Kontent qismiga oʻtish

Bender

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bender (Benderi) — Moldaviya Respublikasidagi shahar. Dnestr daryosi boʻyidagi pristan. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 133 ming kishi (1991). Bender— respublikaning sanoat markazlaridan biri. Oziq-ovqat, yengil sanoat (goʻsht kombinati, yogʻ, vino, konserva zavodlari, shoyi kombinati, ip yigirish, poyabzal, tikuvchilik fabrikalari), mashinasozlik, "Moldgidrolizmash" ishlab chiqarish birlashmasi, "Elektroapparatura", kabel, kema tuzatish, kemasozlik zavodlari, yengil sanoat texnikumi, tibbiyot bilim yurti, tarixoʻlkashunoslik muzeyi suratlar galereyasi bor. Benderga XV asrda qalʼa sifatida asos solingan. 1538-yilgacha va 1918 — 40 yillarda Tigina deb atalgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil