlib, ularning maʼmuriy markazi Korbuna shahri ekanligi qayd etilgan.

1906-yil dehqonlar qoʻzgʻoloni natijasida Komrat respublikasi tashkil topgan. 15 kunlik mustaqillikdan soʻng keyingi asrlarda gagauz xalqi Rossiya imperiyasi, Ruminiya, Germaniya (Ikkinchi jahon urushi davrida) va Sovet Ittifoqi hokimiyati ostida yashab kelgan.

1980-yillarning oxirida, Sovet Ittifoqida demokratik oʻzgarishlar boshlangach, gagauz ziyolilari orasida milliy g‘oya tushunchasi keng tarqalgan va buning natijasida gagauzlarning madaniy hamda iqtisodiy muammolari mavjudligi haqidagi qarashlarni ilgari surish imkoniyati paydo boʻlgan. Gagauz ziyolilarining faol vakillari saʼy-harakatlari natijasi oʻlaroq 1988-yilda „Gagauz xalq harakati“ tuziladi.

„Gagauz xalqi harakati“ 1989-yilning may oyida oʻzining birinchi qurultoyini oʻtkazgan. Bu Moldova tarkibida Gagauziya avtonom respublikasining eʼlon qilinishidagi dastlabki muhim qadam bo‘lgan. Avtonomiya eʼlon qilishdan maqsad Gagauz respublikasining iqtisodiy va madaniy jihatdan oʻz erkinligini saqlab qolishdan iborat edi.

Etnik tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rasmiy nomi Gagauzcha nomi % gagauzlar
Komrat (munitsipalitet) Komrat 72,8%
Ceadir-Lunga (munitsipalitet) Chodir 73,7%
Vulkanesti (shahar)
Vulcăneşti statśie qarang
Valkanesh
Valkanesh temir yoʻli
69,4%
22,5%
Avdarma Avdarma 94,2%
baurci Baurcu 97,9%
Beshalma pentacle 96,7%
Beshgʻioz besh koʻz 93,0%
bugeac cherkov 61,8%
karakal qamchi bilan 70,2%
Rasmiy nomi Gagauzcha nomi % gagauzlar
Cazaclia tirgak 96,5%
Chioselia Rusă teri rus 25,2%
Chiriet-Lunga ifloslanish 92,6%
Chirsova boshliq 45,6%
Cioc-Maidan Koʻp maydan 93,1%
Cişmichioi Choshmäkuu 94,4%
Congaz Congaz 96,1%
Congazcicul de Sus
Congazcicul de JosDudulești
Congazcik yuqoriga
Congazcik DownDudulest
73,4%
87,2% 4,4%
Copceac qipchoq 95,0%
rasmiy nomi Gagauz nomi % gagauz
Kotovskoe Qirlannar 95,4%
Dezgingea Qoʻlbola 94,5%
etuliya
Etulia NouăEtulia stație qarang
Tülükuu
Eni Tulukütütrailway
92,7%
83,1% 94,5%
Ferapontievka Parapontika 28,0%
Gaydar Haydar 96,5%
Joltay Koltay 96,0%
Svetlii
Alekseevka
Svetliy
Alekseevka
35,4%
33,5%
Tomay Tomay 95,1%

Oʻlkaning umumiy yer fondi 181,1 ming gektar bo‘lib, shundan 150,1 ming gektar qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan yerlar hisobiga to‘g‘ri keladi. (65400 gektar karbonatli tuproq; 63400 gektar yer esa oddiy qora tuproq). Bu tuproqlarning namlik darajasi kamroq boʻlib, bir gektardagi bir metrlik yer qatlamga taxminan 280-350 tonna chirindi toʻgʻri keladi. Moldovada tuproq unumdorligi oʻrtacha 71-82 daraja teng boʻlib, bu ancha past koʻrsatkich hisoblanadi.

Iqlimi issiq. +10 daraja harorat yiliga 179-187 kun davom etadi. Harorat miqdori 3300 darajadan oshadi. Oʻrtacha yogʻingarchilik darajasi 350–370 mm. Yillik gidrotermik koeffitsient 0,7-0,8 ga teng. Shu sababli, mintaqa koʻp hollarda qurgʻoqchilikdan aziyat chekib keladi. Mineral xom ashyo manbalaridan taxminan 23 million m³ loy (plitka va gʻisht ishlab chiqarishda juda yuqori sifatga ega) va 18 million m³ shagʻal qum konlari mavjud. Mintaqaning suv zaxiralari asosan yer osti suvlaridan iborat (taxminiy hajmi 8-10 mln m³). Yer osti suvlari (kichik soylar va koʻllar) cheklangan va mineralizatsiya darajasi yuqori boʻlgani sababli sugʻorish uchun deyarli foydalanilmaydi.

Oʻrmonlar va mahalliy energiya resurslari yoʻqligi sababli energiyani tashqaridan import qilib olish orqali ichki ehtiyojni taʼminlashga majbur boʻlishmoqda. Kelajakda quyosh va shamol energiyasi kabi muqobil energiya manbalaridan foydalanishda rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish masalasi kun tartibida turibdi.

Ijtimoiy ahvoli

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Komrat

Taʼlim va madaniyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Çadır Lunga shahridagi madaniyat markazi

Gagauz oʻlkasida boshlangʻich, oʻrta va litsey kabi 55 ta oʻquv yurtlari mavjud. Ushbu maktablarning baʼzilarida faqatgina boshlangʻich, oʻrta va litsey darajasidagi taʼlim berilsa, baʼzilarida bu taʼlimning barchasi umumiy tarzda beriladi.

Komrat davlat universiteti

Gagauz oʻlkasida Komrat universiteti mavjud boʻlib, unga Turkiya Respublikasi hukumati tomonidan har tomonlama yordam koʻrsatib kelinadi.

Ayni paytda TIKA tomonidan Komratda tashkil etilgan mintaqadagi eng muhim madaniyat markaz hisoblangan Atatürk kutubxonasi ilmiy tadqiqotlar bilan shugʻullanmoqchi boʻlganlar uchun yetarli manbalarga ega. Chadir-Lunga shahrida Mihail Çakir nomidagi Gagauz xalq milliy teatri mavjud boʻlib, u yerda doimiy gagauz tilidagi turli spektakllar berib boriladi.

Gagauz oʻlkasining maʼmuriy markazi boʻlgan Komrat, Chadir-Lunga, Vulkanesti shaharlarida va Komratga tutash Beshalma qishlogʻida Gagauzlar tarixiga oid muhim manbalarni jamlagan antropologik muzeylar mavjud. Gagauz viloyatida maktab kutubxonalaridan mustaqil faoliyat yuritayotgan 45 ta kutubxona faoliyat olib boradi.

Shuningdek, gagauzlarda „Duz Ava“ va „Kadınca“ nomli milliy ashula va raqs ansambllari faoliyat olib boradi.

Turmush darajasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yil yanvardan to noyabrgacha boʻlgan davrda xodimlarning oʻrtacha oylik ish haqi 285 MLni tashkil qilgan. 2000-yil dekabr holatiga koʻra esa ish haqi qarzi 31,3 MDL[5].

2001-yil yanvar-sentyabr oylarida xodimning oʻrtacha oylik ish haqi 329 MDLdan, 2001-yil 1-sentyabr holatiga koʻra ish haqi qarzi 27,4 MDL (davlat xizmatchilariga 7,8 mln MDL)[6].

Infratuzilmasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Infratuzilmani qayta qurish davlat va xususiy mulk egalari bilan bir qatorda yangi joriy qilinayotgan huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy tamoyillarga asoslanadi. Gagauziya infratuzilmasidagi eng zaif qismi ichimlik suvi taʼminoti va sugʻorish tizimi hisoblanadi. Infratuzilmaning boshqa tarmoqlarida boʻlgani kabi suv taʼminoti ham katta mablagʻ talab qiladi. Ammo bu muammolarning hal qilish masalasi juda muhimdir. Chunki bu hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning zaruriy sharti ana shu muammolarni hal qilishdan boshlanadi.

1994-yil iyun oyida Turkiya Respublikasi Gagauz oʻlkasining ichimlik suv va sugʻorish loyihasini amalga oshirish uchun 35 million dollar miqdorida kredit ajratgan, ammo Moldova parlamenti ushbu kreditning atigi 15 million dollarini bu masalaga sarf qilish borasidagi qarorni maʼqullagan. Bu mablag‘ bilan Komrat shahrida ichimlik suvi loyihasi to‘liq, Tent-Lunga loyihasi esa qisman amalga oshirilgan. Kreditning ikkinchi qismini tasdiqlash masalasi hali ham kun tartibida turibdi.

Soʻnggi paytlarda infratuzilmaga ajratilayotgan investitsiyalarning davlatga tegishli qismi kamayib, xususiy sektor salmogʻi oshib bormoqda.

Amaldagi avtomobil yoʻllarining uzunligi 451,5 km. Ulardan 219,8 km respublika avtomobil yoʻllari, 192 km — mahalliy avtomobil yoʻllari hisoblanadi. Avtomobil yoʻllarining 86% asfaltdir.

Gagauz viloyati shaharlarida har 100 kishiga 18 ta telefon, qishloqlarda 100 kishiga 8,5 ta telefon toʻgʻri keladi. TIKAning texnik yordami bilan yangilangan Gagauz radiosini endi butun Komrat va Chadir-Lunga shahrining bir qismidan turib tinglash mumkin. Ushbu radioni butun Gagauziya bo‘ylab eshitish imkoniyatini taʼminlash borasidagi ishlar olib borilmoqda. Radioda asosan gagauz tilidagi eshittirishlar berib boriladi. Qolgan vaqtlarda esa TRT-FM ulab qoʻyiladi[7].

Siyosiy tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Gagauziya vazirlar qoʻmitasi

Siyosiy-huquqiy maqomi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Gagauzia xaritasi

Gagauziyada boshqaruv Moldova Respublikasi Konstitutsiyasi, „Gagauzlar oʻlkasining huquqiy maqomi toʻgʻrisida“gi qonun, Gagauzlarning asosiy qonuni va Gagauz Xalq Assambleyasi tomonidan qabul qilingan mahalliy qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Moldova Respublikasining mustaqil davlat sifatidagi maqomi o‘zgargan taqdirda gagauz xalqi o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega. Gagauziyaning maxsus huquqiy maqomi toʻgʻrisidagi qonun bilan berilgan vakolatlar doirasida siyosat, iqtisodiyot va madaniyat bilan bogʻliq muammolarni mustaqil ravishda hal qiladi. Gagauziyaning oʻz milliy ramzlari, gerbi, bayrogʻi va madhiyasi mavjud. Biroq Gagauziya muxtoriyat kelgan to‘liq vakolatlarga ega deyish qiyin. Masalan, u hali mustaqil ravishda oʻz budjetini shakllantira olmaydi, lekin markaziy budjet ruxsati bilan oʻz xarajatlarini qoplash huquqiga ega.

Gagauziya prezidenti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gagauziyadagi eng yuqori lavozim ijro etuvchi hokimiyat rahbari boʻlgan prezident hisoblanadi.

Gagauziya prezidenti to‘rt yilga xalq tomonidan saylanadi. Gagauziya Prezidenti Moldova Prezidentining qarori bilan Moldova Respublikasi hukumati aʼzosi boʻlish huquqiga ham ega.

Gagauziyaning doimiy ijro etuvchi organi Ijroiya qoʻmitasidir. U Gagauziya Prezidenti tomonidan taklif qilingan Xalq Assambleyasi tomonidan to‘rt yil muddatga tayinlanadi. Ijroiya qoʻmita xalq majlisiga qonun loyihasini yuborish yoki shu mavzuda qonun talab qilish huquqiga ega.

Qonun chiqaruvchi hokimiyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gagauziyaning oliy vakillik organi mahalliy qonunlarni qabul qilish huquqiga ega boʻlgan xalq majlisi (kengashi) hisoblanadi. Gagauziya tarkibiga kiradigan har bir aholi punkti Xalq majlisida kamida bitta deputat vakil sifatida faoliyat olib boradi. Xalq majlisidagi deputatlar soni 34 nafarni tashkil etadi.

