Ateizm
Ateizm |
---|
Qavramlar |
Tarix |
Ateizm foydasiga argumentlar |
|
Odamlar |
Bogʻlik qavramlar |
|
Ateizm xudoning mavjudligiga ishonchning yoʻqligidir. Shuningdek, teizmni inkor etuvchi har qanday dunyoqarashga ham ateizm deyiladi, lekin bu nooʻrin, zero bunday dunyoqarash nonteizm deb atalib, ateizmdan farqlanishi mumkin. Barcha ateistlar dinsizdir, degan fikr ham mutlaq toʻgʻri emas, baʼzi dinlar (buddizm kabi) „xudo“ tushunchasiga muhtoj emas, demakki shunday dinlarga mansub shaxslar ham ateist, deyilishi mumkin.
Oʻzini ateist, deb nomlagan shaxslarning koʻpchiligi gʻayritabiiy hodisalarga skeptik yondashishib, xudolarning mavjudligiga empirik dalillar mavjud emasligini urgʻulashadi. Bundan tashqari, ateizm foydasiga falsafiy, ijtimoiy yoki tarixiy argumentlar keltiriladi. Aksar ateistlar sekulyarizm, humanizm, ratsionalizm va naturalizm kabi falsafiy qarashlarga ega boʻlishgani bilan, barcha ateistlar birdek boʻysinuvchi dunyoqarash mavjud emas.
Etimologiyasi
Qadimgi yunon tilida atheos (ἄθεος, boʻlishsizlik qoʻshimchasi ἀ + θεός („xudo“)) „xudosiz“ maʼnosini anglatadi.
Tarixi
Ateizm atamasi XVI asrda Fransiyada kelib chiqqan boʻlsa-da, xudolarning mavjudligiga ishonch bildirmagan dunyoqarash va falsafiy oqimlar ibtidoiy jamiyat davrlarida ham boʻlgan. Xudo, ruh tushunchalarini oʻylab topgan va jamiyatni bularga ishontirishga harakat qilgan shomonlar, afsungarlar va hokazo din yaratuvchilarining oʻzlari bunga ishonmagan boʻlishlari mumkin. Tarixiy hujjatlarda koʻrsatilgan ateistik qarashdagi falsafiy maktablar mil. av. VI asrda Hindistonda paydo boʻla boshlagan.
Nufuzi
Dunyodagi ateistlar sonini hisoblash qiyin ishdir, zero „ateist“ tushunchasi har xil anglashiladi, qolaversa, xudoga ishonnmaydigan har qanday shaxs ham oʻzini „ateist“, deb atamaydi (u yoki bu soʻzni bilmaydi, yoki jamiyat tazyiqiga uchrashdan qoʻrqadi). Bu borada „dinsiz“ atamasi ishlatiladi. Dinsizlar nufuzi esa dunyo aholisining 16% (1,1 milliard) tashkil etadi.[1]
Dinsizlar odatda olimlar orasida koʻpchilikni tashkil etadi. Masalan, Nature jurnali tadqiqotlariga koʻra (1998) AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi aʼzolarining faqatgina 95.0 % ibrohimiy dinlar tasvirlagan xudoga ishonishadi (AQSh aholisining 85% xudoga ishongani holda)[2].
Shuningdek
Manbalar
- ↑ Major Religions of the World Ranked by Number of Adherents (Wayback Machine saytida 2018-12-24 sanasida arxivlangan) adherents.com
- ↑ StephenJayGould.org, 2014-03-01da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-05-28
- ↑ „Pew Global Attitudes Project“. 2011-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 16-aprel.
Havolalar
Vikiiqtibosda Ateizmga tegishli iqtiboslar mavjud. |
- Ateizm haqida sahifa va forum
- Yaxshi idrok, Pol Anri Tiri Holbax. Kitobning archive.orgda skanerlangan versiyasi. (turkcha)
- Ateistforum.org (turkcha)
- Ateism.ru (ruscha)