1990-yil 21-avgustda gagauzlar eng koʻp istiqomat qiladigan janubdagi Komrat viloyatida Muxtor Gagauz Sovet Sotsialistik Respublikasi deb eʼlon qilingan. Bu Moldova Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanmaydi. 1990-yil 25-oktabrda gagauzlar Gagauz Respublikasini tuzish uchun saylovlar oʻtkazdilar, biroq moldova millatchilari bu urinishning oldini olishga harakat qilib, mintaqaga 50 ming qurolli koʻngillilarni joʻnatishdi. Bu zoʻravonlik rus askarlarining aralashuvi bilan toʻxtatilgan. Davom etayotgan saylovlar natijasida 31-oktabrda Komratda yangi Gagauz Oliy Soveti tuzildi va Stepan Topal prezident etib saylandi. Moldova oʻz mustaqilligini eʼlon qilganidan keyin (1991-yil 27-avgust) gagauzlar ham oʻz mustaqilligini eʼlon qildilar. Moldova parlamenti 1994-yil 23-dekabrda „Gagauzlar Yeri“ning huquqiy maqomini tan olgan. Qonunga ko‘ra, Gagauz hukumatiga Moldova Konstitutsiyasiga zid bo‘lmagan turli qonunlarni chiqish huquqi berilgan. Gagauzlar oʻlkasining oliy hokimiyati Prezident boʻlib, Gagauzlar oʻlkasining barcha idoralari Prezidentga boʻysunadi. Gagauz Yerining rasmiy tillari — gagauz, rumin va rus tillaridir. Gagauzlarga alohida maqom beradigan ushbu qonunga (113-modda) koʻra Milliy Kongress madaniyat, fan, taʼlim, uy-joy, kommunal xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, sport, budjet, ekologiya, moliya boʻyicha qonunlar ishlab chiqish huquqiga ega[8].

Moldova gagauzlari
Mamlakat nomi Moldova
Taxminiy aholi soni 350 ming
Yuqori zichlikka ega shaharlar Poytaxti Komrat boʻlgan Gagauz avtonom o‘lkasi

Iqtisodiy tuzilma

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gagauziya hududida joylashgan unumdor yerlar tufayli yuqori qishloq xoʻjaligi salohiyatiga ega. Quyidagi yo‘nalishlarda yangi sarmoyalar kiritilsa, zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilsa, yuqori hosil olish mumkin, degan fikr bor. Bular: Uzumni qayta ishlash, vinochilik, mevani qayta ishlash (shaftoli, o‘rik, olxo‘ri, olma, nok, behi va boshqalar); kungaboqar, makkajoʻxori, bugʻdoy, soya yetishtirish va qayta ishlash; sut mahsulotlari ishlab chiqarish; jun va terini qayta ishlash; jun va charm mahsulotlari ishlab chiqarish; tamaki va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish.

Xususiy mulk va fermer xo‘jaliklarining rivojlanishini rag‘batlantiradi. Gagauziyada qishloq xo‘jaligi texnikalari, zamonaviy texnologiyalar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlash texnologiyalariga ehtiyoj juda katta[8].

Infratuzilmaga investitsiyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yilda Gagauz oʻlkasida joylashgan barcha korxona va tashkilotlar tomonidan infratuzilma uchun 28 million MDL ajratilgan, shu jumladan 22 million MDLga qurilish ishlari amalga oshirilgan. Oʻtgan yilgiga nisbatan bu 13% va 11% koʻproq. Sanoat obyektlarining qurilishiga 25 million MDL sarflangan. Bu 1999-yilga nisbatan 12%ga koʻp.

2000-yilda Gagauz oʻlkasida 5100 m² turar joy foydalanishga topshirilgan. 2000-yildagi uylar miqdori 1999-yilda qurilgan uylarning 82%ga toʻgʻri keladi[9].

2000-yilda Gagauz avtonom viloyatining sanoat korxonalari tomonidan 163 million ML mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarilgan. Bu oʻtgan yilga nisbatan 7,5 foizga pasayish qayd etildi degani.

O‘tgan yilga nisbatan kiyim-kechak ishlab chiqarish 3 barobar, konserva ishlab chiqarish 1,9 barobar, vino ishlab chiqarish 1,6 barobar oʻsgan. Bundan tashqari, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish 40%, makaron mahsulotlari va yem ishlab chiqarish 74%, yogʻ ishlab chiqarish 73%, goʻsht ishlab chiqarish 69%, kolbasa mahsulotlari va oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish 63%, non ishlab chiqarish 42%, sut mahsulotlari ishlab chiqarish 41% bulgur va fermentlangan tamaki yetishtirish 32% ga kamaygan[9].

2001-yil yanvar-sentyabr oylarida Gagauz oʻlkasi chegaralaridagi sanoat korxonalari tomonidan 163 mln. MDLlik (2000-yilning shu davriga nisbatan 16% oʻsish qayd etilgan) mahsulot ishlab chiqarish amalga oshirildi[6].

Hozirgi vaqtda asosan 30 ga yaqin yirik sanoat obyektlari Gagauziyaning sanoat salohiyatini tashkil qilmoqda. Ulardan 17 tasi oziq-ovqat sanoati obyektlaridir.

Sanoatda bandlik 4 ming kishiga yaqin (2000 yil). Gagauziyaning sanoat sektori; 150 ming tonna uzum, 10 ming tonna tamaki fermentatsiyasi, 148 ming tonna un, 200 ming tonna yem, 21 ming tonna goʻshtni qayta ishlash, 21 ming tonna sut mahsulotlarini qayta ishlash quvvatiga ega[8].

Asosiy sanoat obyektlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Sakkizta yirik vino zavodi,
  • Basarabiya-Agroeksport. Konsortsium (meva-sabzavot konservalari, meva sharbatlari),
  • Uchta un tegirmoni,
  • Tamaki fermentatsiya fabrikasi,
  • Goʻsht kombinati,
  • Uchta sut zavodi
  • Uchta yem tegirmoni,
  • Gilam fabrikasi
  • Yettita tikuv fabrikasi,
  • Elektrotermik mashinalar zavodi,
  • Temir-beton buyumlari zavodi.

Qishloq xoʻjaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligiga asoslangan sanoatning xom ashyo ehtiyojlarini qondirib keladi. Oʻlka aholisining mehnatga layoqatli qismi bu sohada band bo‘lib, Gagauziya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosini qishloq xo‘jaligi tashkil etadi. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmoqlari: uzumchilik, meva-sabzavotchilik, tamaki yetishtirish, makkajoʻxori, boshoqli don mahsulotlari yetishtirish tashkil qiladi. Rivojlangan sohalardan kungaboqar va makkajoʻxori urugʻlar yetishtirish ham muhim ahamiyatga ega.

Ichki savdo va xizmatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yilda chakana savdo aylanmasi 76 million MDLni tashkil etdi (1999 yilga nisbatan 88,1% koʻp). 2001-yil 1-yanvar holatiga koʻra chakana savdoda 46 kunlik savdodagi tovarlar zaxirasi 12 million MDLni tashkil etgan[9]. 2001-yilning yanvar-sentyabr oylarida chakana savdo aylanmasi 72 million MDLni tashkil etdi (2000-yilning shu davriga nisbatan 121% koʻp). 2001-yil 1-oktyabr holatiga koʻra 50 kunlik chakana savdoni taʼminlovchi tovarlar zaxirasi 17 mln MDLni tashkil etgan.

2000-yilda yuk va inson tashish shirkatlari tomonidan 2,3 ming tonna yuk (1999-yilga nisbatan 62%) va 383,5 ming yoʻlovchi (1999 yilga nisbatan 84%) tashigan[9].

2001-yil sentyabr oyida esa 1,4 ming tonna yuk (2000-yilning shu davriga nisbatan 67%) va 291,5 ming yoʻlovchi (2000-yilning shu davriga nisbatan 106%) tashigan.

Valkanesh erkin zonasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gagauz viloyatining dastlabki erkin iqtisodiy zonasi hisoblangan Valkanesh 143,7 gektar maydonga ega va uch mamlakat (Moldova, Ruminiya, Ukraina) tutashgan Moldova Respublikasining janubida joylashgan. Ruminiya bilan chegaragacha 35 km, Ukraina bilan chegaragacha 1 km. boʻlgan erkin iqtisodiy zona, Dunaydagi Reni dengiz porti (Odessa viloyati, Ukraina 38 km) va Galats dengiz porti (Ruminiya, 48 km) asosiy temir yoʻl liniyasi yonida joylashgan. Odessa shahri 260, Kishinyov shahri esa 180 km uzoqlikdadir.

Valkanesh sanoat parki erkin tadbirkorlik zonasi toʻgʻrisidagi qonun 1998-yil 19-fevralda Moldova Respublikasi parlamenti tomonidan qabul qilingan. Erkin iqtisodiy zonaning maqsadi xorijiy sarmoya va texnologiyalarni jalb qilishdir. Viloyatning faoliyat muddati 25 yil etib belgilandi. Moldova Respublikasi qonuni mintaqada faoliyat yurituvchi kompaniyalar uchun qulay biznes sharoitlarini taʼminlaydigan kafolat va imtiyozlar taqdim etishni koʻzda tutadi. Viloyatning boshqaruv organi Moldova Respublikasi hukumati tomonidan tayinlanadigan bosh direktor boshchiligidagi maʼmuriyatdir. Erkin zona maʼmuriyati hududning iqtisodiy hayotini rivojlantirish bilan bogʻliq masalalarda keng vakolatlarga ega. Moldovadagi jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy kapital ulushiga ega boʻlgan toʻliq xorijiy kompaniyalar erkin iqtisodiy zonada bemalol faoliyat olib borishlari mumkin. Erkin zonada faoliyat yuritadigan kompaniyalarni roʻyxatdan oʻtkazish zona maʼmuriyati tomonidan amalga oshiriladi.

Valkanes sanoat parki erkin tadbirkorlik zonasida quyidagi faoliyat turlari belgilandi:

  • Ekologik toza sanoat ishlab chiqarishi,
  • Transport, ombor va aloqa xizmatlari,
  • Qurilish,
  • Moliyaviy vositachilik,
  • Ulgurji savdo,
  • Koʻchmas mulk operatsiyalari,
  • individual xizmatlar,
  • Mehmonxona boshqaruvi va restoran biznesi.
  1. „Moldova: Semi-Autonomous Region Elects Pro-Russian Leader“. The Moscow Times. Associated Press (2015-yil 23-mart). 2015-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Nayır, Yaşar Nabi (1936). Balkanlar ve Türklük, Ankara 1936, sayfa: 89
  3. Menz, Astrid. (2007). The Gagauz Between Christianity and Turkishness. 10.5771/9783956506925-123.
  4. Lipka, Michael „The Gagauz: 'Christian Turks' between two worlds“. TRT World (2022-yil 22-may). — „The Gagauz, a Turkic-Orthodox Christian people, have lived in the Balkans for hundreds of years, managing to preserve their language and culture.“.
  5. (Devlet memurlarına 7,5 milyon ML)Moldova Cumhuriyeti'nin 2000 yılındaki Sosyo-Ekonomik Evrimi, 2001. 
  6. 6,0 6,1 Moldova Cumhuriyeti'nin Ocak-Eylül 2001 Dönemindeki Sosyo-Ekonomik Durumu, 2001. 
  7. "Gagauz Yeri" Bölge Programı. 
  8. 8,0 8,1 8,2 "Gagavuzya'ya Hoş Geldiniz" Tanıtım Kitabı. 
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 Moldova Cumhuriyeti'nin 2000 yılındaki Sosyo-Ekonomik Evrimi. 
  • Shabashov, A. V. (А.В. Шабашов). Gagauzy: sistema terminov rodstva i proiskhozhdeniye naroda (ru). Odessa: Astroprint, 2002. 
  • Chinn, Jeff; Roper, Steven D. (1998). „Territorial Autonomy in Gagauzia“. Nationalities Papers (inglizcha). 26-jild, № 1. 87–101-bet. doi:10.1080/00905999808408552. S2CID 154359743.
  • Gagauziya (Gagauz Yeri) Avtonom Bölgesi Atlası. Chișinău: Proart, 2014. ISBN 978-9975-4116-5-3.